TUPROQNING FIZIK – MEXANIK XOSSALARI.
Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, ko’pchishi va cho’kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi singarilar kiradi. Fizik-mexanik xossalari tuproqning texnologik xususiyatlarini baholashda, ya’ni yerlarni ishlashning turli sharoitlarini aniqlashda, ekish va yig’ib-terib olish agregatlari - mashinalarning ishlash holatlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu xossasi urug’larning unib chiqishi, o’simlik ildizlarining tuproqda tarqalish holatini va o’simliklarning o’sib rivojlanish sharoitlarini aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Tuproqning plastikligi. Nam tuproqning har qanday tashqi kuchlar ta’sirida o’z yaxlitligini buzmagan holda shaklini o’zgartirishi va buni mexanik kuchlardan keyin ham saqlab qolish xususiyatiga tuproqning plastikligi deyiladi. Plastiklik odatda nam holdagi soz, qumoq tuproqlar va qisman qumloq tuproqlar uchun xarakterli. Kuruq tuproq plastiklikka ega emas. Yuqori namlik bo’lganda ham tuproq oqadigan holga keladi va plastikligini yo’qotadi. Tuproq tarkibida gilli minerallar, jumladan, montmorillonitning ko’p saqlanishi, uning plastiklik xossasini oshiradi. Tuproq namligiga ko’ra (Atterberg bo’yicha) plastiklikning quyidagi konstantalari ajratiladi:
1. P l a s t i k l i k n i n g yu q o r i ch ye g a r a s i - shunday namlik hisoblanadiki, unda standart (76 g) konussimon metall moslama o’z og’irligi bilan tuproq orqali 10 sm chuqurlikkacha kirib boradi.
2. P l a s t i k l i k n i n g q u y i ch ye g a r a s i - tuproq namunasini 3 mm ga qadarli ip holida eshilganda, unda ajralib ketishlar ro’y bermaydigan holatdagi namlikdir.
3. P l a s t i k l i k s o n i (miqdori) - plastiklikning yuqori chegarasi bilan quyi chegarasi o’rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq qanchalik yuqori bo’lsa, tuproq va gruntning plastikligi ham shuncha kattadir. Jumladan, soz tuproqlarning eng yuqori plastiklik soni (>17) ga ega, bu ko’rsatkich qumoqlarda 7-17; qumloqda <7; qum tuproqlarda plastiklik bo’lmaydi va uning miqdori 0 ga yaqin.
Qishloq xo’jaligida plastiklik chegarasi katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra tuproqning yetilganlik holatidagi namligini xarakterlash hamda yerni ishlashning maqbul muddatini, ya’ni eng kam kuch sarflab, yerni sifatli haydash muddatini belgilash mumkin.
O’rta Osiyoning qadimdan sug’oriladigan og’ir qumoq tarkibli och tusli bo’z tuproqlarining plastikligi ancha yuqori bo’lib, tuproqning haydalma va haydalma osti gorizontlari plastikligining yuqori chegarasi 28-29, quyi chegarasi 18-19 foiz va plastiklik soni 9-10 ga teng. Taqir tuproqlarda plastiklikning yuqori chegarasi 23-24 va quyi chegarasi 15-16 foizni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |