Tuproq kolloidlarining xususiyatlari
. Tuproq kolloidlarining o‘ziga
xos xususiyatlari bo‘lib, ular tuproq kesmasi va genetik qatlamlarga o‘tib,
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
87
ularning suv-fizik xossalarini belgilab beradi. Ularning xususiyatlari, asosan,
ichki yuzasining sathi, manfiy zaryadligi, gaz molekulalari va ionlarining
adsorbsiya qilinishi, namlikka qarab bo‘kishi yoki siqilishi, o‘zgaruvchan
dispersligi, qaytar va qaytmas quyqalar, peptizatsiya va koagulyatsiya
jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Tuproqda kolloidlar 5-10%, 15-25%, 40-60%
bahzi bir yerlarda 90% uchraydi. Tuproq muhiti, namlik sharoitiga qarab
kolloidlar suyuq yoki qattiq fazalar tarkibida uchraydi.
Tuproq kolloidlari zarrachalarining elektr zaryadi
. Tuproq
kolloidlari manfiy zaryadli bo‘lib, ularni suvda erimaydigan yuqori valentli
tuzlar anioniga o‘xshatish mumkin. Bu toifadagi kolloidlar, ya’ni atsidoidlar
kislotali xarakterda bo‘lib, ular gumus moddalari, ikkilamchi minerallar
silikat va alyumosilikatlardan iboratdir. Tuproq eritmalari va suv vodorod
ionlarining tabiatiga binoan kuchsiz kislotali, neytral yoki ishqoriylik muhitga
ega. Shuning uchun ular vodorod ionini ajratib yuborishi natijasida u manfiy
zaryadli tuproq kolloidlarini bog‘lab ushlab turadi. Tuproq gumusining
kolloidlari manfiy zaryadligi COOH, OH, NH
2
kabi funksional guruhdagi
birikmalarga bog‘liq bo‘lib, ular o‘z tarkibidagi vodorodni berib boshqa
katonlarni sorbsiya qiladi.
Tuproq kolloidlari tarkibidagi minerallar panjarasidan burchaklar,
qirralaridagi Si, Al, Mg ionlari ochilib, valentligi bo‘shab qoladi. Natijada,
kolloid zarrachalari ichida bu bo‘sh valentlikni bog‘lab turadigan manfiy
zaryadli qatlam bo‘ladi. Kolloid zarrachasi manfiy zaryadga ega bo‘lib,
kationlarni almashtirish va yutish qobiliyati vujudga keladi. Silikatli va
alyumosilikatlarni tashkil qiladigan kremniy kislorodli tetraedr kolloid
yuzasida ochilib polidispers zarrachalarini hosil qiladi. Bo‘shalgan
zaryadning hosil bo‘lishi ON tarkibidagi vodorodning ionlashish xususiyati
bilan bog‘liqdir, ya’ni:
SiOH + H
2
O
→
SiO
-
+ H
3
O
+
Bu toifadagi zaryadlar ikki qavatli kaolinit va nakrit hamda uch qavatli
montmorilonit (smektit) minerallari uchun xos xususiyatdir. Uch qavatli
minerallarda manfiy zaryadli koloidlar katonlarning izomorf joylashishi bilan
bog‘liqdir. Masalan, mineral panjarasidagi kremniy atomini (Si
4+
), alyuminiy
(Al
3+
) yoki unga teng o‘lchamli, ammo kam zaryadli atomlar bilan o‘rin
almashinishi natijasida oshiqcha valentlik vujudga keladi. Agar mazkur
izomorf almashinish ichki qavatlarda ro‘y bersa, kationlar yutilmasdan, balki
illit mineralidagidek kaliyning almashinmaydigan holati hosil bo‘ladi.
Montmorilonit turidagi minerallarda zaryadlar yuza va ichki qismi hamda
harakatchan panjaraning ichidagi yuzasida hosil bo‘ladi.
Shuning uchun uch qavatli minerallarning ikki qavatiga nisbatan yutish
qobiliyati yuqori bo‘ladi. Tuproqdagi kremniy gidrooksidlari, gumus va
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
88
alyuminiy birikmalari yuqori dispers hisoblanadi. Tuproq zarrachalari
yuzasida doimo manfiy zaryadli gumus kislotasining karboksil guruhlari va
kremniy kislotasining anionlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |