Alyuminiy
dala shpati, loy minerallari, slyuda, epidot, granat,
korund tarkibida uchraydi. Diaspor, bemit, gidrargillit birikmalari sifatida
tuproqda to‘planadi. Yalpi alyuminiy tuproqda 15-20% bo‘lishi mumkin,
tropik tuproqlarida esa 40 % va undan ham oshishi mumkin.
Temir
tuproqda birlamchi va ikkilamchi minerallar, magnetit,
gematit, glaukonit, rogovaya obmanka, piroksen, biotit, xlorit, loyli
minerallar tarkibiga kiradi. Temir oksidlari tuproqda kristall va amorf
holatda (getit, gidrogetit) ham uchraydi. Temir elementi (Fe
2
O
3
) kvarsga
boy qumli tuproqlarda 0,5-1,0%, lyoss yotqiziqlardagi tuproqlarda 8-10%,
ferrallit va laterit, ferromagnezial tropik va subtropik tuproqlarda 20-
50%ni tashkil qilishi mumkin. Tuproq tarkibida temir S.V.Zonn bo‘yicha
ikki xil silikatli va nosilikat holatida bo‘ladi. Silikatli temir birlamchi va
ikkilamchi minerallar kristallik panjarasida bevosita ishtirok etadi.
Nosilikatli temir yoki erkin holatdagisi ya’ni: a) kristallik holatdagi
oksidlar va gidrooksidlar, b) amorf temir yoki gumus-temir birikmalar va
harakatchan almashinuvchi yoki suvda eriydigan temir birikmalari.
Kalsiy
. Tuproq tarkibida kalsiy karbonatlar sifatida, tog‘ jinslarining
kimyoviy yemirilishidan hosil bo‘lib, ularning miqdori 1-3%, cho‘l va
sahro tuproqlarida esa 10-15% bo‘lishi mumkin. Tuproqning yuza qismida
biogen jarayonlar natijasida to‘planadi. U tuproqning singdirish sig‘imida
almashinuvchi kation, kalsit, gips, plagioklaz minerallari sifatida uchraydi.
Magniy
. Tuproq tarkibida magniy deyarli kadmiy elementi bilan
barovar miqdorda bo‘lib, u smektit, vermikulit, xlorit, dolomit, olivin,
piroksen minerallari va sho‘rlangan yerlarda xlorid va sulg‘fat birikmalari
sifatida uchraydi. Magniy tuproqning singdirish sig‘imida kalsiydan
keyingi o‘rinni egallaydi. Tuproq tarkibida magniy tuzlarining ko‘payishi
sho‘rtoblanish jarayoni bilan bog‘liqdir.
Kaliy
. Umumiy K
2
O miqdori tuproqda 2-3%ni tashkil qiladi. Kaliy
loyli mineral gidroslyudalarda (illitlar) va yirik zarrachalar tarkibidagi
biotit, muskovit va kaliyli dala shpatlarda uchraydi. Kaliy o‘simlik tanasi
va boshqa organlarning shakllanishida ishtirok etadi.
Kaliy fotosintez jarayonida vitaminlar sintezida, fermentlar faolligini
oshirishda qatnashadi. Tuproq tarkibida kaliy yalpi, harakatchan,
almashinuvchi va almashmaydigan, suvda eriydigan holatda bo‘lishi
mumkin.
Natriy
. Tuproq tarkibida Na
2
O 2-3%ni tashkil qilib, natriyli dala
shpatlari tarkibiga kiradi, yirik zarrachalarda 5-6%, loy zarrachalarida esa
0,5-1,0% gacha tushib ketadi. Natriy sahro va cho‘l tuproqlarining
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
66
singdirish sig‘imida xloridlar va sulg‘fat birikmalari sifatida sho‘rxok va
sho‘rtob tuproqlarida to‘planib sho‘rlantiradi.
Uglerod
tuproqning gumusida, organik moddalar va karbonatlar
tarkibini tashkil qiladi. Uglerod tuproq tarkibida 2%, qora tuproqlarda
10%, torfli tuproqlarda bundan ham ko‘p bo‘ladi. Uglerod muhim biogen
element bo‘lib, yerdagi hayotning asosini tashkil etadi. O‘simlik quruq,
qismining 45% ini uglerod tashkil etib, atmosfera va tuproq havosidan,
barglar va ildiz orqali SO
2
sifatida olib, uglevodlar, uglevodorodlar,
organik kislotalar (yog‘lar, efirlar, spirtlar), aminokislotalar, gumus
kislotalar tarkibida ishtirok etadi. Tuproq tarkibida gumusning kamayib
ketishi bilan uglerod ham ozayib ketadi. Shuning uchun tuproq tarkibida
uglerodni ko‘paytirish uchun yerga organik o‘g‘itlar solish va almashlab
ekishni joriy etish lozimdir.
Azot
. Tuproq tarkibida azot gumusda, ammoniyli –(NH
4
+
) va nitrat
(NO
3
-
) tuzlarda, oksidlardagi organik azot va ularning parchalanishidagi
mahsulotlarida aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida
bo‘ladi. Tuproqdagi azotning asosiy qismi organik moddalar tarkibida
saqlanishida, uning miqdori gumus zahirasi bilan bog‘liq. Tuproqda azot
gumusning 1/40 va 1/20 qismini tashkil qiladi. Azot atmosferadan
mikroorganizmlar yordamida tuproqda to‘planishi mumkin. Azot tuproqda
0,1-0,4% gacha miqdorda bo‘ladi. O‘simlik talabiga binoan tuproqqa
ma’lum darajada mineral o‘g‘it solinadi. Masalan, bir gektar yerdan 30
s/ga g‘o‘za hosilini olish uchun 250-300 kg/ga azot o‘g‘itlarni tuproqqa
solish tavsiya etiladi. Azot o‘simliklar rivojlanishida oqsil, xlorofil, nuklein
va fosfotid organik moddalar tarkibiga kiradi. Ammoniy va nitrat ionlari
sifatida tuproq eritmasidan o‘simlik ildizlari orqali sintez qilinadi.
Fosfor
. Tuproqda fosfor juda kam bo‘lib, R
2
O
5
yalpi miqdori 0,1-
0,2% dan oshmaydi. O‘simlik tarkibida fosfor 1% dan oshmaydi. Tuproqda
fosfor organik va mineral holatda bo‘ladi. Organik fosfor fitin, nuklein
kislotasi, nukleproteidlar, fosfatidlar va fosfatlar shaklida bo‘ladi. Gumus
tarkibida organik fosfor barcha tuproq fosforining 14-44 % ini tashkil
etadi.
Mineral fosfor ortofosfat kislotasining Ca, Mg, Fe va Al tuzlaridan
iborat. Tuproqdagi mineral fosfor apatit, fosforit, vivianit minerallari
tarkibiga kiradi. Yer po‘stlog‘i tarkibida fosfor magmatik tog‘ jinsi apatitda
saqlangan bo‘ladi. Fosfor muhim biologik element sifatida protoplazma,
fermentlar va vitaminlar tarkibiga kiradi. O‘simlik tomonidan tuproqdan
fosforning singdirilishi muhit (rN) bilan bog‘liq. Tuproq eritmasida erish
darajasiga muvofiq fosfatlar gidrooksil apatitning (Sa
10
(ON)
2
(RO
4
)
6
eng
barqaror va kam eriydigan shakli hisoblanadi. So‘ngra erish darajasiga
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
67
ko‘ra uch kalsiyli fosfat (Sa
4
(RO
4
)
2
, ortokalsiy fosfat (Sa
8
N
2
(RO
4
)
6
·5 N
2
O),
monetit (SaNRO
4
), brushit (SaNRO
4
·5 N
2
O) turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |