«tuproqshunoslik va agrokimyo»



Download 18,39 Mb.
bet7/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tog’ jinslari. Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir nechta mineral to’plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir. Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslariga bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va metaforfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi.
Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar, daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq qiladi. Vujudga kelishi jihatidan cho’kindi tog’ jinslari uch sinfga, ya’ni mexanikaviy, kimyoviy va organik sinf (cho’kindi)ga bo’linadi.
Mexanikaviy cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari kontinental iqlimli zonaga xos sharoitda, shuningdek ko’l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki tuz holida cho’kishi natijasida paydo bo’ladi. Kimyoviy cho’kindilar tarkibiga ko’ra kremniyli, karbonatli, temirli va tuzli gruppalarga bo’linadi.
Amorf holdagi kremnezemdan iborat bo’lgan kremniyli tuf (g’ovak va zich qovushmali tog’ jinsi bo’lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem bilan loyqa aralashmasidan iborat bo’lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari va temirli tuflar hamda ko’l va botqoqliklar tagida to’plangan marganes, temir oksidlari kimyoviy cho’kindilar hisoblanadi.
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips (CaSO4·2H2O) va karnallit (MgCl2 KCl 6H2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan ohaktosh (CaCO3) va dolomit (CaCO3, MgCO3) tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish