H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
74
Suv tuproqda turli shaklda bo‘lib, uning issiqlik sig‘imi, termodinamik
potensiali, zichligi, qovushqoqligi, solishtirma sig‘imi, kimyoviy tarkibi,
molekulyar harakati, uning osmotik bosimiga ta’sir qiladi. Yuqoridagi
xossalar suvning shakli va tuproqning qattiq, suyuq va gaz holati bilan
bog‘liq. Tuproqdagi har xil holatdagi suv, uning kategoriyalari va turlari
degan nom bilan yurgizilib, ko‘p olimlar tomonidan tasnifi ishlab chiqildi.
A.A.Rode (1965) tomonidan beshta holati ishlab chiqilgan.
Suv tuproqda muz holatda
bo‘lib, suyuq va bug‘ holatidagi suv, suv
manbai hisoblanadi. Muz holatidagi suv tuproq haroratining pasayib
ketishidan hosil bo‘lib, bunday holat qish va kuz faslida ro‘y beradi. Tuproq
eritmasi mahlum konsentratsiyaga ega bo‘lganligi uchun u 0
0
S dan pastroqda
muzlaydi.
Kimyoviy bog‘langan suv
o‘z ichiga konstitutsion va kristallizatsion
turdagi suvni oladi. Birinchisi, gidrooksid
ON
guruhlaridan iborat bo‘lib,
alyuminiy gidrooksid, temir, marganes, organik va organo-mineral, loyli
minerallarni hosil qiladi. Ikkinchisi esa, o‘z ichiga suv molekulalarini
oladigan kristallogidrat tuzlar, ya’ni gips
CaSO
4
·2H
2
O,
mirabilit
Na
2
SO
4
·10H
2
O
tarkibidagi suvdir. Konstitutsion va kristallizatsion suvlarni,
odatda, gidrat yoki kristallogidrat suv deb umumlashtirish ham mumkin. Bu
turdagi suvlar tuproq mineral fazasi tarkibiga kiradi, turg‘un, harakatsiz va
erituvchilik xususiyatidan xolidir.
Tuproq g‘ovaklari va havosida bug‘simon suv uchrab, uning manbai
atmosfera havosidir. Bunda suv bosimi yuqori bo‘lgan muhitdan bosimi past
joyga ko‘chib yuradi.
Fizik bog‘langan yoki sorbsiya qilingan suv
dipol molekulyar holatda
suyuq yoki bug‘ holatida tuproq zarrachalari tomonidan yutilishi yoki
zarrachalar atrofida parda hosil qilishi mumkin. Ular ikkita qattiq va bo‘sh
bog‘langan parda suvga aylanadi. Qattiq bog‘langan suv deb bug‘ holatidagi
suvning tuproq zarrachalari tomonidan yutilgan qismiga aytiladi. U
gigroskopik suv
deyiladi. Yuqori bosim 1-2
·
10
9
Pa ostida, tuproq zarrachalari
atrofida yupqa parda hosil qiladi. Bu suv qattiq bo‘lib, uning zichligi 1,5-1,8
g/sm
3
, muzlamaydi, elektrolitlarni eritmaydi, qovushqoq bo‘lib, uni o‘simlik
o‘zlashtiraolmaydi.
Havo qanchalik nam bo‘lsa, tuproq ham shunchalik ko‘p suvni yutadi.
Tuproq 94-98%da ham atmosferadan suv bug‘larini yutishi mumkin, u
Do'stlaringiz bilan baham: