Tuproqshunoslik va geografiya


Dala, yer, marza nomlari (agroonimlar)



Download 0,76 Mb.
bet20/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

1.7. Dala, yer, marza nomlari (agroonimlar).
Joy nomlari tizimida dala, er, marza nomlarini o’z ichiga oluvchi agroonimlar alohida qatlamni tashkil etadi. Har qanday hudud mikrotoponimiyasining asosini tashkil etuvchi agroonimlar vujudga kelishiga ko’ra ham boshqa turdagi geografik joy nomlariga nisbatan qadimiyroqdir. Insoniyat jamiyatida er egaligining boshlanishi (feodalizm) bilan bu turdagi nomlar qo’llanila boshlangan. Hudud agroonimlarini tavsiflovchi xususiyatlardan biri sifatida nom tarkibida qatnashgan ob’ekt bildiruvchi so’zlarni ko’rsatish mumkin.
BOG’IAFZAL. Tuman markazidai 5 km shimoli-g’arbida, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Ko’lhovli, Bog’iafzal, Qo’rg’oncha qishloqlarini birlashtirgan. Qishloq nomining kelib chiqishi haqida turli rivoyatlar bor:
1.Qadim zamonda Xorazm tomondan Afzal ismli kishi kelib, shu erda muqim yashab qolgan va u yaratgan bog’ «nihoyatda dovrug qozongan uning bog’i «Bog’i Afzal» («Afzalning bog’i») deb atalgan. Keyinchalik butun bir qishloq «Bog’i Afzal», so’ngroq esa «Bog’iafzal» deb yuritilgan.
2.Eron shohiping o’g’li Shopur Vardonzeni obod qilish uchun ariq qazdiradi. Ariq ishga tushgach, uning atrofidagi unumli erlarni o’ziga tegishli kishilarga bo’lib beradi. Hozirgi Bog’iafzal qishlog’i o’rnini Afzal nomli kishi oladi va bu erda katta bog’ yaratadi. Tezda bu bog’ «Bog’i Afzal» nomi bilan mashhur bo’ladi. Bu qishloqda etishtiriladigan husayni, obi, toyfi, behishti, kelinbarmoq, xalili, shibirg’oni kabi uzum navlari hozirgacha dong qozonib kelmoqda. Bugungi kunda kishlok aholisi meva va sabzavot etishtirishda ham mirishkorlikni qo’ldan bermay kelyapti. Xalq dasturxonini noz-ne’matlar bilan to’ldirishda katta hissa qo’shmoqda.
BOBOHAYDAR. Tuman markazidan 2 km shimolda, Tezguzar qishloq fuqarolar )yigini hududida joylashgan. Milliy tarkibi—o’zbeklar. Bobohaydar — aslida «Bog’i Haydar» (Haydarning bog’i) bo’lib, qadim zamonlarda qishloqda Haydar ismli mirishkor dehqon yashagan. U yaratgan mevazor, uzumzorlarning ta’rifi tillarda doston bo’lgan. Qo’p kishilar kelib bu bog’da hordiq chiqarishgan. Hatto bir necha bor amir ham bu bog’da mehmondorchilik qilgan. «Bog’i Haydar» dastlab bog’ning, so’ngra qishloqning nomi bo’lib qolgan. «Bog’i Haydar» keyinchalik «Bobohaydar» deb atala boshlangan.
BOG’ISHAMOL. Tuman markazidan 20 km shimoli-sharqda. Denav kishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan Milliy tarkibi — o’zbeklar. Bog’ishamol yangi aholi punkti. Denav qishloq kengashining 1976 yil 14 maydagi qaroriga muvofik yangi axoli punktiga shu nom berilgan. Uning shimolida, Jilvon etaklarida bunyod ztilgan minglab gektar maydondagi uzumzorlardan esgan mayin shabada qishloqning «Bog’ishamol» deb atalishiga sababdir.
CHIG’ILBAK. Tuman markazidan 7 km janubi-g’arbda, Chandir qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Chig’ilbak— etimologiyasi aniq emas. Rivoyatlardan birida «Chilbog’», ya’ni «Qirq bog’» so’zidan olingan deyilsa, yana birida «Chog’ir bek», ya’ni chog’ir (may) tayyorlovchi yoki uni ko’p iste’mol qiluvchi ma’nosidan olingan degan fikrlar mavjud. Ko’rinadiki, Chig’ilbakda bog’ ko’p bo’lgan.Bu qishloq Hovlibolo (yuqori hovli), Chig’ilbak, Chaqariyon to’plarini birlashtirgan. Chig’ilbak o’rtada, Hovlibolo uning yuqorisida, Chaqariyon esa quyi qismida joylashgan. To’plarning nomlanishidan ma’lumki, Chig’ilbak to’pi oldinroq Hovlibolo, Chaqariyon esa keyinroq paydo bo’lgan.Chig’ilbak va hovlibololiklar asli ko’hna Vardonzedan bo’lib, uzoq yillar oldin qum ko’chishlari tufayli bu erga kelib qolganlar.Chaqariyon — tojikcha: «chaqarliklar» degan ma’noni bildiradi. Demak, bular Chaqar qishlog’ini qum bosib qolgach, ko’chib kelganlar.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish