«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Mustaqil ishlash uchun savollar



Download 18,39 Mb.
bet26/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Mustaqil ishlash uchun savollar
1. Tuproqning zichligi va qattiq qismining zichligi va ularning agronomik ahamiyatini ta’riflang.
2. Tuproqning zichligi nimalarga bog’liq?
3.Tuproqning kovakligini va uning agronomik ahamiyatini ta’riflang?
4. Kapillyar namlik necha foiz bo’lganda tuproqda anaerob jarayon boshlanadi?
5. Tuproqning fizik-mexanik xossalarini ayting. Ularni ta’riflang va ularning tuproqning tarkibiga, uning fizik-kimyoviy xossalariga va boshqa omillarga bog’liqligini tushuntiring?
6.Fizik-mexanik xossalar tuproqning agronomik bahosiga qanday ta’sir etadi.

  1. Tuproqning fizik yetilganlik holatini dala sharoitida qanday aniqlasa bo’ladi?

  2. Tuproqning plastiklik holatini quyi va yuqori chegarasi nimalarga bog’liq?

  3. Sug’oriladigan dehqonchilik tuproqning fizikaviy va fizik – mexanik xossalariga qanday ta’sir etadi?

  4. Tuproqning umumiy fizik va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash usullarini ko’rsating?



TUPROQ UNUMDORLIGI

Insonlar qadim zamonlardayoq yerdan foydalanishda eng avvalo o’simliklarning hosil bera olish qobiliyati jihatidan uni baholaganlar. Shuning uchun tuproq unumdorligi haqidagi tushuncha tuproqshunoslik fan sifatida vujudga kelganiga qadar ma’lum bo’lgan va ishlab chiqarish vositasi sifatida yerning eng muhim xossasini namoyon etgan.


Tuproq yer sharining murakkab, materiklar quruqlik qismini qoplab turuvchi, alohida biokos qatlamidir. Tog’ jinslari tirik organizmlarning ko’p avlodlari ta’siriga uchrab, atmosfera va gidrosferalarning uzoq vaqt davom etgan ta’sirida tuproq qoplamiga aylanadi. Tuproq o’ziga xos organomineral tarkibga ega. Tuproq paydo bo’lish jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar to’planishi sodir bo’ladi. Shuningdek tuproqlar biogen ikkilamchi alyumosilikatli va silikatli minerallar, biofil elementlari bilan boyib boradi, va shunday qilib, spesifik xossaga – unumdorlikka – o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, ya’ni xosil beraolish qobiliyatiga ega bo’ladi.Tuproqning ushbu xossasi fitosenozlar va qishloq xo’jaligi barcha tarmoqlarining mahsuldorligini ta’minlashda asosiy sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Tirik organizmlar va tog’ jinslarida kimyoviy elementlar nisbati turlicha. Tuproqlarda hayotni ta’minlaydigan kimyoviy elementlar doimo to’planadi, bir vaqtning o’zida mustahkam o’rnashib qoladi va harakatchan holatga o’tib, hayotning mavjudligini ta’minlaydi. Tuproqning eng muhim xususiyati, uning unumdorligining asosi – zarur elementlarning tuproq qatlamlarida tanlab to’planishidir, qaysiki bu faqat tirik organizmlar, asosan o’simliklar ishtrokida sodir bo’ladi. Ularning ildizlari ushbu elementlarni jinslardan singdiradi. O’simliklar, o’zining organlarida biofil elementlarni to’plab, so’ngra ularni tuproq gumusi va boshqa birikmalarga aylantiradi, shu bilan o’zi oziqlanadigan muhitni yaxshilaydi.
Bioiqlim sharoitlarning birxil emasligi Yer yuzasining geomorfologik jihatdan turli tumanligi bilan birgalikda ko’pchilik hollarda o’zining tuzilishi va sifati bo’yicha keskin farqlanadigan, tuproqlarning katta turli tumanligini shakllantiradi. Ammo, barcha tuproqlarni umumiy xossasi – unumdorligi birlashtiradi.
Unumdorlik – bu tuproqning muayyan o’simliklarni oziqa elementlari, suvga bo’lgan talabini, ularning ildiz sistemalarini havo va issiqlik bilan ta’minlay olish qobiliyatidir. Oziqa moddalar, suv, havo, issiqlik – tuproq unumdorligining eng asosiy tarkibiy qismidir. Bunda quyidagilarni ta’kidlash zarur. Tuproq oziqasi deganda o’simliklarni mineral shakldagi N, P, K, Ca, Mg, S va amalda tabiatda uchraydigan boshqa barcha kimyoviy elementlar bilan ta’minlash tushuniladi.
Tuproq, agarda unda o’simliklar sovuqdan va issiqdan zararlanmasa, ildiz sistemalari oziqa elementlarini, suvni talab qilingan miqdorda olaolsa, havodagi kislorodning yetishmasligini sezmasa, unumdor hisoblanadi. Unumdorlikni tashkil etadigan komponentlarning birortasining yetishmasligi yoki ortiq bo’lishi hosil olish imkoniyatini chegaralaydi va ko’p hollarda o’simliklarning nobud bo’lishiga olib keladi.
Ko’p qirrali unumdorlik tushunchasida uning harbir tarkibiy qismi muhim va almashtirib bo’lmaydigandir. Shuning uchun ham asosiysini izlash shart emas.
Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akad.V.R.Vilyams nomi bilan bog’liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R.Vilyams bo’yicha (1936) unumdorlik deganda tuproqning o’simliklarni suv va oziq elementlar bilan bir vaqtning o’zida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi. O’simliklar uchun zarur issiqlik va yorug’likni Vilyams kosmik omillar jumlasiga kiritadi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida, tuproqda kechadigan ko’plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog’liq. Unumdor tuproq o’simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olish, mo’tadil reaksiyaga ega bo’lishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur. Buning uchun tuproqning suv-fizik xossalari va rejimlari, oziq va tuz rejimlari, tuproqda kechadigan biokimyoviy, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari qulay bo’lishi kerak. Shular asosida hozir tuproq unumdorligi haqida quyidagi kengroq tushunchani berish mumkin bo’ladi.
Unumdorlik deb, tuproqning o’simliklarni normal o’sishi va rivojlanishi (hosil berishi) uchun zarur suv, oziq elementlar va shuningdek ularning ildiz sistemalarini yetarli miqdorda havo, issiqlik va qulay fizik kimyoviy muhit va boshqa barcha shart-sharoitlar bilan ta’min eta olish qobiliyatiga aytiladi.
Demak, tuproqning ishlab chiqarish qobiliyati, unda kechadigan ko’plab jarayonlar va hodisalarga bog’liq. O’simliklarning barcha o’sib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog’liq. Shuning uchun ham tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart-sharoitlariga bir vaqtning o’zida ta’sir eta bilish kerak. Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bo’lib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki o’stiriladigan ekinlar turiga ham bog’liq. Masalan, muayyan bir tuproq alohida o’simliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bo’ladi. Chunki har xil o’simliklarning tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bo’lgan talabi bir xil emas.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish