O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIGI
VAZIRLIGI
SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari kafedrasi
5410300-O’simliklar himoyasi va karantini
MAVZU: Tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash
Bajardi: Xasanov F
Tekshirdi:Saidov J
Samarkand 2015
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash
1. Mashg’ulot maqsadi. Tuproqning maksimal dala nam sig’imi. Kapillyar,
to’liq va maksimal dala nam sig’imlari, tuproqning nam sig’imining uning
mexanik tarkibiga, strukturasiga uning tuzilishiga bog’liqligi. Laboratoriya
shroitida tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproqning ma’lum miqdorda o’ziga suvni
singdirishi va ushlab turish qobiliyati uning nam sig’imi deyiladi.
Tuproqning eng muhim suv xossalaridan biri dala nam sig’imi bo’lib,
ushlanib turgan suvning miqdoriga ko’ra: to’liq, kapillyar va maksimal nam
sig’imlariga bo’linadi.
1. To’liq nam sig’imi - yer sug’orib bo’lingandan keyin tuproqning hamma
bo’shliqlari, ya’ni kapillyar va nokapillyar kovakliklari suv bilan to’lgan bo’ladi.
2. Kapillyar nam sig’imi - bunda kapillyar kovakliklar suv bilan to’lgan
bo’ladi.
3. Tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida ushlanib
qolgan suv miqdori, uning maksimal dala nam sig’imi deyiladi.
Nam sig’imi tuproqning mexanikaviy tarkibiga, strukturasiga bog’liq holda
o’zgarib turadi. Loyqa va organik modda ko’p miqdorda bo’lgan og’ir
tuproqlarning nam sig’imi katta va aksincha, organik moddalari kam bo’lgan
tuproqlarning nam sig’imi kichik bo’ladi. Bundan tashqari, sizot suvlarning
joylashish chuqurligi ham tuproqning nam sig’imiga ta’sir etadi. Mexanik tarkibi
og’ir tuproqlar 1 m gacha chuqurlikda 1 ga yerga 3000-3500 m
3
gacha, yengil
tuproqlar 1500-1800 m
3
gacha suv saqlay oladi.
O’zbekiston tuproqlari nam sig’imiga ko’ra uch gruhga bo’linadi.
1. Nam sig’imi katta bo’lgan og’ir tuproqlar.
2. Nam sig’imi o’rtacha bo’lgan o’rtacha og’ir mexanik tarkibli tuproqlar.
3. Nam sig’imi kichik bo’lgan yengil mexanik tarkibli tuproqlar.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga qaraganda suvni yaxshi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
o’tkazadi va nam sig’imi katta bo’ladi.
Tuproqlarning tarkibi va sizot suvlarning joylashish chuqurligiga bog’liq
holda nam sig’imi bir-biridan sezilarli darajada farq qilishini qo’yidagi 6-jadvaldan
ham ko’rinib turibdi. Og’ir tuproqlarning nam sig’imi yengil tuproqlarnikiga
nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Sizot suvlar yuza joylashganda tuproqlarning nam
sig’imi yuqori bo’ladi.
Laboratoriya mashg’ulotlari vaqtida tuzilishi buzilgan tuproqlar namunasi
bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bu esa olingan natijalarga ta’sir etadi. Garchi bunday
sharoitda tuzilishi buzilmagan tuproqqa qaraganda ancha yaxshi natijalar olinsa-da,
har xil tuproqlarning farqi va struktura holatlarini taqqoslashda ular to’la qonuniy
bo’ladi.
Dala sharoitida tuproqning mexanik tarkibini aniqlash taxminiy
tarzda bo‘lib, keyinchalik laboratoriyada analiz qilish yo‘li bilan
tekshirib ko‘riladi. Tuproqning mexanik tarkibi dala sharoitida quruq va
nam holida aniqlanadi. Nam holatda aniqlash uchun tuproq namunasiga
uni xamirsimon va eng plastik holatga keltiradigan miqdorda suv
qo‘shiladi. Xlorid kislota ta’sirida vijillab qaynaydigan karbonatli
tuproqlarga suv emas, balki HCl ning 10 % li eritmasi qo‘shiladi.
Tuproqlar mexanik tarkibi ayrim turlarining alomatlari ho‘l loy qilib
ko‘rish usulini qarab chiqamiz.
Q u m quruq holatda sochiluvchan bo‘ladi, agregatlar hosil
qilmaydi. Loy qilingan tuproq namunasini dumaloqlab bo‘lmaydi (1-
rasm).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Q u m l o q t u p r o q quruq holatda barmoqlar bilan bosilganda
osongina parchalanadigan palaxsacha va kesaklar hosil qiladi. Loy
qilingan qumloq tuproq namunasini dumaloqlash mumkin, ammo ip
qilib yechib bo‘lmaydi.
Yengil qumoq tuproqlar quruq holatida dumaloq shakldagi kesaklar
hosil qiladi, barmoq bilan kuchsiz ezganda ham bu kesaklar maydalanib
ketadi. Loy namunasini dumaloqlash, yo‘g‘onligi taxminan 3 mm li
chilvirga aylantirish mumkin. Chilvirni halqa qilib bukmoqchi bo‘lsak, u
qismlarga bo‘linib ketadi.
O‘rtacha qumoq tuproqlar quruq holatda burchaklari, qirralari va
yoqlari yaqqol ifodalangan agregatlarni hosil qiladi. Agregatlarni
barmoqlar bilan katta kuch ishlatib bo‘lish mumkin. Tuproqning loy
qilingan namunasini dumaloqlash, ip qilib chilvirga aylantirish, bu
chilvirni halqa qilib bukish mumkin. Bunda halqaning tashqi tomoni
yoriladi.
Og‘ir qumoq tuproqlarning agregatlari kub yoki prizma shaklida va
qattiq bog‘langan bo‘ladi. Ularni barmoqlar bilan maydalash qiyin yoki
umuman mumkin emas, nam holatda juda plastik bo‘ladi. Tuproqning
loyli namunasini dumaloqlash, ingichka chilvirga aylantirish, chilvirni
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
halqa qilib bukish mumkin. Bunda halqa yorilmaydi. Yon tomondan
bosib siqqandagina halqa yoriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
1-rasm. Tuproqlarning mexanik tarkibini dalada ho‘llab loy
qilib aniqlash usuli.
Soz tuproq quruq holatda juda birikkan bo‘ladi. Soz tuproqlar
agregatlari mexanik ta’sirlarga juda chidamligi bilan ajralib turadi.
Shudgordagi soz tuproq palaxsalarini maydalash qiyin. Tuproq chang
hosil qilishga moyil, quriganda esa hamma tomoni yorilib ketadi. Pichoq
yoki belkurak bilan kesilgan joyi yaltiraydi. Bunday tuproqlarning loyli
namunasi juda plastik bo‘lib, uni ingichka chilvirga aylantirish, chilvirni
esa halqa va «sakkiz» ga o‘xshash ko‘rinishida bukish mumkin. Bunday
halqani hatto yon tomondan qisganda ham u yorilmaydi.
Tuproqdagi o r g a n i k q o l d i q l a r ko‘pincha ildizlardan
iborat bo‘ladi. Ildizlarning tarqalish xarakter tarzini o‘rganish har bir
tuproq qatlamida o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish sharoitini aniqlash
uchun zarurdir. Ildiz sistemalarining barcha tarqalish xususiyatlari
daftarga yozib, rasmi chizib tasvirlanadi yoki so‘zlar bilan ta’riflab
boriladi (masalan, ildizlar ko‘p, ildizlar mo‘l, ildizlar kam, ildizlar
yakkam-dukkam va hokazo).
Bir qatlamning boshqa qatlamga o‘tish tarzi har bir qatlam ta’riflab
bo‘linganidan so‘ng o‘rganiladi. O‘tish xarakteri so‘zli ta’riflar va
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
rasmlar bilan qayd qilinadi. O‘tishning quyidagi gradasiya (daraja) lari
farq qilinadi:
Keskin o‘tish–bir qatlam ikkinchisi bilan ko‘p deganda 2 sm
oraliqda almashinib keladi. Haydalma qatlamning haydalma tag qatlami
bilan almashinishini keskin o‘tishga misol qilib ko‘rsatish mumkin;
Sezilarli o‘tish–qatlamlar 2-5 sm oraliqda almashinadi. O‘tish
tarzini ta’riflashda u keyingisidan qanday alomati bo‘yicha farq qilishi
ko‘rsatiladi (masalan, o‘tish qovushmasiga ko‘ra sezilarli, o‘tish rangi va
strukturasiga ko‘ra sezilarli va h.k).
Asta-sekin o‘tish–qatlamlar orasidagi chegara qiyinlik bilan
aniqlanadi. Ustki qatlam uning ostkisi bilan 5 sm dan oshiq bo‘lgan
oraliqda almashinadi. Ko‘rsatmali bo‘lishi uchun ta’riflangan tuproq
profilini turli usullar bilan tasvirlash: rasmini chizish, shu tuproqni loyini
qog‘ozga surtib qo‘yish yoki mikromonolit qilish mumkin. Bu ish
daftarning tuproq qatlamlari ta’riflanadigan grafasining maxsus ustunida
amalga oshiriladi. Rasmlarni rangli qalamlar bilan chizgan ma’qul,
qalamning rangi tuproq tusiga mos bo‘lishi kerak. Har bir qatlam
tuproqning loyi daftarning o‘sha ustuniga barmoq bilan surtib quyiladi
(mazka). Loy qurigandan so‘ng daftarda tuproq yuqi qoladi. Har qaysi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
qatlam uchun alohida loy surtimi (mazka) qilinadi. Lekin eng yaxshisi –
mikromonolit yasalgani ma’qul. U olingan tuproq namunalaridan uyda
qilinadi.
Tuproq mexanik tarkibni laboratoriya sharoitida aniqlashning
ayrim usullariga to’xtalib o’tamiz.
Tuproq mexanik tarkibini havo oqimida aniqlash maqsadida
bir qancha urinishlar bo’lgan. 1907 yilda A. S. Kashmen shunday asbob
taklif qilgan. Bu asbob 5 ta 13,5; 2,9; 3,4; 5,4 va 5 li. konussimon
voronkadan iborat. Bu voronkalar shtativda mahkamlangan va o’zaro
bir-birlari bilan trubkalar orqali ulangan. Birinchi voronkadan ikkinchi
voronkaga va shunday usul bilan oxirgi voronkagacha o’tgan
trubkachalarning boshlanish tamoni keng yuzaga ega. Bundan maqsad
har qaysi voronkada paydo bo’lgan chang va il zarrachalarini yaxshi
ushlash va yutish qobilyatini oshirish hisoblanadi. Oxirgi voronkadan
vakuumga
o’tishdagi
trubkaning
kengaytirilgan
qismi
mayda
zarrachalarini ushlab qolish maqsadida zich polotno bilan o’ralgan
bo’ladi. Birinchi voronkaning pastki qismi ma’lum havo oqimini
beradigan kompressorga ulangan bo’ladi.
Analiz uchun 1 kg absolyut quruq tuproq olinadi va oldin 1-2 mm
li elakchadan o’tkazilib birinchi voronka tagiga joylashtiriladi. So’ngra
havo beradigan kompressor va vakuum apparat ishlatiladi. Kompressor
orqali keladigan havo oqimi bir xil tezlikda hamda tuproq massasini bir
xil kuchda changlatadigan bo’lish kerak. Analiz bir voronkadan ikkinchi
voronkaga chang zarrachalari o’tishi tamom bo’lgandan so’ng
to’xtatiladi va har qaysi voronkada ushlanib qolingan zarracha
og’irligining foiz miqdori aniqlanadi.
Mavzu: Tuproqning mexanik tarkibni suvli muhitda aniqlash.
Tuproq mexanik tarkibini tinch turgan suvda aniqlash.
Mexanik tarkibni suvli muhitda aniqlash eng keng tarqalgan
metodlardandir. Bu metod har xil katta kichiklikdagi mexanik
zarrachalarning suvda harakatlanish va cho’kish tezligida asoslanadi. Bu
metod ikki xil variantda-oquvchan va tinch turgan suvda bajariladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Biz quyida mexanik tarkibni oquvchan suvni aniqlashni daslabki
metodlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Nebel (Volf) metodi (1864). (Avtor taklif etgan asbob) da 4 ta
noksimon shisha o’zaro ulangan, ular qisqa tomoni bilan pastga
qaratilgan. Idishchalarning umumiy hajmi 4 litr va ularning hajmi 1: 2:
3: 4 = 1:8:27:64 nisbatda. Analiz uchun 30 gramm tuproq olinadi va bir
necha soat qaynatiladi. Keyin suspenziya 3 mm li elakchadan
o’tkaziladi. Loyqa suspenziya 2-idishchaga, elakchada qolgan zarracha
birinchi idishchaga o’tkaziladi. 3-va 4-idishchalar suv bilan to’lg’aziladi.
So’ngra A idishidan S kranlarini ochish orqali suv o’tkaziladi. Butun
analiz davomida 9 letr suv 40 minut davomida o’tishi lozim. Olingan
ma’lumotlar quyidagicha bo’ladi: birinchi -shag’alli qum; ikkinchi
idishchada -dag’al qum; uchinchi idishchada -mayda qum; to’rtinchi
idishchada -loyli qum va nihoyat tashqariga (qabul qilib oluvchi
idishda)-loyqa to’planadi. Hamma idishchalardagi mexanik zarrachalar
to’planadi. Ular maxsus termostatlarda quritilib o’lchanadi va miqdori
foiz hisobida aniqlanadi.
Bu metod o’zining soddaligi va analizning tez bajarilishi bilan
ko’pchilik labolatoriyalarda keng qo’llanilishiga sabab bo’ldi. Biroq
olingan ma’lumotlarning unchalik aniq bo’lmasligi (ayniqsa og’ir
mexanik tarkibli tuproqlar uchun) bu metodni (ayniqsa apparatni)
mukammalashtirishni talab qildi. Bunday ishni Ye. Shene (1867) va
Kopeskiy
(1901-1914)
amalga
oshirdi.
Avtor
taklif
qilgan
zarrachalarning suvda cho’kish tezligi hisobga to’lik ma’lumot beradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Tuproq mexanik tarkibini tinch turgan suvda aniqlash.
Bu metod ham 2 ta gruppachaga bo’linadi: birinchi gurppaga
tayyorlangan suspenziyadan ma’lum katta kichiklikdagi zarrachalarni
butunligicha (hammasini) ajratib olish, ikkinchi gruppachaga
tayyorlangan suspenziyadan o’rtacha namuna olish yo’li bilan har xil
kattalikdagi mexanik zarrachalar miqdorini topishdir.
Tayyorlangan suspenziyaning ma’lum qismini boshqa idishga
o’tkazib o’rtacha namuna olinadi. Suspenziyaning zinchligini aniqlash
bo’yicha ko’pchilik aftorlar xilma xil ko’rsatkichlarga ega bo’lsada,
tinch turgan suvga analiz o’tkazadigan vaqtda quydagilarga etibor berish
lozim:
1.
Har xil kattalikdagi mexanik elementlarning suvdagi erkin
harakatdagi yo’li- h- sm da.
2.
Shu mexanik elementlarning suvga cho’kish tezligi-v
1
mm/sek da;
3.
Suspenziyani boshqa idishga o’tkazish yoki undan o’rtacha
namuna olish vaqti-t min. da. Bu ko’rsatkichlar o’zaro quyidagi
bog’liqlikda bo’ladi:
v
h
t
=
; h=v*t;
t
h
=
υ
Tinch turgan suvda analiz o’tkazish uchun olingan tuproq maxsus
yo’llar (qaynatish orqali, ma’lum dispergatorlar yordamida va h. k.)
bilan analizga tayyorlanadi va aniq hajmli idishlarga o’tkaziladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Hozirgi vaqtda tuproq mexanik tarkibini tinch turgan suvda
aniqlashga bag’ishlangan ko’p sonli qadimiy (Sabanin, Felatov, Orlov
va boshqalar) va zamonaviy metodlar mavjud. Quyida biz O’rta Osiyo
tuproq-meliorativ tekshirishlarida eng ko’p tarqalgan pipetka yordamida
o’rtacha namuna olish metodikasiga to’xtalib o’tamiz.
Mavzu: Tuproq mexanik tarkibini pipetka yordamida o’rtacha
namuna olish yo’li bilan laboratoriyada aniqlash.
Mexanik analiz qilishning hozirgi davrda juda ko’p usullari
mavjud. Bular ichida eng ko’p tarqalgan va ixchamlashtirilgan pipetka
metodi hisoblanadi. Buning uchun tuproqning har xil katta kichiklikdagi
zarrachalaridan suspenziya tayyorlanadi. Suspenziyadan pipetka
yordamida o’rtacha namunalar olib ularni tarkibi aniqlanadi, foiz
miqdorida hisoblanadi.
Mexanik analiz natijasining qoniqarli bo’lishi ko’p vaqtda tuproq
tarkibi, uning xususiyati, analizga tayorlash uslubi bilan bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun ham quyida O’rta Osiyo karbonatlashgan tuproqlarining
mexanik tarkibini aniqlashga moslashtirilgan. S. N. Rijov metodidan
foydalanamiz.
Bu metod yordamida mexanik analiz qilish 2 qismdan iborat:
tuproqni analizga tayyorlash va har xil kattalikdagi mexanik
zarrachalarni miqdorini aniqlashdir.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Tuproq namunasini analizga tayyorlashning asosiy maqsadi
agregatlarni buzish va tuproqning bir-biriga yopishib yotgan mexanik
elementlarini to’la-to’kis qismlarga ajratishdan iborat. Bu jarayonni
tezlatish uchun har xil ximiyaviy eritmalar qo’llaniladi. Akademik S. N.
Rijov (1935) birinchi bo’lib O’rta Osiyo tuproqlari uchun peptizator
sifatidagi natriy tuzlaridan natriy oksalatni (Na
2
C
2
O
4
) taklif etgan edi.
Bunda ko’zda tutilgan asosiy maqsad, tuproqning singdirish
komplekisidagi kalsiyni siqib chiqarish va uning o’rnini natriy egallashi
edi.
Natriy bilan to’yingan tuproqlar esa suvda juda yaxshi
butanalashgan suspenziya hosil qiladi.
S. N. Rijov bo’yicha tuproqda singdirilgan kalsiyni natriy bilan
o’rin almashishini ta’minlash uchun natriy oksalatdan ekvivalent
miqdorda solish maqsadga mofiqdir, aks holda singdirish
komplekisidagi komponentlar to’liq o’rin almashishlari mumkin
bo’lmay qoladi.
Keyinchalik M. I. Bratchiva (1957) kuchli dispergator sifatida
natriy geksametafosfart tuzi eritmasini taklif qildi va hozirgi vaqtda bu
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
eritma laboratoriyalarda mexanik tarkibni o’rganish uchun
foydalanilmoqda.
Ish tartibi. Teshiklari 1 mm li elakchadan o’tkazilgan tuproqdan
analitik tarozida 20 g olib 200 ml yassi taglik kolbachaga solinadi. Ayni
bir vaqtda mexanik analiz uchun olinayotgan har bir tuproq
namunasidan 3-5 g atrofida alohida byukslarda uning gigroskopik
namligini aniqlash uchun tuproq olish kerak. So’ngra 1 gramm tuproqqa
1 ml hisobida natriy gegsametafosfart eritmasi solinadi (ko’pgina olib
borilgan tekshirishlar ko’rsatishi bo’yicha tuproqning singdirish
komplekisidagi kalsiyning o’rnini batomom natriy egallashi uchun 1:1
nisbat yetarli deb topilgan) va u yaxshilab tuproq bilan qorishtiriladi.
Natijada kolbachada xamirsimon bo’tqa hosil bo’ladi. So’ngra mana shu
bo’tqa ustiga 70-80 sm
3
distillangan suv quyib, u yaxshilab
aralashtiriladi. Shu tarizda tayyorlangan bo’tqa elektr plitka yoki qum
hammomi ustiga qaynatish uchun (bunda kolba og’zida shisha voronka
bo’lishi lozim) qo’yiladi. Bo’tqa bir soat davomida qaynatiladi. Shundan
so’ng bo’tqa uy tempraturasigacha sovitiladi. So’ngra 1 litrli maxsus
silindrga bir-biriga kiydirilgan 1-0,25; 0,25-0,1 mm li elakchalar orqali
suzib o’tkaziladi. Elakchalarda yig’ilib qolgan zarrachalar yaxshilab
yuviladi, og’irligi aniq bo’lgan chinni piyolacha yoki alyumin
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
byukslarga solinadi va suv hammomida parlatish uchun qo’yiladi.
Piyolachalardagi suv to’liq bug’latilgach, ular termostartda 105-110
0
C
issikliqda 4-6 soat davomida quritiladi. So’ngra eksikatorda sovitilgach,
analitik tarozida tortilib, har qaysi piyolachadagi zarrachalarning
og’irligi va foiz miqdori aniqlanadi. (quyida keltirilgan hisoblash
tartibiga qarang). Agarda analiz uchun olinayotgan tuproq yoki bu
darajada sho’rlagan bo’lsa, bunday tuproqlarni mexanik analiz qilishdan
oldin CI
/
va SO
//
4
ionlari tamom bo’lguncha distillangan suv bilan
yuvish kerak. Silindrdagi butana suyuqlikning hajmi 1 litrga yetkaziladi.
So’ngra suyuqlikdan uy tempraturasini, tuproq qattiq fazasining
solishtirma massasini bilganimiz holda ayrim zarrachalarning silindrdan
olish vaqtini va olish chuqurligini belgilab olamiz. Suyuqlik maxsus
o’rnatilgan pipetkalar yordamida olinadi. Pipetkani silindrga botirish
chuqurligi va namuna olish muddati 1-jadvalda ko’rsatilgan. Olingan
namuna chinni piyolaga solinadi va pipetkaga yopishib qolgan
zarrachalar ham suv bilan yuvib tushiriladi. Piyolachadagi loyli suyuqlik
to’liq bug’latilgach, termostatda 105
0
C issiqlikda quritiladi (4-6 soat)
so’ngra eksikatorda sovitilib, analitik tarozida tortiladi va pipetka bilan
olingan tuproq zarrasining og’irligi topiladi. Boshqa mexanik
zarrachalardan ham namuna olish 1-jadvalda ko’rsatilganidek bajariladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Silindrdagi suyuqlik har bir namuna olishdan oldin aralashgich
(meshalka) yordamida chayqatiladi.
Har bir gurppa zarrachalarining olish vaqti va chuqurligini
Stoksning quydagi formulasi orqali topamiz:
g
2
=
υ
─gr
2
η
d
ch
d
−
1
bu yerda, v-zarrachaning cho’kish tezligi, sm/sek hisobida;
g-jismning erkin tushish tezligi 98 sm/sek teng;
d
1-
cho’kadigan zarrachalarning solishtirma massasi, g/sm
3
;
d-eritmaning solishtirma massasi, g/ sm
3
;
n-eritmaning yopishqoqligi /yopishqoqlik tempratura o’zgarishi
bilan keskin o’zgaradi.
Pipetka yordamida quyidagi gruppa mexanik zarrachalar ajratiladi.
I namuna (sekundlik) 4 xil zarrachalar yig’indisi+dispergator
0,05-0,001 mm (0,05-0,01; 0,01-0,005; 0,005-0,001 va 0,001 mm dan
kichik zarrachalar).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
II namunada (minutlik) 3 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator
0,01-0,001 mm (0,01-0,005; 0,005-0,001 va 0,001mm dan kichik
zarrachalar).
III namuna (soatlik) 2 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator –
0,005-0,001 mm (0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar).
IV namunada (sutkalik) 1 xil zarracha + dispergator – 0,001 mm
dan kichik.
Har qaysi gruppa zarralar og’irligini hisoblashda, keyingi olingan
namuna og’irligini oldingi namuna og’irligidan olib tashlash bilan
zarralarning haqiqiy og’irligi topiladi. Masalan 0,01-0,005 mm li
ikkinchi gruppa zarrachalar og’irligini (0,4252 g) birinchi gruppa
zarrachalar (0,05-0,01 mm) og’irligidan (0,6324 g) olib tashlash bilan
birinchi gruppa zarrachalarning haqiqiy og’irligi aniqlanadi. Oxirgi
gruppa (IV namuna) zarrachalaridan esa dispergator og’irligi olib
tashlanishi kerak. Dispergator og’irligi quyidagicha topiladi. Analiz
uchun olingan tuproqqa solingan miqdordagi dispergator (masalan, 20
ml) 1 litrli silindrga solinadi va bir litrgacha distillangan suv bilan
suyultiriladi. Suyuqlik uy tempraturasiga kelgach, undan pipetka orqali
namuna olib, chinni piyolaga solinadi va suvli hammomda bug’latiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Suyuqlik batomom bug’langach, termostatda quritilib, eksikatorda
sovitiladi va analitik tarozida tortiladi.
Dispergator og’irligi esa oddiy proporsiya yo’li bilan topiladi.
25 ml─-a gr
1000─x
25
*
1000 а
x
=
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida dala nam sig’imini bilish katta
ahamiyatga ega, chunki ekinlarni sug’orishda sug’orish me’yorlarini, sarf
bo’ladigan suv miqdori ana shu nam sig’imiga qarab belgilanadi.
1-jadval
O’zbekistondagi asosiy tuproqlarning nam sig’imi, %
(S.N.Rijov ma’lumotlari)
M
ex
an
ik
av
iy
ta
rk
ib
i
Sizot suvlari 1,5 m dan pastda
joylashgan o’tloqi-bo’z tuproqlar
Sizot suvlari 1,5 m dan
yuqorida joylashgan o’tloqi
botqoq tuproqlar
massasiga
nisbatan
hajmiga
nisbatan
massasiga
nisbatan
hajmiga
nisbatan
soz tuproq
25
36,3
28
40,6
og’ir qumoq
tuproq
22
31,9
25
36,3
o’rtacha
qumoq tuproq
19
27,6
22
31,9
yengil qumoq
16
23,2
19
27,6
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tuproq
qumloq tuproq
13
18,9
16
23,2
qumli tuproq
10
14.5
-
-
3. Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriya sharoitida tuproqning nam sig’imi qo’yidagicha aniqlanadi:
2-jadval
O’rganiladigan tuproqlar
Fraksiyalar
Bedadan bo’shagan yer tuprog’i
3-2, 2-1, 0,5-0,25 mm
Eskidan haydalgan yer tuprog’i
3-2, 2-1, 0,5-0,25 mm
Qum
1-0, 0,75 mm
Tuproqning nam sig’imini aniqlash uchun bo’z yoki o’tloqi-botqoq tuproqlar
olinadi:
Aniqlanishi lozim bo’lgan tuproq fraksiyalarning soniga qarab ostiga filtrli
doka bog’langan shisha naylar olinadi.
Tayyorlangan shisha nay tubidagi doka biroz ho’llanib, so’ngra tarozida
tortiladi (a), g;
Nayning 9/10 qismiga qadar tuproq yoki qum solib, kaftda yoki yumshoq
narsa bilan asta-syekin zichlanadi.
Tuproq yoki qum solingan nay tarozida tortiladi (v), g; hisobida.
Quruq tuproq yoki qumning sof massasi hisoblab chiqiladi, (S) g hisobida:
S = v – a
Nay ichidagi tuproqning balandligi o’lchanadi (h), sm va nayning ichki
diametri o’lchanadi, (d) sm.
Tuproq yoki qum egallagan umumiy hajm qo’yidagi formula bilan aniqlanadi:
π ⋅ d
2
V
= --------- ⋅ h, sm
3
;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
4
bu yerda: V - tuproqning umumiy hajmi, sm
3
hisobida.
π
- aylana uzunligining diametriga bo’lgan nisbati, 3,14 ga tyeng.
d - nayning ichki diametri, sm hisobida.
Tuproqning hajm massasi qo’yidagi ifoda bilan aniqlanadi:
S
V
1
= --------; g/sm
3
V
bunda: V
1
- tuproqning hajm massasi, g/sm
3
.
V - tuproqning umumiy hajmi, sm
3
.
S - quruq tuproqning sof massasi, g.
Tuproqli shisha nay suvli vannaga tushuriladi, bunda vannadagi suvning sathi,
naydagi tuproqning balandligi bilan bir xil bo’lshini ta’minlash zarur. Tuproq
suvga to’yingandan keyin (tuproq yuzasi yaltiraydi) nayni suvdan olib gravitasion
suv to’liq oqib ketguncha alohida maxsus shisha idish ustiga qo’yiladi.
Gravitasion suv oqib bo’lgandan keyin, tuproqli nayni vaqti-vaqti bilan, har 10
minutda, doimiy massaga kelguncha tarozida tortib turish kerak:
f
1
, f
2
, f
3
.......f
n
Tuproqda ushlanib qolgan suvning massasi hisoblab chiqariladi:
q = f
n
- v, g
Tuproqning quruq massasiga nisbatan muayyan (dala) nam sig’imi (V) ni
hisoblab chiqariladi.
s - 100 q
⋅ 100
q – V V = -------------
s
Olingan asosiy ko’rsatkichlarni taqqoslash uchun qo’yidagicha yig’ma jadval
to’ldiriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
3- jadval
Tuproqning dala nam sig’imini aniqlash
Tuproqning
nomi
Fraksiyalar
o’lchami, mm
Tuproq-
ning
hajm
massasi
Dala nam sig’imi, foiz hisobida
tuproq
massasiga
nisbatan
tuproq hajmiga
nisbatan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |