Tuproqshunoslik va geografiya


SHUHRAT ZARIPOV NOMIDAGI QISHLOQ



Download 0,76 Mb.
bet29/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

SHUHRAT ZARIPOV NOMIDAGI QISHLOQ. Tuman markazidan 12 km shimoli-sharqda, Jo’yrabot qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan yangi qishloq. Dastlab Kirov nomi bilan yuritilgan bu qishloq 1994 yildan Shuhrat Zaripov nomi bilan yuritilmoqda. (Sh. Zaripov haqida Olim Ergashev nomli qishloq haqidagi ma’lumotda so’z yuritilgan.) Qishloq hududida Rajab Qurbonov nomli maktab, savdo do’koni va maishiy xizmat shaxobchalari faoliyat ko’rsatmoqda.
QAL’AI MIR ARAB. Tuman markazidan 9 km janubi-g’arbda, Sh. Hamroev qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq;. Qishloqdagi qal’ada hazrat Mir Arab qabrlari bor. Buxoro shahrida ham hazratning qabrlari bor. Xo’sh, bu ne sir-sinoat? (Biz bu haqda quyiroqda hikoya qilamiz). Mir Arab nomi bilan mashhur bo’lgan. zotning asli ismlari Sayyid Abdullohdir. U kishi Yamanning Xazaramavut mavzeida tug’ilgan. «Tuhfat az-zoirin»da yozilishicha, u erda Hud alayhissalomning qabrlari bo’lgan. Sadriddin Salim Buxoriyning yozishicha, Sayyid Abdulloh amir bo’lgan, lekin 22 yoshga kirganda nogoh dillarida Alloh taolo ishqi paydo bo’lib,toju-taxtdan voz kechadilar va Samarqandga keladilar. Samarqanddagi Xoja Kafshir guzarida Xoja Ahrorn Valiy suhbatlariga etishadi. Xoja Ahrordan irshod xati olib, buyuk pir darajasiga etishadilar. Abdulloh hazratlarini Mir Arab deyishlariga sabab, Xazaramavutning amiri ekanliklariga ishora ekan.Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe» asarida yozilishicha,Ubaydulloxonning piri Mir Arab bo’lgan. Ubaydulloxon pirining istiqbollariga ba’zan shahardan tashqarigacha piyoda chiqqan. Mir Arab Turkistonning Sabron (Savron) degan joyida koriz qazdirgan, suv chiqarganlar va mustahkam qal’a barpo etib, juda ko’p joylarni obod etganlar. Shofirkon, Vobkent, G’ijduvonda ariqlar qazdirib, uni Ubaydulloxon ibn Sulton sharafiga Sultonobod arig’i deb ataganlar.
Mir Arab o’z davrining buyuk piri murshidi bo’lib, naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan. Ilmu urfonda, ma’naviyatda o’z davrining yagonasi, sohibkaromat, duosi ijobat zot bo’lgan. Mir Arabning duolari bilan Ubaydulloxon o’zining kam sonli qo’shini bilan Najmi Soniyning 80 mingli qo’shinini engadi.
Mir Arab 1530 yil Minorai Kalonning kunchiqar tomonida madrasa qurishni boshlaydi. «Qur’oni karim»da 114 sura bor, bu madrasada ham 114 hujra barpo etilgan. Madrasa qurilishi 1536 yili nihoyasiga etgan. Xushxat xattot Mirali Fathobodiy Buxoriy madrasa peshtoqida quyidagi baytlarni yozgan: «Mir Arab, faxri Ajam, on ki soxt Madrasai oliy, bas bul ajab, Bul ajab onest, ki ta’rixi o’st Madrasai olii Mir Arab».
Mir Arab madrasa qurilishi bitmay turib, 1536 yilda vafot etadilar. Rivoyat qilishlaricha, Mir Arab hayotlarining so’nggi kunlarini hozirgi Qal’ai Mir Arab qishlog’ida o’tkazganlar. Vafotlaridan so’ng, o’zlari istiqomat qilgan qal’ada qabr hozirlangan. Ammo shaharda ham dafn marosimiga tayyorgarlik ko’rilgan. Ul zot uchun mazkur madrasa shimolidagi Gumbaz ostida qabr qazilgan. Rivoyatda aytilishicha, shaharliklar bilan qishloq aholisi o’rtasida hazratning jasadlari talosh bo’ladi. Shunda nogahon Mir Arabning jasadlari g’oyib bo’lganligi ma’lum bo’ladi. Ikki tomon vakillari borib qarashsaki, hazratniig jasadlari ikkala qabrda ham turibdi. Yana Alloh bilguvchidir.
HORIN. Tuman markazidan 9—10 km shimoli-sharqda, Jo’yrabot qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Cho’lhorin, Qilichxo’ja, Muftilar, Xo’jalar, Horin: qishloqlarining birlashuvidan tarkib topgan katta. «Horin» so’zining lug’aviy ma’nosi «posbon», «kuzatuvchi» demakdir. Qishloq nomining kelib chiqishi to’g’risida xalq, orasida shunday rivoyat bor: Qadim zamonlarda Muso payg’ambarning akasi shu qishloqdan o’tib keta turib, charchog’ini chiqarish uchun dam oladi. Shu-shu qishloq horib birpas dam olgan Horinning nomi bilan yuritilar ekan. Tarixiy manbalarda Horin ismli bir necha shaxslarni uchratish mumkin. Rivoyatdan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, haqiqatan ham Muso payg’ambarning Horun ismli akasi bo’lgan. Narshaxiyning “Buxoro tarixi”da Horin ibn Siyovush degan shaxsning 738—748 yillarda Horun ar-Rashidning 786—709 yillarda xalifalik qilganligi haqidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish