«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Tuproqning kovakligi va uning turlari



Download 18,39 Mb.
bet20/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tuproqning kovakligi va uning turlari.

Tuproqning zichligidan qat’iy nazar, uning turli zarrachalari orasida va struktura agregatlari ichida hamma vaqt ma’lum miqdorda bo’shliqlar kovakliklar mavjud. Bu bo’shliqlarda suv va havo bo’lib, o’simliklarning ildizlari, turli mikroorganizmlar, tuproq jonivorlari (chuvalchanglar, hasharotlar va boshqalar) tarqalgan. Tuproqning qattiq qismi zarrachalari orasidagi barcha bo’shliqlarning yig’indisiga u m u m i y k o v a k l i k deyiladi.


Kovaklik (K) tuproqning umumiy hajmiga nisbatan foiz bilan ifodalanib, tuproq zichligi (d) hamda qattiq fazasi zichligiga (d1) ko’ra quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:
d
K umumiy = 1 - ___ * 100
d1
Kovaklik tuproqning mexanik tarkibiga, strukturasiga, tuproq jonivorlarining faoliyatiga va organik moddalar miqdoriga, haydaladigan yerlarda esa, yerni ishlash hamda tuproqni madaniylashtirish usullariga bog’liq. Tuproqdagi bo’shliqlarning alohida mexanik zarrachalar va struktura agregatlarning oralig’ida va agregatlar ichida tarqalishiga ko’ra umumiy kovaklik, k a p i l l ya r va n o k a p i l l ya r kovakliklarga bo’linadi. Shuningdek barcha bo’shliqlar suv va havo bilan egallaganligi sababli, erkin birikkan suv va mustahkam birikkan suv bilan egallangan kovaklik hamda havo bilan egallangan (aerasiya) bo’shliqlarga ajratiladi (21-rasm).

21-rasm. Strukturali madaniy tuproqlarning kovakligi. (N.A.Kachinskiy bo’yicha)
1- agregat (uvoq, kesak) dagi nozik, asosan kapilyar kovakliklar, tuproq namlanganda suv bilan to’ladi;
2- agregatdagi o’rtacha kovakliklar (uyalar, kanallar), namlanganda qisqa vaqt suv bilan to’ladi, sungra shimilib ketgandan keyin- havo bilan to’ladi;
3- agregatlar orasidagi yirik kovakliklar, odatda havo bilan to’lgan;
4- agregatlar tutashish joyidagi kapilyar kovakliklar, nam tuproqda ko’p qismi suv bilan to’lgan.
Kapillyar va nokapillyar kovakliklar struktura bo’laklarining o’lchamiga bog’liq bo’lib, ularning prosent nisbati turlicha (27-jadval). Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, 0,5-5 mm o’lchamli makroagregatlar bo’lgan tuproqlarda nokapillyar kovakliklar umumiy g’ovaklikka nisbatan 49-63 foiz va < 0,5 mm bo’lgan agregatlarda esa u 8 foizgacha pasayadi.
A.G.Doyarenko tadqiqotlariga ko’ra, tuproqning eng maqbul suv-havo rejimi kapillyar va nokapillyar kovakliklarning nisbati taxminan 1:1, ya’ni deyarli teng bo’lganda yuzaga keladi. Ammo tuproqda yetarli darajada havo almashib turadigan sharoitni hamda barqaror nam zahirasini hosil qilish uchun nokapillyar kovakliklar miqdori umumiy kovakligiga nisbatan 55-65 foiz bo’lishi ma’qul. Bu ko’rsatkich 50 foizdan kam bo’lsa, havo almashishi sekinlashadi va anaerob sharoit vujudga keladi.

27- jadval
Tuproqdagi makroagregatlarning o’lchamiga ko’ra turli kovakliklarning miqdori, foiz hisobida.
(A.G.Doyarenko bo’yicha)

Kovaklik

Makroagregatlar o’lchami, mm

<0,5

0,5-1

1-2

2-3

3-5

<0,5

0,5-1

1-2

2-3

3-5

Tuproqning hajmiga nisbatan, foiz

Tuproqning umumiy kovakligiga nisbatan, foiz

Umumiy

45,5

50,0

54,7

59,6

62,6

100

100

100

100

100

Kapillyar

42,8

25,5

25,1

24,5

23,9

92

51

46

41

37

Nokapillyar

2,7

24,5

29,6

35,1

38,7

8

49

54

59

63

Agronomik nuqtai-nazardan tuproqda nam bilan egallangan kapillyar bo’shliqlarning ko’p bo’lishi bilan bir qatorda, mineral tuproqlarda aerasiya bo’shlig’i 15 foizdan kam bo’lmasligi kerak. Tuproqning havo almashinadigan (aerasiya) kovakligini hisoblash juda muhim. Aerasiya kovakligi umumiy kovaklik bilan, shu davrda tuproqda saqlanadigan namning hajmiy miqdori orasidagi farqqa ko’ra aniqlanadi.


Kae = Kumum - V, V = d · a
Bunda, Kae - aerasiya kovakligi, tuproq hajmiga nisbatan, foiz: Kumum - umumiy kovaklik, foiz; V-suv bilan egallangan kovakliklar hajmi, tuproq hajmiga nisbatan, foiz; d - tuproq zichligi, g/sm3 ; a -tuproqdagi nam miqdori, tuproq og’irligiga nisbatan, foiz hisobida. Kovaklik turli tuproqlarning genetik qatlamlari bo’yicha farq qiladi va odatda haydalma yerlarda yuqori bo’ladi. Masalan, qo’riq tipik va to’q tusli bo’z tuproqlarda umumiy kovaklik, uning yuqori qatlamida 55-57, haydalma yerlarda bu ko’rsatkich 58-62 foizni tashkil etadi. Tuproq kovakligini baholash shkalasi quyidagi 28-jadvalda berilgan.
28-jadval
Tuproq kovakligigini baholash. (N.A.Kachinskiy bo’yicha)

Vegetasiya davrida qumoq va soz tuproqlar uchun umumiy kovaklik, foiz

Kovaklikning sifat bahosi

Vegetasiya davrida qumoq va soz tuproqlar uchun umumiy kovaklik, foiz

Kovaklikning sifat bahosi

>70

Tuproq qavargan bo’lib, kovaklik nihoyatda yuqori

<50

Haydalma qatlam uchun qoniqarsiz

65-55

Madaniy haydalma qatlam uchun, kovaklik a’lo

40-25

Illyuvial gorizont uchun xarakterli bo’lib, kovaklik nihoyatda past




Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish