«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Strukturaning agronomik ahamiyati



Download 18,39 Mb.
bet14/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Strukturaning agronomik ahamiyati.
Ilgari aytilganidek, agronomik nuqtai nazardan tuproqning haydalma qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bo’lgan makroagregatlarning ahamiyati katta. Makroagregatlarga ajralib turadigan tuproqlarga s t r u k t u r a l i, 0,25 mm dan kichik mikroagregatlar ko’p bo’lgan tuproqlarga s t r u k t u r a s i z tuproqlar deyiladi. Kesakli struktura ham strukturasiz tuproqlar jumlasiga kiradi.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan o’zining g’ovak qovushmasi, kam zichligi va yuqori g’ovakligi hamda kovakliklarning sifat ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.
Strukturasiz tuproqlarda nozik ingichka kapillyarlar ko’p bo’lib, strukturali tuproqlarning makroagregatlari orasida va ular ichida yirik bo’shliqlar serob. Struktura holatiga ko’ra tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi keskin farq qiladi. Suv ko’taruvchanligining tezligi va balandligi strukturasiz tuproqlarda yuqori bo’lganidan, nam tez bug’lanib ketadi. Strukturali tuproqlarda esa aksincha nam uzoq saqlanadi. Tuproq strukturasi havo almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi. Mikroagregatlar (<0,25) da (hatto ular quruq xolida ham) havo almashinuvi yomon bo’ladi. Makrostrukturalarda esa, yuqori namlikda ham havo almashinuvi yaxshi bo’lib turadi. Strukturasiz tuproqlarda nam yetarli bo’lganda ham, o’simliklarning ildizi va aerob mikroorganizmlar erkin kislorod yetishmasligidan qiynaladi. Havo yetarli bo’lganda, aksincha foydali nam kamayadi. Strukturasiz tuproqlardan atmosfera yog’inlari sekin o’tadi. Bahorgi kuchli yomg’irlar yer yuzasidan oqib ketib, tuproqning eroziyalanishiga sabab bo’ladi.
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo o’rtasida qarama-qarshilik bo’lmaydi. O’simliklar uchun yetarli miqdorda nam bo’lganda, havo zahirasi ham yetarlidir. Bu tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi va o’simliklar uchun maqbul o’tadigan oziq elementlari to’planadi. Strukturali tuproqlarning g’ovak holda bo’lishi, urug’larning tez va sifatli unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga imkon beradi (18-rasm).

18-rasm. Strukturali tuproq
Strukturasiz tuproqlar nam bo’lganda tez ezgilanadi, quriganda zichlanib qatqaloq hosil qiladi (19-rasm).

19-rasm. Strukturasiz tuproqlar zich qatqaloq qatlami
Bu tuproqlarda urug’larning unib chiqishi va ildizlarning rivojlanishi yomonlashadi. Demak, strukturali tuproqlarda strukturasiz yerlarga nisbatan suv-havo, issiqlik va oziq rejimlari ancha qulay. Shuning uchun ham bu tuproqlar unumdor hisoblanadi. Har ikkala (strukturali va strukturasiz tuproqlar) sharoitida qullaniladigan, bir xildagi agrotexnik tadbirlar hamma vaqt strukturali yerlarda yaxshi samara beradi va hosil ham yuqori bo’ladi. Bunday yerlar ishlanganda kam kuch va energiya sarflanadi.


Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish