Tuproqshunoslik va geografiya


I.Bob Toponimlar va ularning ilmiy-amaliy ahamiyati



Download 0,77 Mb.
bet6/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#434565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
“vobkent tumani toponimlari va ularning geografik tahlili”

I.Bob Toponimlar va ularning ilmiy-amaliy ahamiyati
1.1 Toponimika fani va uning O’zbekistonda rivojlanishi
XX asr fanlarning defferentsiatsiyasi (tarmoqlarga bo’linishi) va integratsialashuv jarayonlari jadalashgan asrdir. Zotan tarmoq va sohalarning chuqur tadqiq etilishi yangi tarmoq fanlarining vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlarning muayan yo’nalishlari tutashgan bo’g’inlarda yangi “oraliq” fanlarning vujudga kelishi ro’y berdi. Xuddi shunday fanlardan biri toponimika bo’lib, tilshunoslik, geografiya, tarix va boshqa fanlar oralig`ida vujudga keldi. Toponimika joy nomlarining ma’nosi, qaysi tildan olinganligi, qanday tarixiy va ijtimoiy voqelik natijasi ekanligini tadqiq etadi. Shu bilan birgalikda joy geografik sharoiti aniq nomda mujassamlashivi masalasini toponimika o’rganadi.
Ma’lumki geografik nomlar ma’lum bir hudud bilan, ushbu hududning tabiiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari bilan bog`liqdir. Shu uchun ularni o’rganishda hududning tabiati, tarixini ham hisobga olish zarur. Zero geografik nomlar uzoq davrlar mahsuli bo’lib, vaqt o’tishi bilan shaklan va mazmunan o’zgarib boradi va bu nomlar elat, qabila, xalqlarning ko’chishi asnosida boshqa joyga o’tib qoladi.
Toponimlarning afzalligi shundaki til lug`at fondida uzoq vaqt saqlanib turadi. Garchi o’sha so’z muomaladan butunlay chiqib ketgan bo’lsa ham, geografik nom sifatida saqlanib qolishi mumkin. Ana shuning uchun ham joy nomlari tilning turli tarixiy davrlardagi lug`at tarkibini o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi.
Nomlarni bilish faqat ilmiy va ma’rifiy jihatdan ahamiyatli bo’lmasdan amaliy va mafkuraviy jihatlardan katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 avgustda chiqarilgan “O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’ektlarga nom berish ishlari tartibga solish to’g’risidagi qarori miliy qadryatlarimizning ko’z ilg’amas” qismiga tarixchi, tilshunos, geograf mutaxasislar qolaversa bu ishga bosh qosh bo’lgan ma’sul kishilar diqqatini jalb etdi. Vatan tarixiga va qadryatlariga yanada jiddiy munosabatda bo’lishini talab etildi. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni toponimika fani o’rganadi.
Geografik nomlar asosan ikki xil bo'ladi: ayrim geografik obyektni bildiruvchi atoqli ot, nom va geografik ob’yekt hamda voqea, hodisalarning, umumiy nomini bildiruvchi turdosh otlar. Atoqli geografik nomlar toponimlar deyiladi. Yunoncha topos - joy va onoma - ism, nom so'zlaridan tashkil topgan.
Joy nomlari bir necha turlarga bo’linadi. Bular gidronomiya ya’ni daryolar, ko’llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo’ltiqlar, sharsharalar, bo’g`izlar nomlari; oronimiya ya’ni rel’ef shakllari nomlari (tog`lar, cho’qqilar, qirlar, tekisliklar, vodiylar, platolar); oykonimiya (polinimiya, urbanonomiya) ya’ni qishloq va shaharlarning nomlari; mikrotoponimiya ya’ni kichik ob’ektlar nomlari.
Bundan tashqari turli xalq, urug`-aymoq, qabila nomlari bilan ataladigan toponimlar ya’ni etnotoponimlar; kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlar ya’ni antropotoponimlar ham mavjud.
Toponimlarga, ularning kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi, ma'nosi, o'zgarishi, talaffuz qilinishiga kishilar juda qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Har bir geografik nom orqasida qanchadan - qancha voqea va hodisalar, tabiiy hodisalar, tabiiy xususiyatlar, xalq, qabila, urug', ayrim kishilar faoliyati haqidagi tarixiy ma'lumotlar yashirinib yotadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Tyanshan, Pomir, Amudaryo, Qizilqum nomlarida qancha voqea, hodisalar, tarix yashirinib yotibdi.
Har bir kishi, avvalo, o'z joyi - shahri, qishlog'i, mahallasi, ko'chasi nomini, ularning qanday hodisa, voqea, tabiiy xususiyat, qanday inson nomi bilan bog'liqligini bilishni istaydi.
Joy nomlarini yozishda ham nozik tomonlari bor. Ba'zan bir harf o'zgarishi bilan tamomila boshqa joy tushuniladi.
Bularning hammasini toponimika fani o'rganadi. Bu fan geografik nomlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, o'zgarishini, ularning mazmuni, shakli va to'g'ri yozilishini o'rganadi. Toponimika geografiya, tarix va tilshunoslik (lingvistika) fanlari o'rtasidagi fan bo'lib, ular bilan juda bog'langan. Bu fanlarning tadqiqot uslublaridan foydalanib ish ko'radi.
Geografik joy nomlari tizimida xalqning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotini o’zida aks ettiruvchi toponimlar alohida katta guruhni tashkil etadi. Bunday joy nomlarining harakterli xususiyatlari shundaki, ular jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Xalq hayoti va turmush tarzini o’zida mujassamlashtirga bunday joy nomlarini o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Toponimlar til lug`at fondining bir qismidir. Shu bilan birga joy nomlari tilning boshqa leksik qatlamlaridan anchagina farq qiladi. Bu farq toponimlarning uzoq yashashida, ya’ni ko’p tarkibiy qismlardan iborat bo’lishida, har bir tilning ichki qonuniyatlariga ko’ra, toponimlar yasashda turdosh otlar ishtirok eta olishida o’z aksini topadi. Toponimlar yasashda shu til uchun xos bo’lgan lingvistik vositalardan foydalaniladi. Lekin shu bilan birgalikda har bir tilda toponim yasovchi o’ziga xos vositalar paydo bo’ladi.
Toponimikani o’rganish til tarixi va nazariyasi uchun katta ahamiyatga ega. Ko’pgina joy nomlari juda qadimiydir. Qadimgi yozma yodgorliklarda qayd qilingin geografik nomlari keyinroq uchraydigan shakllari va hozirgi talaffuzi bilan solishtirib, tilning lug`at tarkibida, so’zlarning dastlabki shaklida ro’y bergan o’zgarishlarni bilib olishimiz mumkin.
Toponimika ayniqsa, geografiya uchun katta ahamiyatga ega. Toponim geografik ob’ektning aniq manzilidir. Nomlar joyning geografik o’rnini aniqlash uchun ham, geografik tushunchalarni ifoda etish uchun ham zarur. Geografik kartalarda keltirilgan boy va xilma-xil axborotlar orasida nomlar alohida o’rin tutadi. Geografik ob’ektlar shu qadar ko’p va xilma-xilki, ularni ifoda etish maxsus so’zlar, ya’ni nomlar bo’lishi kerak. Joy nomlari shu qadar ko’pki, hamma toponimlarning ham ma’nosiga etib bo’lmaydi. Nom qancha qo’hna bo’lsa, uning etimologiyasini bilish shuncha qiyin bo’ladi. Ammo ma’nosidan qat’iy nazar, barcha nomlar manzil vazifasini bajaradi. Shunday qilib, toponimlarning kishilik jamiyati uchun eng muhim va zaruriy funkstiyasi manzil bo’lib xizmat qilishdir. Demak, joy nomlari bir ob’ektni boshqa ob’ektdan farq qilish uchun, bu ob’ektning o’rnini aniq ko’rsatish uchun zarur.
Geografik nomlar faqat manzil bo’libgina qolmasdan turli xil axborot tashiydi ya’ni bizga geografik, tarixiy, lingvistik ma’lumot beradi. Har bir toponimning o’z ma’nosi bor. Lekin ko’pgina toponimlarning ma’nosini hozirgi vaqtda hamma ham anglayvermaydi. Ularni tadqiq etish, ularning mazmun mohiyatini ochib berish dolzarb vazifalardan biridir.
Toponimlar turli davrlar mahsuli bo’lib, ularga geograflar, tarixchilar, lingvistlar, etnograflar, arxeologlar, geologlar murojaat qilishadi. Geografik nomlarga qarab o’tmishda qanday xalqlar yashagani, turli millatlarning o’zaro aloqalari, ularning migrastiyasi haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Joy nomlari geografik kartalarning muhim elementlari bo’lib, ob’ektning manzili bo’lishi bilan birga, hududning tabiati, tabiiy boyliklari va boshqa geografik xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.(Ayrim toponimlar geologik qidiruv ishlarida yordam beradi.)
O’zbek toponimika faning taraqqiyotida qomusiy geograf alloma H.Hasanovning “O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan” (Toshkent “Fan” 1965 ) nomli to’rt ming nusxada chop etilgan asari beqiyos ahamiyatga ega. Kitobning toponimika uchun birinchi navbatdagi ahamiyati shundaki, toponimlarni yerning tili deb ta’riflab bu fan mohiyatini tushuntirib berganligidir. Birinchi “Toponimika tarixi ” deb nomlangan qismida toponimika va joy nomlarini o’rganish ta’rixi, tarixiy toponimiya, tayanch tushunchalar, O’rta Osiyo joy nomlarining paydo bo’lishi olimlarning asarlarida toponimika qanday ahamiyatga ega ekanligi ta’riflangan. Kitobning ikkinchi qismi “Qisqacha toponimik lug’at” ga bag’ishlangan bo’lib, Amudaryo, Andijon, Ashg’abot, Bortang, Balxash, Borsa-Kelmas, Kaspiy, Bo’kantov, Sarisen, Atrou, Sirdaryo, Termiz, To’palang, va boshqa O’rta Osiyoning makro va mezo toponimlari paydo bo’lishi tarixiy lingvistik jihatdan ta’riflangan. Kitob “tarixiy- geografik, nomlar izohati” bilan tugaydi. O’rta Osiyo toponimlarining tarixiy geografik o’rni va nomlanishi haqida qimmatli manba hisoblanadi. H.Hasanovning “Geografik nomlar imlosi (Toshkent “Fan” 1962) ” “Yer tili” Toshkent O’zbekiston 1978. “Geografik nomlar siri” (Toshkent “Ozbekiston” 1985) kitoblari -Respublikamizda toponimika va geografik atamashunoslik faning asoschisiga aylanganini ko’rsatadi. “Geografik nomlar siri” ilmiy – ommabob ta’rif bo’lsada toponimika bilishga ehtiyoji bo’lgan barcha mutaxassis, o’qituvchi, barcha o’zbek kitobxonlari uchun har doim ma’lumotnoma sifatida o’qishga arziydigan zaruriy qo’llanmaga aylanib qolgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero “Yerning tili” , “Tarixiy toponimiya”, “Beruniy va Bobur toponimiya xususida”, “Toponimistlar” “An’ana va yangilik”, “Nomlar qanday paydo bo’ladi”, “Eng xato nom”, “Toponimlar”, “Toponimik o’lkashunolsik ” va “Toponimik lug’at” deb nomlangan boblar chuqur ilmiy va qiziqarli tarifda berilgan. Toponimika ilmi - Yer yuzidagi joy nomlarining turlari, hususiyatlari, shakllanish qonuniyatlari haqida bahs aytadi. Geografik nomlar o’zgaruvchan, nomlarning o’ziga xos siri haqida bilish geografiyadan ta’lim beruvchi muallimlar bilan bir qatorda barcha barchasini qiziqtirishi shubhasiz. 1520 yilda dunyo aylana sayohatni amalga oshirib, Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo okeaning bir butunligini amalda isbotlagan F.Magellan janubiy sharqiy Osiyodagi orollar to’plamini Ispan shahzodasi Filip ikkinchi sharafiga Filip orollari deb atagan. Ruschadan o’zbekchaga tarjima qiluvchilar Filippin degan. Ruscha egalik qo’shimchasi bilan noto’g’ri tarjima qilganlar bu xato hozirgacha xaritalarda saqlanmoqda. Filippin davlatining hukumati va fuqorolari orollarning tarixiy Maharlik – ulug’vorlik, mahalliy nomini tiklash masalasi kun tartibida turibdi. Shu Filippin toponimining paydo bo’lishi voqeasi toponimika faning qiziqarli va ommabop soha ekanligini yana bir bor isbotlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida va undan keyingi vaqtlarga vujudga kelgan Amerika, Avstraliya, Tinch okean regionlarda paudo bo’lgan. Ko’pchilik nomlar haqida ham shu fikrni bildirish mumkin. Professir H.Hasanovning o’zbek milliy toponimika fanining asoschilaridan deyishimizning boisi ham bunday yangidan paydo bo’lgan nomlarning tarixi ma’nosi, geografik imlolari qatiylashtirgani, standartlashtirgandir.
XX asr o’zbek toponimikasidan eng ko’p ish qilgan olimlar jumlasiga geografiya fanlari doktori S. Qorayev, Qarshi davlat unversteti prof. T.Nafasov, O’zbekiston milliy Universiteti professorlari R.Rahimbekov P.G’ulomovlarni ko’rsatish mumkin. S.Qorayev “O’zbekiston” nashriyotidan chiqarilgan “Geografik nomlar ma’nosi”, kitoblari chiqarilgan. Shu jumladan shuningdek boshqa olimlar birgalikda chiqargan asarlari muhim qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda. S.Qorayev, P.G’ulomov, R.Rahimbekov tomonidan tuzilgan “Geografiyadan izohli lug’at”, P.G’ulomovning “Jo’g’rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati” va boshqa joy nomlari va ulardan geografik ta’limda foydalanish metodikasiga bag’ishlangan ishlari O’zbekistonda toponimika va geografiya terminshunoslikning rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Miliy Universitetda ijod qilgan geografiya fanlari doktori marhum proffessor R.Rahimbekov bir qancha ishlar e’lon qilish bilan birga bir necha nomzodlik ishlariga ilmiy rahbarlik qildi. Toponimika sohasida 45 ta fan nomzodlari yetishtirdi. Atoqli geograf va filolik S.Qorayev “Toponimika O’zbekistonda” nomli kitobi bilan olib borgan toponimikaga doir ishlarni bir darajada xulosalaydi, toponimika va geografik terminshunoslik jabhasida kelgusida qilinajak ishlar haqida fikr yuritadi. Ayni paytda oldin nashr etilgan “Topshkent toponimlari”, “Geografik nomlar ma’nosi” kitoblarini mustaqillik mafkurasi talablariga binoan qayta ishlab nashr ettiradi.
O’zbekistonda toponimika taqiqotlarini rivojlantirishda Qarshi Davlat Universiteti professori T.Nafasovning xizmatlarini alohida takidlab o’tish lozim. Olimning nomzodlik disertatsiyasi-Qashqadaryo toponimlari (1969) dan to hozirga qadar o’nlab kitoblari O’zbekiston toponimlarini o’rganishga bag’ishlangan. Ayniqsa T.Nafasovning “O’zbekiston toponimlarining izohli lug’ati” O’zbekiston janubiy rayonlari joy nomlarini chuquq tahlil etganligi bilan talaba va o’qituvchilar uchun, qo’yinki barch fuqarolar uchun qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda. Joy nomlari haqida o’nlab kitoblar nashr ettirgan yuzdan oshiq ilmiy ishlar chiqargan respublika va MDH mamlakatlari doirasida toponimikaning bir qancha sohasi bo’yicha ilmiy anjumanlarni Qarshida o’tkazishga bosh qosh bo’lgan bu olimning sermahsul ijodida “O’zbek nomnomasi” kitobni alohida o’rin tutadi. Unda O’zbekistonning, xususan janubiy O’zbekistonning yirik geografik oblastlari nomlari tarixiy-lingvistik va tarixiy – geografik jihatdan tahlil etilganligi, bu asar joy nomlarini o’rganuvchilar uchun taraqqiyot qo’llanmasi bo’lib xizmat qilish mumkin.
Bu muhim sohada O’zbekistonda juda ko’p ishlar qilindi va amalga oshirildi. “O’zbekiston davlat tili” to’g’risidagi qonun (1989 yil 21- oktabr) “O’zbekiston davlat tili qonuniga” o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (1995 yil 21-dekabr), O’zbekiston Respublikasi ma’muriy hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalrini hal etish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi 1996 yil 30- avgustdagi qonuni va shu qonun asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31- avgustdagi O’zbekiston Respulikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari va tashkilotlar va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish to’g’risidagi qarori, “O’zbekiston Respulikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari tashkilotlarga va boshqa toponimik ob’ektlarga nom berish ishlarini tartibga solish to’g’risida” gi 2004- yil 11- avgust 383-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi huquqiy asoslar yaratilgan.
O’zbekistonda qabul qilingan va amal qilinayotgan ushbu va boshqa huquqiy hujjatlar tarixiy ilmiy qiymatli toponimlarni saqlab qolish ma’naviy tariximizning bir qismi sifatida alohida ahamiyatli toponimlarning qayti tiklash yangi toponimik obyektlarga mentalitetimizga mos nomlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganini bildiradi. Viloyat va tuman hokimliklari huzurida toponimik komisiyalar ishlamoqda. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi geoinformatika va kadastr milliy markazi tarkibida toponimika labaratoriyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Labaratoriya geografiya fanlari doktori S.Qorayev rahbarligida “O’zbekiston Respublikasi geografik nomlarining o’zbek tilida yozilish asosiy qoidalari asosiy qoidalari” “O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar, tuman markazlari, shaharchalar nomlari davlat tilida kiril va lotin yozuvlarida” “O’zbekiston Respublikasi gidrotexnik inshoatlari nomlari davlat tilida kiril va lotin yozuvlarida” “ O’zbekiston temir yo’llari stansiyalari nomlari davlat tilida kiril va loitin yozuvlarda” “1:10000, 1:25000, 1:100000 masshtablardagi topografik xaritalarda terminlar va qisqartmalarning yozilishi”, “Tojikiston Respublikasi geografik nomlarining o’zbekcha yozilishi yo’riqnomasi”, “Qirg’iziston Respuyblika geografik nomlarining o’zbekcha yozilishi yo’riqnomasi” kabi 7 ta kitobchani “O’zgeogkadastr” chiqargan. Ushbu yo’riqnomalarning “asosiy qoidalari” “shaharlar, tuman markazlari” “gidrotexnik inshoatlar” “temir yo’l stansiyalari” S.Qorayev tomonidan tuzilgan. Beshinchisi - “topogrfik kartalarda yozilishi” – B.Alixo’jayev tomonidan - oltinchisi- “Tojikiston Respublikasi geografik nomlarining o’zbekcha yozilishi yo’riqnomasi” – O.Bo’riyev tomonidan va yettinchi kitobcha “Qirg’iziston Respublikasi geografik nomlari yozilishi yo’riqnomasi” – S.Qorayev tomonidan tuzilgan. Ushbu rasmiy nashrlar yuridik hujjat bo’lib, O’zbekiston nomlarini to’g’ri yozish va ularni xaritalarda ko’rsatish qati’iy tartibga solinganini ko’rsatardi. Zero fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari, fuqarolik holatini qayd etish idoralari va boshqa joy nomlari hujjatlarida qayd etadigan tashkilot va muassasalar nomlarini to’g’ri yozish hujjatlarni talab darajasida rasmiylashtirilishi xalq ma’naviyatining bir bo’lagi hisoblanadi. Toponimlarni o’rgatish va to’g’ri qo’llash maktab ta’limida savodxonlikni yuqori darajaga ko’tarish bilan bog’liq masalardan biri. Maxsus fanalr sifatida ilmiy terminshunoslik kurslarini mutaxassislik kafedralari o’qitishi davr talabi. Zero muayyan tarixiy voqealik badiy asarda voqealar aniq bir joy nomi bilan bog’liq bo’ladiki shu hududning geografik nomini tahlil etish shu fanning qiziqarli jihatini oshirishi shubhasiz. Xususan geografiya o’qituvchisi geografik ob’ektning nomlari, xaritalardagi shahar, mamlakat dengiz, tog’ va boshqa toponimlarning ma’nosi va tarixi haqida ma’lumot bersa darsning ilmiy va tarbiyaviy jihati kuchayadi. Demak toponimlarni bilish o’zini madaniyatli deb hisoblagan har bir fuqaro uchun zarur. Shu maqsadda toponimikaga doir kitobchalar chiqarish kafedralarda toponimik tatqiqotlar olib borish faqat ilmiy jihatdangina emas amaliy va marifiy jihatdan ham muhim masala deb qarashga haqlimiz. O’zbekistonda nom berish ishlarini tartibga solishga ahamiyat berilayotgan ekan har bir viloyat shahar, tumanlarda tarixiy, etnografik va geografik nomlarning maxsus kitoblarini yaratish maqsadga muofiq ish bo’lar edi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish