«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Nurash turlari: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurashlar



Download 18,39 Mb.
bet9/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Nurash turlari: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurashlar.
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3 xil: fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi.
Fizikaviy nurash. Bu jarayon natijasida yaxlit tog’ jinslari hamda minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’zgarmagan holda ular mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va maydalanadi. Fizikaviy nurash asosan havo haroratining keskin o’zgarishi natijasida vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham deyiladi.
Turli mineral tarkibli tog’ jinslari quyosh nuri issiqligi ta’sirida bir tekis qizimaydi. Chunki minerallarning issiqlik singdirishi, issiqlik o’tkazishi va tarqatishi, issiqlik sig’imi singari xususiyatlari har xil bo’ladi.
Polimineral tog’ jinsi - granit, monomineral tog’ jinsi marmarga nisbatan tezroq parchalanadi va maydalanadi, chunki granitdagi minerallarning issiqlik ta’siridagi hajmiy kengayish koeffisiyenti turlicha. Masalan, granitni tashkil etadigan kvarsning hajmiy kengayish koeffisiyenti (0,000310) ortoklazdan (0,000170) 2 barobar, rogovaya obmankaning (magniy kalsiy silikat) (0,000280) hajmi esa ortoklazga nisbatan 1/3 barobar ko’proq kengayadi. Natijada granit tarkibidagi minerallar issiqlik va sovuqlik ta’sirida bir-biridan tezroq ajralib yaxlit va zich holdagi qatlam yuzasi yorila boshlaydi.
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi ancha tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq va hajmi uncha o’zgarmagan qismidan ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’ jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi. Bu xildagi hodisalarning ko’p marta takrorlanishi sababli tog’ jinslari va ularning tarkibidagi minerallar orasida yorilish tezlashadi va kuchayib boradi. Natijada qattiq, zich va yaxlit holatdagi jinslar parchalanib maydalanadi va uvalanadi. Odatda tez qiziydigan qora rangli tog’ jinslarda och tusli jinslarga nisbatan fizikaviy nurash tezroq boshlanadi. Tog’ jinslarining fizikaviy nurashi iqlim sharoitiga ko’ra o’zgarib turadi. Issiq va sovuk keskin uzgarib turadigan kontinental iklimli zonalarda fizikaviy nurash boshqa joylarga nisbatan tezroq va kuchliroq bo’ladi. Masalan, Qizilkum, Qorakum singari issiq iqlimli sahrolarda tog’ jinslarining yuzasi kunduzi 60-800 gacha qiziydi, kechasi esa temperatura keskin pasayib 10-150, ba’zan 00 darajaga tushib qoladi.
Yomg’ir hamda qor suvlari tog’ jinslari va minerallarda hosil bo’lgan har xil kenglikdagi yoriqlarga sizib kirayotganda darzlar ichida kuchli kapillyar bosim (kengligi 1 mm bo’lgan darzlarda kapillyar bosim kuchi 1500 kg/sm2 ga yetadi) vujudga kelib, nurash jarayonini tezlashtiradi. Qish davrlarida yoriqlar orasidagi suvlar temperaturasi 00 dan pasayganda muzlab, hajmi 1/10 marta kattalashadi va darzlar orasida juda kuchli bosim (890 kg/sm2) yuzaga kelib nurashni yanada kuchaytiradi.
Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning o’sha joyda kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda erigan angidrid (CaS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga (CaS04 · 2H2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni kuchaytiradi.
Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angidridi (CO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash deyiladi. Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz (K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (CaS04) singari birlamchi minerallar parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (H4Al2Si2O9), limonit (2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi. Kimyoviy nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va oksidlanish reaksiyalari muhim rol o’ynaydi.
Galit (Na Cl), gips (CaS04 · 2H2O) va kalsit (CaCO3) kabi minerallar suvda ancha yaxshi eriydi. Tarkibida karbonat angidridi (CO2) hamda har xil tuzlar, ayniqsa xloridlar (Na Cl, MgCl2) ko’p bo’lgan suvda va issiq haroratli sharoitda erish jarayoni kuchli o’tadi, chunki tarkibida karbonat angidridi bo’lgan suvda quyidagi reaksiya asosida CaCO3 tez eriydigan bikarbonatga o’tadi: CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2. Magmatik tog’ jinslari tarkibidagi minerallarning kimyoviy nurashida, ayniqsa gidroliz katta rol o’ynaydi. Gidroliz reaksiyasi vaqtida ishqoriy xarakterdagi minerallarning kationi dissosiasiyalangan suv ionlari bilan birikib yangi minerallar yuzaga keladi. Masalan, ortoklaz minerali gidroliz natijasida quyidagicha o’zgaradi:
K2Al2Si6O16+2H2O=H2Al2Si6O16+2KOH.
Bu reaksiya tufayli hosil bo’lgan KOH eritmaning ishqoriy bo’lishiga sabab bo’ladi. Ishqorlar ta’sirida alyumo-kremniy kislotasining kristallar to’ri yemirilib, natijada kaolinit hamda kremnezem paydo bo’ladi:
H2Al2Si6O16 + nH2O = H2Al2Si2O8 · nH2O + 4SiO2 · nH2O.
KOH esa karbonat angidridi (CO2) ta’sirida quyidagi tenglama bo’yicha potashga aylanadi:
2KOH+CO2=K2CO3+H2O.
Gidratlanish jarayonida minerallar suv zarralari bilan birikib, yangi mineralga aylanadi hamda kimyoviy nurashda gidratlanish yuzaga keladi. Ana shunday gidratlanish tufayli gematit minerali limonitga, angidrid esa gipsga aylanadi:
2Fe2O3+3H2O=2Fe2O3·3H20
(gematit) (limonit)
CaS04 + 2H2O = CaSO4· 2H2O
(angidrid) (gips)
Gidratasiya natijasida modda bo’shashadi va uning hajmi kengayadi. Bir qancha ayniqsa, tarkibida temir ko’p bo’lgan siderit, pirit singari minerallarning kimyoviy nurashida atmosfera kislorodi ta’sirida sodir bo’ladigan oksidlanish jarayoni ham katta ahamiyatga ega, chunki oksidlanish reaksiyasi natijasida ham bir mineral boshqa mineralga, chunonchi, siderit limonitga aylanadi:
4FeCO3 + 3H2O+O2 = 2Fe2O3 · 3H2O + 4CO2
(ciderit) (limonit)
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari ko’payishiga sabab bo’ladi.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish