II bob Shofirkon tumani ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlari.
Geografik joy nomlari tizimida xalqning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotini o’zida aks ettiruvchi toponimlar alohida katta guruhni tashkil etadi. Bunday joy nomlarining xarakterli xususiyatlari shundaki, ular jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida asrlar osha yashab kelmoqda. Xalq hayoti va turmush tarzini o’zida mujassamlashtirgan bunday joy nomlarini o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Quyida biz ana shunday joy nomlarini alohida guruhlarga ajratib birma-bir tahlil etamiz.
2.1. Xalq qabila, urug’ nomlari bilan bog’liq joy nomlari (etnonim va etnotoponimlar)
Geografik nomlar tizimida etnonim va etnotoponimlar salmoqli o’rin egallaydi. Etnotoponimlar tildagi eng qadimgi toponimik qatlam hisoblanadi. Ular uzoq tarixiy davrning yodgorligi bo’lib ma’lum xalqning tarixini, milliy tarkibini o’rganishda ularning geografik tarqalish chegarasini ko’rsatishda va aniqlashda muhim manba sifatida g’oyatda qimmatlidir.
ARAB (PAXTAKASH)LAR. Tuman markazidan 4,5 km shimoli-g’arbda, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Milliy tarkibi — o’zbeklar.VIII—IX asrlarda Markaziy Osiyoga kelib qolgan arablar bugungi kunda o’zbeklar bilan qo’shilib ketgan bo’lsalarda, o’z nomlarini saqlab qolganlar. Arablar qishlog’ida ularning vakillari yashaydi. 30-yillarga qadar qishloq «Paxtakashlar» deb yuritilgan. Chunki bu qishloq aholisining ko’pchiligi paxtani chigitdan ayirish bilan tirikchilik qilgan. islohot o’tkazilgandan so’ng, paxtakashlik kasbi barham topgach, qishloq nomi ham Arablar deb yuritiladigan bo’ldi. Kishloq hududida Oybek nomli o’rta maktab, bolalar bog’chasi, 4 ta savdo do’koni, «Bog’iafzal» jamoa xo’jaligining ma’muriy binolari, kutubxona, dorixona, tibbiyot maskani joylashgan.
ARABXONA. Tuman markazidan 5 km janubi-g’arbda, Chandir qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Milliy tarkibi — o’zbeklar va tojiklar.
Arabxonada qadimiy 4 ta: Ortiqboy, O’rta masjid, Barakaboy va Tojikon (Hamro oqsoqol) masjidlari bo’lgan Har bir masjid bitta to’pni bildiradi. Uzining kelib chiqishi, bu qishloqqa kelib qolish sabablari va to’plarni bir-biridan ajratib turadi. 30-yillarda «Guliston», «Arablar», Dimitrov, F. Xo’jaev nomli artellar tuzilgan. 1932 yilda qo’shni Kelachi, Kotiyon, Qumbosti, Dodbog’ni qishloqlari negizida tashkil etilgan. «Kommuniem» kolxozi tarkibiga kirgan. 1956- yilda bu kolxoz tarqatilgan. Qishloq hududida savdo, maishiy va tibbiyot maskanlari, S. Ayniy nomli o’rta maktab mavjud.
ARABLAR. Tuman markazidan 13 km sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Arablar — «arablar yashaydigan joy» ma’nosida. Tumanda arablar nomi bilan bog’liq joylar ko’p. Bu nomlar arablar bosqini davrida, asosan, arablarning’ VIII—IX asrlarda, bir qismining esa, keyiiroq ham Movarounnahrga kelib qolishi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |