Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet25/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

QORABOSH. Tuman markazidan 7 km janubi-sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Qorabosh qishlog’i qo’shni G’ijduvon tumani chegarasida joylashgan. G’ijduvon tumaniga qarashli Qorabosh qishlog’idan bu erga ko’chib kelib qolishgan. Hozir ham bu qishloq aholisining urf-odatlari bir hil. Manbalarda qirq qabilasining bir tarmog’i qora deb ataladi. Umuman «qora» etnonimi bilan bog’liq turkiy xalqlarning bir necha urug’ tarmoqlari mavjud. Qoraxoni, Qoramurt, Qoranayman, Qorapichoq, Qorapoycha, Qorason, Qorasuv, Qorateri, Qorauy, Qoracha, Qorao’zak kabilar shular jumlasidandir. Qorabosh ham, bizningcha, ana shunday urug’ tarmoqlaridan birining nomidan kelib chiqqan.
QOG’ATON. Tuman markazidan 4 km sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Qog’aton—aslida «Qatag’on» bo’lib, o’zbek millati tarkibiga kirgan yirik qabila-urug’ nomini ifodalaydi. Qatag’on xalq tilida keyinchalik Qog’aton bo’lib ketgan.
Qog’atonlarning asosiy qismi Afg’onistonning Qog’aton viloyatida yashaydi.Markaziy Osiyoda qog’atonlar Tojikistonning Vaxsh, Yaxsuv vodiylarida, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yashaydilar.Tuman hududidagi 2 ta qishloqda Qog’aton urugi vakillari yashaydi (Biri S. Jo’ra nomli qishloq fuqarolar yig’inida. U hozir S. Jo’ra nomi bilan yuritiladi). Kollektivlashtirish davrida F. Xo’jaev bu qishloqqa bir necha bor kelgan. Shuning uchun dastlabki tuzilgan kolxoz uning nomiga qo’yilgan.
QURAMA. Tuman markazidan 4 km shimolda, Tezguzar qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Qurama — aralash degan ma’noni bildiradi. Qishloq aholisi turli o’lka va joylardan kelib o’rnashib, har xil urug’ va qabilalardan tarkib topgan. Shuning uchun ular qishloqni aralashgan qishloq — Qurama deb ataganlar. Keksalarning ta’kidlashicha, qishloq aholisi asli Vardonze, Qizil O’rda, Qutayba, Urganch, Qo’ng’irot tomonlardan bo’lgan bo’lgan.
HALOJIYON. Tuman markazidan 5 km janubda,Shofirkon—Buxoro yo’li ustida joylashgan. Halaj (halach) qadimgi qabila nomi. Halajlar X asrdayoq turkiy xalqlardan janubda, hozirgi Afg’onistonning janubiy qismida yashagan. Etnograf B. X. Karmisheva ma’lumotlariga qaraganda, halajlar Qobodiyon (Tojikistonda, Kofirnihon daryosi bo’yida) va Mugon cho’li (Ozarbayjon)da o’rnashib qolganlar va fors tilida gaplashadilar. Halajlar asli turk bo’lganlar. Bu haqda Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» va boshqa asarlarda ma’lumotlar bor. Kogon, qo’shni Vobkent tumanlarida, Samarqand viloyatining Ishtixon va boshqa ko’plab joylarida ham halajlar yashaydi. Ammo Halojiyon qishlog’ining kelib chiqishiga bularning hech aloqasi yo’q.
Halojiyon — haloji so’zidan, ya’ni paxtani chigitidan ayiruvchi asbob nomidan olingan. Haqiqatan ham bu qishloqda qadimda haloji yasovchi usta, haloji tortuvchi kasb egalari ko’p bo’lgan. 1925 yilda qishloq vayron etilgan. Aholisi turli yurtlarga haydalgan. 50-yillarda qishloq yana tiklandi.
QALMOQON. Qalmoqon — tojikcha Shofirkon shahri tarkibiga kirgan qadimiy qishloq.: «qalmoqlar» degan ma’noni ifodalaydi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish