Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet33/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

ISKOGARE. Tuman markazidan 12 km uzoqlikda joylashgan qadimiy qishloq. Qishloqda mang’itlar, arablar, saroylar, balchuqlar (qozoqlar), qatog’onlar singari urug’ vakillari yashagan. Qishloqda qadimdan kulolchilik, bo’zchilik hunari bilan shug’ullanadigan kishilar istiqomat qilishgan.
«Iskogare» toponimi haqida turlicha rivoyatlar mavjud:1. Iskogare—bug’doy sovurishda ishlatiladigan, yogochdan ishlangan asbob — «iskov» nomidan olingan. Qadimda shu qishloqda iskov tayerlanadigan hunarmandlar hamda bug’doy sovurish bilan shug’ullanadigan kishilar ko’p bo’lgan. Iskovgare («gar» — tojik va o’zbek tillarida shaxs ot yasovchi qo’shnmcha (dorigar, holvagar) bo’lib, tayyorlovchi, yasovchi kabi ma’nolarni beradi) «iskov tayyorlovchilar» deb atalgan. Keyinchalik Iskogare deb atalib kelingan..
2.Bu qishloq tumanning g’arb tomonidagi eng chekka kishloq bo’lib, shu erdan cheksiz cho’l boshlangan. Undan nariga o’tish xavfli bo’lganligi uchun tojiklar «isto» (to’xta), «gard» (qayt) deganlar. «Istogard» zamonlar o’tishi bilan «Iskogare» shaklida qo’llanila boshlangan, deyishadi.
3.Iskov — yogochdan tayyorlangal kavushning nomi, uni yasovchilar iskovgar deb atalgan. Ehtimol, «Iskovgare» toponimi shundan kelib chiqqan bo’lishi ham mumkin.
4.Iskogare — «Istgohi gara» so’zidan olingan bo’lib, «kigiz va yogoch uylar ko’p joy degan manolarni ifodalaydi.
5. «Iskogare» — «xushbo’y hidi bor o’simliklar o’sadigai joy» kabi ma’nolarni ifodalaydi.
NAQQOSH. Tuman markazidan 3 km janubda, Sulton Jo’ra nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. «Naqqosh»da o’tmishda hunarmand naqqoshlar yashagan. Ular turli xil ro’zg’or buyumlariga, qurol-aslahalarga, san’at asarlariga nafis naqshlar chizganlar. Ustalar tomonidan yaratilgan nafis Chizmalar, naqshlar ko’pchilikni rom etgan. Nafis buyumlarning shon-shuhrati uzoq-uzoqlarga ham dong taratgan. Shu sababli bu qishloq «Naqqoshlar qishlog’i» deb yuritilgan.
SABZIKOR. Tuman markazidan 3 km shimolda, Tezguzar qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq. Qishloqning qadimgi nomi «Oyim chorbog’» bo’lgan. Ma’lumki, qadimda katta-katta qishloqlarda maxsus saylgoh joy bo’lgan. Xalq bayram kunlari bu erda kurash, ko’pkari, qo’chqor va xo’roz urishtirish kabi milliy o’yinlarni o’tkazgan. Ayniqsa, «Navro’z» arafasida «Guli surx» bayram sayllari bir oygacha davom etgan. Bunday sayllarda islomdini aqidalaridan kelib chiqib xotin-qizlar uchun alohida maxsus joylar ajratilgan. Qishloqda kattagina chorbog’ bo’lib, bayram kunlari xotin-qizlar bu erda to’planib bayram qilishgan. Bu joy «Oyim chorbog’» deb atalgan. Qishloq nomi ham keyinchalik shunday deb atalgan. 30-yillarda qishloq negizida tuzilgan jamoa xo’jaligiga ham «Oyim chorbog’» deb nom berilgan. Kolxozlar tashkil etilgach, bunday bayram-sayllari o’tkazilmaydigan bo’ldi, qishloq «Oyim chorbog’» emas, «Sabzikor» deb ataldi.
Sabzikor — «sabzi etishtiruvchi» degani. Suvni ko’p talab etadigan sabzi, piyoz, loviya singari qishloq xo’jalik ekinlari bu qishloqda ko’p etishtirilgan, Bu qishloq ichidan o’tuvchi ariqning suvi yoz oylarida ko’pincha Pashmon, Regishoyi, Bogiafzal, Sufiyon singari qishloqlarga etib bormagach, bu qishloqlarning aholisi suvga nixoyatda qiynalgan. Arik suvi kamaygan paytlarda sabzikorliklar arikni butunlay ko’mib olganlar. Bunday holatlarda suv olib kelish ilinjida ketmon ko’tarib chiqqan sufiyonliklar, bog’iafzalliklar, pashmonliklar «suv sabzikorlarda» deganlar. Shunda suvga chiqqanlarning hafsalasi pir bo’lib, qaytib ketganlar. Chunki sabzikorliklar baribir suv o’tkazmasligini ular yaxshi bilishgan. Qishloq shu tariqa «Sabzikor» nomini olgan.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish