Mustaqil ishlash uchun savollar
1. Tuproq struktura agregatlari, struktura holati va strukturasi deb nimaga aytiladi va morfologik va agronomik jihatdan ularni baholashdagi xususiyatlar nimada?
2. Tuproq strukturasining qanday turlarini bilasiz?
3. Tuproq strukturasining hosil bo’lishini qanday jarayonlar belgilaydi.?
4. Strukturaning agronomik ahamiyatini ta’riflang?
5. Strukturaning buzilish sabablarini ta’riflang?
6.Strukturani saqlab qolishga qaratilgan eng muhim tadbirlarni ayting?
7. Tuproq strukturasiga ko’p yillik o’tlarning ta’siri qanday?
8.Sun’iy struktura yaratish va eroziyaga qarshi kurashish uchun nima qilish zarur?
TUPROQNING umumiy FIZIKAVIY va fizik - mexanik XOSSALARI
Tuproqning umumiy fizikaviy xossalari. Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog’liq bo’lgan fizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o’simliklarning o’sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. Tuproqning fizikaviy xossalariga, uning strukturasi, suv, havo, issiqlik, umumiy fizikaviy va fizik-mexanikaviy xossalari kiradi. Tuproqning fizikaviy xossalari ko’plab omillarga, jumladan, tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon qismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati va o’zaro ta’siri hamda dinamikasi singarilar bilan bevosita bog’liqdir.
Tuproqning paydo bo’lish jarayonlarida, unumdorligi va o’simliklar hayotida fizikaviy xossalarning roli, ahamiyati ko’plab olimlar tomonidan o’rganilib, amaliy xulosalar qilingan. Tuproq fizik xossalariga doir tadqiqotlar P.A.Kostichev. V.R.Vilyams, A.G.Doyarenko, N.A.Kachinskiy, I.N.Antipov-Karatayev, S.V.Astapov, A.V.Lebedev, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, A.A.Rode, S.I.Dolgov, I.B.Revut, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L.Tursunov, I.Turapov va boshqa olimlar nomi bilan bog’liq. Umumiy fizikaviy xossalariga tuproqning zichligi, qattiq fazasining zichligi va g’ovakligi singarilar kiradi.
Tuproq qattiq fazasining zichligi. Tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) - ma’lum hajmdagi tuproq qattiq qismining 4 0C da, shuncha hajmdagi suvga bo’lgan nisbati hisoblanadi va g\sm3 bilan ifodalanadi. Qattiq fazasining zichligi tuproq tarkibidagi organik moddalar miqdoriga va mineral qismi komponentlari (tarkibiy qismlari) ning nisbatiga bog’liq. Tuproq qattiq fazasidagi organik moddalar (o’simliklarning qoldiqlari, torf, gumus) ning qattiq fazasi zichligi 0,2-0,5 dan 1,0-1,4 g\sm3 gacha, mineral birikmalardan iborat qismida esa 2,1-2,5 dan 4,0-5,18 g/sm3 gacha o’zgaradi. Bu ko’rsatkich tuproqdagi birlamchi va ikkilamchi minerallarning tarkibi va solishtirma massasiga bog’lik. Masalan, dolomitning solishtirma massasi 2,8-2,99, limonitniki 3,50-4,0, gematitda 4,9-5,3, montmorillonitniki 2,0-2,20 g/sm3 ni tashkil etadi. Ko’pchilik tuproqlarning mineralli gorizontlarida qattiq fazasining zichligi 2,4-2,65 g/sm3 oralig’ida bo’lib, torfli qatlamlarda 1,4-1,8 g/sm3 ni tashkil etadi. (25-jadval). Tuproqning solishtirma massasiga doir ma’lumotlar tuproq qatlamlari tuzilishini o’rganishda va tuproqning umumiy g’ovakligini hisoblab chiqarishda foydalaniladi.
25-jadval
Turli tuproqlarning umumiy fizikaviy xossalari
Tuproq va uning holati
|
Genetik gorizonti va uning chuqurligi
|
Zichligi g/sm3
|
Qattiq fazasi-ning zichligi g/sm3
|
Umumiy g’ovak-ligi, foiz
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Chimli podzol, qo’riq yer (I.P.Grechin)
|
A1 5-15
A2 22-32
B1 64-74
C 104-114
|
1,23
1,29
1,66
1,72
|
2,52
2,62
2,67
2,71
|
51,2
50,8
37,8
36,5
|
Chimli podzol, haydalma yer
|
Ax 0-27
A2 36-46
B1 60-70
B2 74-84
|
1,14
1,57
1,62
1,79
|
2,53
2,63
2,69
2,69
|
54,9
40,3
39,8
33,5
|
Oddiy qora tuproq, qo’riq yer
|
A1 2-12
A2 12-22
B1 30-40
B2 57-67
Bx 87-97
|
1,15
1,17
1,31
1,37
1,51
|
2,55
2,58
2,65
2,68
2,72
|
54,9
54,7
50,6
48,9
44,9
|
Oddiy qora tuproq, haydalma yer
|
Ax 0-10
Ax 10-20
B1 29-39
B2 54-64
Bk 86-96
|
1,09
1,11
1,28
1,41
1,53
|
2,58
2,60
2,60
2,70
2,73
|
57,8
57,3
51,9
47,8
44,0
|
Och tusli bo’z tuproq, qo’riq yer
|
A1 0-5
A2 5-10
B1 10-20
B2 35-45
|
1,35
1,45
1,39
1,22
|
2,75
2,75
2,73
2,71
|
51,0
47,0
49,0
55,0
|
Och tusli bo’z tuproq
|
Ax 0-10
A2 20-30
B1 35-45
|
1,21
1,35
1,25
|
2,69
2,68
2,78
|
55,0
50,0
55,0
|
Tipik bo’z tuproq, qo’riq yer
|
Ax 0-3
A2 5-15
B1 20-30
B2 50-60
C120-130
|
1,17
1,22
1,20
1,20
1,25
|
2,72
2,72
2,74
2,73
2,71
|
57,0
55,0
49,0
56,0
54,0
|
Tipik bo’z tuproq, haydalma yer
|
A 0-10
B1 20-30
B2 50-60
C 120-130
|
1,04
1,18
1,18
1,27
|
2,72
2,77
2,73
2,76
|
62,0
57,0
57,0
54,0
|
To’q tusli bo’z tuproq, qo’riq yer
|
A 3-13
B1 25-35
B2 60-70
C 110-120
|
1,22
1,15
1,18
1,24
|
2,70
2,80
2,76
2,73
|
55,0
59,0
57,0
54,0
|
To’q tusli bo’z tuproq, haydalma yer
|
Ax 0-10
Ax 20-30
B1 45-55
C 120-130
|
1,11
1,20
1,11
1,21
|
2,66
2,77
2,74
2,76
|
58,0
57,0
59,0
56,0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |