Tuproqshunoslik va geografiya


BOQI HAMROEV NOMLI QISHLOQ



Download 0,76 Mb.
bet27/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

BOQI HAMROEV NOMLI QISHLOQ. Tuman markazidan 14 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Boqi Hamroev — tumandagi birinchi traktorchilardan. 1957 yilgacha traktorchi, mexanik bulib ishlagan. 1957—68-yillarda paxtachilik brigadasiga boshchilik qilib, yuqori hosil etishtirishga va dehqonchilik madaniyatini oshirishga katta hissa qo’shdi. Halol va katta yutuqlari uchun «Mehnat Qahramoni» bo’ldi. Qarilik nafaqasiga chiqishiga qaramasdan cho’lda bog’ yaratish niyatida bog’dorchilik brigadasiga boshchilik qildi. Bugungi kunda Mahalla Boqi qishlog’i hududida yangi tashkil etilgan bu qishloq Boqi Hamroevning porloq xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning nomi bilan atalmoqda.
JABBOR SATTOROV NOMLI QISHLOQ. Jo’yrabod qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. 70-yillardan boshlab yangidan bunyod etila boshlangan bu yangi qishloq 1989 ynldan Jabbor Sattorov nomi bilan atalib kelinmoqda. Qishloq aholisi asosan Kalon, Mahallipoyon, Jo’yrabod singari atrof qishloqlardan ko’chib kelishgan.
JURAQUL ORIPOV NOMLI QISHLOQ. Tuman markazidan 17 km shimolda, yangi barpo etilgan. Yangi yerlarni o’zlashtirish hisobidan 1978 yilda tashkil etilgan. Dastlab «Yangi bog’», 1991 yildan e’tiboran Jo’raqul Oripov nomi bilan atalib kelinmoqda. Qishloq axolisi asosan uzumchilik bilan shug’ullanadi. Qishloq bog’dorchilik xo’jaligining ma’muriy markazi sanaladi. Qishloqda vino tayyorlash punkti, meva quritish stexi, sovuqxona, 484 o’rinli ikki qavatli maktab, qishloq hakimlik maskani faoliyat ko’rsatmoqda.
Jo’raqul Oripov—1920-yilda Chuqurak qishlog’ida tavallud topgan. Uzoq yillar Romitan, Peshko’, Vobkent, Shofirkon tumanlarida rahbarlik, 1978 yildan to umrining oxirigacha «Jilvon» uzumchilik va bog’dorchilik xo’jaligiga direktor bo’lib ishlagan. Uning nomini abadiylashtirish maqsadida qishloq, 484 o’rinli maktab uning nomi bilan yuritilmoqda.
MAHALLAIBOQI. Tuman markazidan 14,5 km shimoli-sharqda, Denav. qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan Qishloq 200 yillarcha oldin Olmazor deb atalgan. Buning sababi qishloqning shimol tomonidan ko’hna Shopurkom rudi oqib o’tgan, uning hududi nihoyatda obod ko’kalamzor va xushmanzara daraxtzor bo’lgan. Ayniqsa, turli tuman shirin-shakar olmalarning dovrug’i amirlikka ham ma’lum bo’lgan.
Tabiiy ofat — qum ko’chishlar tufayli deyarli butun qishloq qum ostida qolgach, aholi turli joylarga ko’chib ketadi. Faqatgina qishloqning janubi-sharq tomonida Mamat Boqi va Ashur Boqi degan aka-ukalar bilan ikki-uch xo’jalik qoladi, xolos. Mamat Boqi tadbirkor, badavlat va obro’li dehdonlardan bo’lgani uchun keyinchalik qishloq uning nomi bilan Mahallai Boqi (Boqining qishlog’i) deb yuritila boshlangan. Yaqin-yaqingacha qishloq hududida qum barxanlari, ularning orasida esa paxsa uy devorlari ko’rinib turardi.
MIRZOQUL. Tuman markazidan 3 km janubi-g’arbda, Sulton Jo’ra qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Ma’lumotlarga qaraganda, uzoq o’tmishda bu qishloq odamlari turli joylardan ko’chib kelib yashay boshlaganlar. Ular nihoyatda oriyatli, urishqoq bo’lganliklari uchun ham bir-birlari bilan hech kelisha olmas, bir-birlarining maslahatiga qulok solmas, noahil yashar ekanlar. Shunda shu qishloqlik Mirzo ismli kimsa qishloq aholisining boshini qovushtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yibdi. U jismoniy baquvvat bo’lganligi uchun so’ziga kirmaganlarni, zulm o’tkazib bo’lsada, o’ziga bo’ysundiribdi. Qishloq ariqlarini, ko’chalarni obod qilibdi. Atrof qishloqdagilar bu voqeani hazilga olib «Mirzoning qilichi sizlarni birlashtirdi», deb qishloqni Mirzoqilich deb ataydigan bo’lishibdi. Qishloq keyinchalik Mirzoqul deb ataladigan bo’libdi.
NAZAROBOD. Tuman markazidan 15 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Nazarobod — «Nazar obod qilgan» demakdir.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish