«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Tuproqshunoslik fani va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Download 18,39 Mb.
bet4/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tuproqshunoslik fani va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Tuproqshunoslik tabiat haqidagi fanlarga mansub, ya’ni tabiiy ilmiy fan. Tuproqshunoslik boshqa ilmiy fanlar singari alohida mustaqil tabiiy jismlarning hosilalarini o’rganadi va o’zining tabiiy tarixiy yoki qiyosiy-geografik usullariga ega. Buning mohiyati shundan iboratki, tuproqning tarkibi va xossalari tuproq paydo bo’lish jarayonlarini belgilovchi tabiiy sharoitlar bilan bevosita bog’liq holda o’rganiladi. Ammo tuproqshunoslik tabiiy-ilmiy fan sifatida tabiiy tarixiy (biologiya, geologiya, geografiya), fundamental (matematika, fizika, ximiya), har xil amaliy fanlar (dehqonchilik, o’simlikshunoslik, agrokimyo, o’rmonchilik, meliorasiya, yer tuzish, injenerlik qurilishi, qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, sog’liqni saqlash, atrof muhitdirni muxofaza qilish va x.k.) bilan bevosita bog’liq holda tuproqni turli nuqtai nazardan o’rganadi hamda bu fanlarning yutuqlari va usullaridan foydalanadi.
Tuproqshunoslik dehqonchilik va agrokimyo kabi qator muhim agronomik fanlardan biridir. Yerga ishlov berish, o’g’itlash va almashlab ekish sistemasini qo’llash, kimyoviy meliorasiyalash (ohaklash, gipslash), yerning sho’rlanishiga qarshi kurash tadbirlarini olib borishda tuproq xossalarini yaxshi bilish kerak. Demak har bir agronom va qishloq xo’jalik mutaxassisi uchun tuproq haqidagi bilim nihoyatda zarur. Shuning uchun ham bo’lsa kerak, uzoq yillar davomida tuproqshunoslik qishloq xo’jaligining tarmoq fani sifatida rivojlanib keldi va agronomiya tuproqshunosligi sohasiga alohida e’tibor berildi. Ammo tuproqshunoslik faniga bir tomonlanma qarash noto’g’ridir. XIX asrning ikkinchi yarmidayoq V.V. Dokuchayev va uning izdoshlari asosli ko’rsatganidek, tuproqshunoslikka botanika, zoologiya, minerologiya fanlari singari mustaqil tabiiy-tarixiy fan sifatida qarash zarurligi ko’pincha unitilib qo’yildi. Tuproqshunoslikning tabiiy fan sifatida rivojlantirish g’oyalari ko’plab e’tiborli olimlar, jumladan D. I. Mendeleyev, V.I. Vernadskiylar tomonidan ham ko’llab quvvatlangan edi. Ammo V.V. Dokuchayev, V. I. Vernadskiylar vafotidan keyin tuproqshunoslikning mustaqil tabiiy fan sifatidagi mavqyei inkor qilina boshlandi va ba’zan geologiyaga hamda dehqonchilik kimyosiga asossiz ravishda qo’shib yuborildi.
Hozirgi ekologik muammolarning nihoyatda jiddiylashuvi, bioqatlamdagi kechayotgan salbiy oqibatlar, o’simlik va hayvonot olami va umuman tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar tuproqshunoslik fani oldiga ham katta vazifalarni qo’ymoqda. Mashhur rus tuproqshunosi G.V.Dobrovolskiy ta’kidlaganidek, tuproqshunoslik fanini faqatgina qishloq xo’jaligi fanlari tarmog’i sifatidagina qarash bu tabiat va kishilik jamiyatida tuproqning nihoyatda ko’p qirrali ahamiyatini tushunmaslik va binobarin tuproq haqidagi fan rivojlanishi tarixini yaxshi bilmaslikdan boshqa narsa emas. Endilikda ilmiy-genetik tuproqshunoslikning fundamental fan sifatidagi mavqyeini yana tiklash zarur.
Tuproq o’zining kelib chiqish mohiyati bilan tabiatdagi murakkab biokos (organik va anorganik moddalardan iborat) jismdir. Shuning uchun ham tuproqshunoslik biologiya va geologiya fanlari orasidagi kompleks sintetik fan bo’lib, ko’plab yangi tabiiy fanlar (biogeokimyo, biogeosenologiya, geobotanika, umumiy landshaftshunoslik va landshaftlar geokimyosi, tuproq mikrobiologiyasi va tuproq zoologiyasi, gruntshunoslik, ekologiya va biosfera haqidagi ta’limot) ning shakllanishi va rivojlanishi tuproqshunoslik bilan bevosita bog’liq.
Tuproqshunoslik qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilik va meliorasiya uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Ammo qishloq xo’jaligi birinchi g’alda tuproqdan bevosita foydalanishga va uning unumdorligini takror ishlab chikarishga qaratilgan zonal agronomiyaga hamda tuproqlar geografiyasiga asoslangan. Insoniyat uchun zarur mahsulotlarning qariiyb hammasini bevosita qishloq xo’jaligida tuproqdan foydalanish natijasida olinadi. Lekin yer fondining faqat 10 – 11 foizigina dehqonchilikda foydalanilishini e’tiborga olsak, tuproqshunoslik nafaqat qishloq xo’jaligi uchun balki boshqa sohalarga ham zarurligi namoyon bo’ladi.
Bu fan o’rmon va suv xo’jaligi, o’tloqchilikda hamda yaylovlardan foydalanish, kommunal xo’jaligi, injenerlik va transport qurilishida, foydali qazilmalarni qidirib topishda, medisina va veterinariyada, tabiatni muxofaza qilishda, gidrometeorologiya, radiasion-ekologiya va umumiy ekologiya xizmati sohalarida nihoyatda zarur. Shuning uchun ham umumiy tuproqshunoslik fundamental tabiiy-tarixiy fan jumlasiga kiradi. Har qanday tabiiy fundamental fanning tarmoq tadbiqiy fanlardan farqi uning insonlar ishlab chiqarish faoliyati, jumladan, xalq xo’jaligining ko’plab sohalarida qo’llanilishidir. Tadbiqiy, tarmoq fanlar odatda xo’jalik faoliyatining muayyan bir sohasi uchun xizmat qiladi.
Shu bilan birga tuproqshunoslikning o’zi qator fan kompleksi hisoblanadi va o’zida quyidagi qismlarni biriktiradi: tuproq morfologiyasi (tuproqning tashqi tuzilishini o’rganadi), tuproq fizikasi (tuproqning fizik xossalarini o’rganadi), tuproq energetikasi (tuproqdagi energetik jarayonlarni o’rganadi), tuproq kimyosi (tuproqning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xossalarini o’rganadi), tuproq minerologiyasi (tuproqning minerologik tarkibini o’rganadi), tuproq biologiyasi (tuproq tirik organizmlari va biologik xossalarini o’rganadi), tuproq sistematikasi (tuproq nomlanishi (nomenklaturasi) va klassifikasiyasi sistemasini ishlab chiqadi), tuproq geografiyasi (tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi), tuproq ekologiyasi (tuproqni tirik organizmlar hayot kechiradigan muhit sifatida o’rganadi), tuproq bonitirovkasi (tuproq sifatini unumdorlik darajasi bo’yicha baholaydi), tuproq meliorasiyasi (tuproqning agronomik va boshqa xossalarini yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi), tuproqni muhofaza qilish (tuproqlaqni asrab – avaylash va ulardan samarali foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi) va boshqalar.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish