Tuproqshunoslik va geografiya


II.Bob Vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili



Download 0,77 Mb.
bet9/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#434565
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
“vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili”

II.Bob Vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili
2.1 Vobkent tumanining tabiiy-iqtisodiy geografik tavsifi
Mustaqillik sharofati bilan Respublikamizning har bir kichik ma’muriy hududini ham geografik jihatdan keng qamrovli o’rganish uchun imkoniyat tug’iladi. Zero, iqtisodiyotni boshqarish aynan an shu ma’muriy birliklardan boshlanadi.
Tumanning geografik o’rni. Vobkent tumani Buxoro viloyatining sharqiy qismida, Zarafshon daryosining quyi oqimidagi vohada joylashgan. Taqqoslash joiz bo’lsa, geeografik o’rniga ko’ra, Vobkent tumani Turkiyaning Anqara, Xitoyning Pekin va Amerikaning Filadelfiya shaharlari, Italiyaning O’rta yer dengizidagi Sardiniya orolining markaziy qismlari bilan bir xil kenglikka ega. Uning hududi asosi g’arb tomonda va uchi sharqda joylashgan uchburchak shaklida bo’lib, shimoldan janubga tomon 19 km ga, g’arbdan sharqqa qarab esa 28 kmga cho’zilgan, maydoni 0,29 ming kv.km. (viloyat umumiy maydonining 0,74 %ini) ni egallab, maydon jihatidan Buxoro viloyatidagi eng kichik tuman hisoblanadi.
Ma’muriy jihatdan 1 shahar, 11 qishloq fuqarolar yig’iniga, xo’jalik tarkibiga ko’ra, 14 jamoa va 1 shirkat xo’jaligiga bo’lingan.
Tuman shimoldan oqib o’tuvchi Zarafshon daryosining tarmog’i bo’lmish Vobkentdaryo orqali G’ijduvon, shimoli- g’arbda Shofirkon, g’arbda Peshko’ va Romitan, janubda Buxoro, sharq va shimoli-sharqda esa Shoxrud kanali bo’ylab Qiziltepa (Navoiy viloyati) tumanlari bilan chegaradosh. Bu yerning manzarasi atrofida cho’llar bo’lishiga qaramay, irrigatsiya tarmoqlarining zich joylashganligi, ko’p yillik daraxtlarga boyligi va yam-yashil ekinzorlarning ko’pligi sababli respublikamizning tog’ oldi tekisliklari tabiatini eslatadi.
Tumanning iqtisodiy geografik o’rni qator qulaylik va noqulayliklarga ega. Uning hududini qoq o’rtasidan deyarli simmetrik tarzda davlat ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil yo’li-Zarafshon traktining kesib o’tganligi unga qo’shni va birmuncha uzoqroq bo’lgan hududlar bilan avtomobil transporti orqali iqtisodiy aloqalar qilish imkonini beradi.
Noqulayligi – temir yo’lga nisbatan uzoq. Shuning uchun ham xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan texnika, yoqilg’i va qurilish materiallarining hammasi tumanga avtomobil transporti yordamida tashib keltiriladi. Yaqin vaqtlargacha tumanga nisbatan eng yaqin joylashgan Qiziltepa temir yo’l stansiyasi bu sohada asosiy o’rin tutar edi. Navoiy viloyatining tashkil qilinishi va Qiziltepa stansiyasining shu viloyat tasarrufiga o’tishi natijasida bu mavqe Kogon va Buxoro temir yo’l stansiyasiyalariga o’tdi. Lekin bu stansiyalar tumanning janubiy xo’jaliklari uchun birmuncha qulay va yaqin bo’lsada, shimoliy qism xo’jaliklari uchun Qiziltepa stansiyasiga nisbatan uzoqroq va transport harajatlari ham ko’proq.
Tuman iqtisodiy geografik o’rnining yana bir xususiyati hududning hamma tomondan unga qo’shni tumanlarning sug’oriladigan mintaqa yerlari bilan o’ralganligida ko’rinadi.Hududning 100 foiz sug’oriladigan yerlardan iborat ekanligi va uning cho’l-yaylov mintaqasiga bevosita tutash emasligi bu yerda haydab boqiladigan chorvachilik tuman hududida faqatgina fermalarda, qoramollarni doimiy qo’ralarda saqlab boqqan holda tashkil etilgan bo’lib,uni rivojlantirish esa faqatgina intensivlashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish