«tuproqshunoslik va agrokimyo»



Download 18,39 Mb.
bet10/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Biologik nurash. Tog’ jinslari va minerallar turli organizmlar (mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy o’zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday o’zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog’ jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, zamburug’ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1 g. tuproqda millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Mikroorganizmlar ta’sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. Shuningdek, zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
Tog’ jinslari va minerallarda paydo bo’lgan yoriqlar orasiga o’simlik ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek, qurt-qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar ham tog’ jinslari va minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’simlik va hayvonlarning ko’plab qoldiqlari yer yuzasida to’planadi - chiriydi, ulardan paydo bo’ladigan organik kislotalar ham tog’ jinslari va minerallarni kimyoviy ravishda o’zgartadi.
Hamma tog’ jinslari va minerallar nurash jarayonida bir xil va bir tekis parchalanmaydi. Ba’zi tog’ jinslari (kvarsit) va minerallar (kvars) nurash faktorlari ta’siriga juda chidamli bo’lsa, ayrimlari (cho’kindi tog’ jinslari va tog’ shpatlari) chidamsizligidan tezroq parchalanadi. Nurash faqat mexanikaviy parchalanish jarayonidan iborat bo’lmay, balki ayni paytda bu jarayon tufayli ikkilamchi minerallar shaklidagi yangi birikmalar ham paydo bo’ladi.
Tirik organizmlar ta’sirida qayta hosil bo’lgan moddalar o’simliklar tanasi tarkibiga o’tib o’zlashtiriladi yoki kamroq harakatchan formalarga aylanib, keyinchalik nurash qobig’i hamda tuproq hayotida katta rol o’ynovchi murakkab organik - mineral birikmalarni hosil qiladi.
O’simliklar nobud bo’lgandan so’ng ular o’zlashtirib olgan tog’ jinslarining yemirilish mahsulotlari mikroorganizmlar ta’sirida o’zgargan shakldagi yangi mineral hamda organik - mineral birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalarning bir qismi tuproqqa o’rnashib qoladi, bir qismi esa yuvilib ketishi natijasida moddalar almashinishining katta geologik davrasiga qo’shilib, tabiiy suvlar orqali dengiz hamda okeanlarga boradi.



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish