Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1.
“Tuproq eritmasi” tushunchasida ta’rif bering? 
2.
Tuproq eritmasini aniqlash usullari qanday? 
3.
Tuproq eritmasining unumdorlikka va tuproq xossalariga ta’sirini 
tushuntiring? 
 
12-bob. Tuproq havosining xossalari 
 
Tuproq g‘ovak massa bo‘lib, suvdan bo‘sh joylar havo va gaz bilan 
to‘lgan bo‘ladi. Tuproq havosi mikroorganizmlar va o‘simliklar hayoti uchun 
eng muhim bo‘lib, tuproqdagi bo‘layotgan, rivojlanayotgan fizik-kimyoviy 
jarayonlar manbai va ishtirokchisi hisoblanadi. Tuproq sanoat korxonalari 
tomonidan chiqarib tashlangan zaharli gazlarni o‘z domiga yutib turadi. 
Tuproq tarkibidagi gazlar va uchib ketuvchi organik moddalar erkin, 
siqilgan, adsorbsiya qilingan va erigan holatda bo‘ladi. Tuproqdagi erkin 
holatdagi havo gazlar va uchuvchan organik moddalar yig‘indisidan iborat 
bo‘lib, g‘ovakliklarda va atmosfera havosi bilan doimo munosabatda bo‘ladi. 
Siqilgan gaz tuproq g‘ovaklarida yopiq tizim, ya’ni har taraflama suv bilan 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
80 
o‘ralgan holatda joylashgan bo‘ladi. Bunday holatdagi gaz neytral bo‘lib, 
atmosfera havosi bilan munosabati yo‘q. 
Tuproq havosi suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir qilib, harorat, 
namlik va bosim o‘zgarganda tuproq donadorligining buzilishi va 
yemirilishiga olib kelishi mumkin. 
Tuproq zarrachalari tomonidan havo adsorbsiya qilinib, uning miqdori 
tuproqning dispersligi, mineral va kimyoviy tarkibi, namligi hamda organik 
birikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Havoning tuproq tomonidan yutilishi uning 
mexanik tarkibiga ham bevosita bog‘liq. Qum loyga nisbatan gazni 10 
barobar kamroq yutadi. Adsorbsiya qilingan havo miqdorini G.Lyungmer 
tenglamasi yordamida hisoblash mumkin. 
)
(
const
T
C
R
С
Г
Г

+
=

G
͚
– adsorbent yuzasida yutilgan maksimal miqdor, mg; 
S
- gazning tizimdagi konsenratsiyasi, mg/l; 
R
- emperik koeffitsient; 
Tuproqda erigan gazlar o‘simliklarning o‘sishi, mikroorganizmlarning 
yashashi va bir qator fizik-kimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi. 
Genri qonuniyatiga asoslanib, 
2
,
10
p
C

=
λ

- suvda erigan gaz konsentratsiyasi, mg/l; 
R
– gazning tuproq havosidagi parsial bosimi MPa;
10,2 – normal atmosfera bosimi, Mpa; 
λ
– gazning suvda eruvchanlik koeffitsienti, mg/l. 
Tuproqning qattiq, suyuq, gaz va tirik jonivorlar qismlari doimo 
muvozanatda bo‘lib, tuproq termodinamikasi va biologik faoliyatining 
o‘zgarib turishiga olib keladi. 
Tuproq tarkibidagi havo kesmaning havo-fizik xususiyatlari, havo 
singdirish sig‘imi, asosan, maksimal havoning miqdori va hajmiga nisbatan 
% hisobida normal sharoitda havo quruq va buzilmagan holatda ushbu 
formula orqali hisoblanadi: 
r
yr
yx
P
P
P

=
,
Bu yerda: 
R
ux 
– umumiy sig‘im;
R
ur 
– umumiy g‘ovaklik;


– gigroskopik namlik, %. 
Tuproqning havo singdirish qobiliyati uning mexanik tarkibi va 
strukturasiga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi havo miqdori R
x
namlik, g‘ovaklik 
va boshqa fizik xossalarga bog‘liq bo‘lib, qo‘yidagi formula bilan hisoblab 
topiladi: 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
81 
w
ym
x
P
P
P

=


– tuproqning hajmiy namligi, %. 
Tuproqning havo o‘tkazish qobiliyati mexanik tarkib, g‘ovaklik va 
donadorlik bilan bog‘liq bo‘lib, kapillyar bo‘lmagan g‘ovaklik yordamida 
aniqlanadi. 
Tuproq havo almashinish qobiliyati, birinchidan, atmosfera sharoiti, 
harorat, bosim, girdobli (turbulent) harakat va yog‘ingarchilik miqdoriga 
bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, u tuproqning fizik xossalari, mexanik tarkibi, 
donadorligi, zichligi, g‘ovakligi, harorat va boshqa xususiyatlarga bog‘liq. 
Uchinchidan, gazlarning fizik xossalari - diffuzion tezligi, kesma va yuza 
qatlamdagi gaz konsentratsiyasi, yerning tortish kuchi hamda gazlarning 
o‘tishi, qattiq fazada sorbsiya va desorbsiya jarayonlari, tuproq eritmasida 
erish va degazatsiyaga bog‘liq. To‘rtinchidan, tuproqdagi kation va anionlar 
almashinishi gaz va suyuq faza bilan modda almashinish hamda oksidlanish-
qaytarilish jarayonlariga bog‘liq. 
Tuproq havosi tarkibidagi gazlar – 
O
2
, CO
2
, N, NO
2
, CO, H
2
, H
2
S, NH
3
 
etilen, atsetilen, metan, merkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va 
anorganik kislotalar bug‘laridan iborat, ular turli miqdorda tarqalgan va 
tuproqdagi biologik va fizik-kimyoviy jarayonlarni belgilab beradi. 
V.I.Vernadskiy ta’biri bilan aytganda: “Hozirgi atmosfera havosi biogen 
jaryonda hosil bo‘lgan, ularning shakllanishida tuproq qoplami va 
atmosferaning quyi qismidagi havo almashinuvi katta ahamiyatga egadir”. 
Atmosferadagi havo, asosan, azot, kislorod va karbonat angidriddan 
iborat bo‘lib, qolgan qismini boshqa gazlar tashkil qiladi. SO
2
miqdori 
tuproqda atmosferadagi miqdoriga nisbatan o‘nlab, yuzlab va undan ham 
oshib ketishi mumkin. Tuproq havosining tarkibi mikroorganizmlarning 
yashash jarayonida, o‘simlikning ildizlari orqali nafas olishi, tirik 
jonivorlarning nafas olishi va organik moddalarning oksidlanishi natijasida 
o‘zgaradi. Tuproq havosining o‘zgarishi energetik potensial va biologik faol 
rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir. 
Tuproq havosi tarkibidagi asosiy gazlar tuproq va biosferadagi 
biokimyoviy jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish