JILAVDON. Tuman markazidan 8 km shimoli-g’arbda, Tezguzar kishloq fuqarolar yigini hududida joylashgan. Jilavdon — otning jilovini ushlab yuruvchi kishi. Qadim zamonlarda amir va unnng amaldorlari Shofirkonga tez-tez shikorga chiqib turishgan. Hozirgi Jilavdon qishlog’i o’rni va uning atroflari ov qilish uchun turli parranda va darrandalarga boy bo’lgan. Shuning uchun amir bu erda dam olish uchun oromgoh bunyod etgan. Jilavdonliklar bu erda doimiy ravishda xizmat qilib yurgan. Keyinchalik oromgoh atrofida yashay boshlagan. Dastlabki ko’chib kelgan, kishi Husen Eshon jilavdon bo’lgani uchun qishloq Jilavdon nomini olgan. Kolxozga raislik qilgan Hasan Mahmudov bu qishloqni obod qilishda, erlarni o’zlashtirishda katta ishlarni amalga oshirgan. Qishloq chekkasidagi Goyib ota qabristonini obod qilishda Narzullo bobo Teshaevning xizmatlari katta.
JILVON. Bu nom bilan ataluvchi joylar tumanda anchagina: Jilvon cho’li, Jilvon rudi, Jilvon qishlogi (tumanda 5 ta qishloq Jilvon nomi bilan ataladi), «Jilvon» (xozir J.Oripov nomli) jamoa xo’jaligi, Jilvon vino ishlab chiqarish zavodi va boshqalar. Bu nomlar Qizilqum sahrosining quyi etaklariga tutashtan Jilvon cho’lining o’zlashtirilishn bilan bog’liq. Jilvon — «Jilbon» so’zidan olingan bo’lib, mansab nomini ifodalaydi. Jilvon toponimining paydo bo’lishi quldorlik tuzumi davriga borib taqaladi. Usha davrda urug’-qabilalar bir-biri bilan tez-tez urushlar, talashlar qilib, asirga tushganlarni qul sifatida ishlatganlar yoki sotganlar. Bundan xalq qattiq azob chekkan. Dushmandan himoyalanishning turli yo’llarini qidirganlar. Jilbon mansabi shu tariqa joriy qilingan. Jilbonlar kishilarni dushman, o’g’ri, qaroqchi, yo’lto’sar va boshqalardan himoya qilib turgan. Jilbonlar turgan joy Buxoro xonligining shimoliy chegarasida bo’lgan. Ular hozirgi bojxona xizmatiga yaqin ishlarni, ya’nk Vardonze, Buxoroga kelayotgan, bu shaharlardan Rosiyaga va boshqa yurtlarga chiqib ketayotgan karvonlarni nazorat qilgan. Ular turgan joy Qizilqumning quyi qismi bo’lgani uchun bu joylar ham keyinchalik Jilvon cho’li deb atalgan.
Qadimiy Vardonzeni suv bilan ta’minlovchi rudni ham jilbonlardan biri qazdirgan bo’lsa kerakki, bir necha asrlardan buyon Jilvon rudi deb atalib kelinadi. Tabiiy ofatlar — qum ko’chishlar Jilvon rudini bir necha marta ko’mib tashlaganligi, uning atrofidagi obod erlar qum ostida qolganligi haqida xalq rivoyatlari va yozma ma’lumotlar tumanimiz aholisining bir necha asrlardan buyon tabiiy ofat bilan olishib kelayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, XVII asrning 40-yillarida, XIX asrning 70-yillari va asrimizning20-yillaridagi qum ko’chishlar Jilvon etagidagi qishloqlarning qum ostida kolib ketishiga, xalqning turli tomonlarga ko’chib ketishiga sabab bulgan. Jilvon nomi bilan ataluvchi qishloqlar tarixi haqida alohida-alohida so’z yuritamiz.
JILVON — Tumanning shimolida, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Jilvon kanaliniig beshinchi arig’idan suv ichganligi uchun «Beshinchi Jilvon» deb ham ataladi. Aholisn — 530 kishi, oila soni— 119 ta.
JILVON — 2. Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida, tuman markazidan 8—10 km uzoqlikda joylashgan. Jilvon kanalining oltinchi arig’idan suv ichgani uchun «Oltinchi Jilvon» deb yuritiladi. Uning tarkibiga Iskandarobod (Xoliq Alla), Talija—Jilvon (Fayziobod) qishloqlari kiradi. Qishloq katta hududni egallagan. Shuning uchun har bir to’p alohida nom olgan. Qishloq o’rni yulg’unzor, baland-baland qum barxanlaridan iborat bo’lgan. 30-yillarda Egron degan kishi kelib, bu erda 3—4 yil lalmikor sifatida dehkonchilik qilgan. U 2 yil yaxshi daromad olgan. Keyingi yillar qurg’oqchil kelgach, bu erlarni tashlab ketgan. 30—70-yillarda Regishoyilik Xoliq Allaev, talijalik Haqqul Ochilov, Quvvat Umarov, Sharof Abdullaev, Zayniddin Azizov, Xolmurod Mirzaev, Chori Haqqulov, Mansur Xoliqov, To’xtaqul bobo Zokirov, Avez bobo,. Fayzi bobo Gadoev, Nasri Avezov, Egam bobo dusenov, Bo’ron bobo Esanov, Navro’z bobo Muqimov, regishoyilik Kenja Rahmatovlar ko’chib kelib ish boshlagan va manzil-makon qurishgan. Ularning ba’zisi qaytib ko’chib ketishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |