«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Mustaqil ishlash uchun savollar



Download 18,39 Mb.
bet34/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua


Mustaqil ishlash uchun savollar


  1. Tuproq unumdorligi deb nimaga aytiladi, Unumdor tuproqlarni ta’riflang?\

  2. Unumdorlikning elementlari va shart-sharoitlariga nimalar kiradi?

  3. Tuproq unumdorligi qanday kategoriya turlarga bo’linadi va ularni ta’riflang?

  4. Tuproq unumdorligining qayta yaratilishi nima va uning yo’nalishi qanday xillarga bo’linadi?

  5. Tuproqni madaniylashtirish deganda nimani tushunasiz va uning usullarini aytib bering?

  6. Tuproq unumdorligini limitlovchi omillarni ta’riflang?

  7. Tuproq xossalarini asosiy parametrlariga tuproqni qanday xususiyatlari kiradi?

  8. Unumdorlik modeli nima, qora va bo’z tuproqlar unumdorligining asosiy ko’rsatkichlarini ayting?

  9. Tuproq unumdorligining ekologik belgilarini aytib bering?

  10. Agrosenozlar mahsuldorligi tuproq unumdorligiga qanday ta’sir etadi?

  11. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirishning asosiy tadbirlarini ta’riflang?

TAYGA-O’RMON YOKI BOREAL ZONASINING TUPROQLARI.
Tayga – o’rmon zonasining nordon siallitli tuproqlari profilining differensiyalanishi granulometrik tarkibi va shuningdek, mineralogik va kimyoviy tarkibi, xossalari kompleksi bo’yicha turli xilda bo’lgan ikki qismga bo’linadi, ularning yuqori qismi ancha yengil, pastkisi esa ancha og’ir bo’lishining sababi pedogenez yoki litogenez natijalari bo’lishi mumkin, ya’ni tuproq paydo bo’lish jarayonida bir xildagi tuproq paydo qiluvchi jinslardan hosil bo’lgan bo’lishi yoki bo’lmasa ikki hadli jinslar ustida hosil bo’lib, ulardan meros o’tgan bo’lishi mumkin. Bunday tuproqlar turli tipdagi nurash po’stlog’i (siallitli, fersiallitli ferrallitli),turli muhit sharoitida (nordon, neytral, ishqorli reaksiyali), turli suv va temperatura rejimda subarktikadan tropiklargacha, namli o’rmonlardan sahrolargacha shakllanishi mumkin.
Ushbu mavzuda bunday tuproqlarning faqat bitta guruhi, ya’ni o’sha, nordon muhitda yuviladigan suv rejimi sharoitida siallitli yoki qayta yotqizilgan nurash po’stlog’ida shakllangan tuproqlarni ko’rib chiqamiz. Bunday tuproqlarning asosiy xususiyatlaridan biri elyuvial-illyuvial tabaqalashgan profilga egaligidir.
Elyuvial-illyuvial-tabaqalashgan profil deb pastga sizib o’tayotgan suv oqimi bilan tuproqning yuqori gorizontlaridan qator moddalarning olib ketilishi (profilning elyuvial qismida elyuvial jarayon) va bu moddalar yoki ularning qandaydir qismini (yuqoridan olib ketiladigan moddalarning bir qismi tuproq profilidan va umuman ushbu lanshaftlardan olib ketilishi mumkin) tuproq profilining o’rta va pastki qismida to’planishi (profilning illyuvial qismida illyuvial jarayon) natijasida birlamchi tuproq paydo qiluvchi jinslarning differensiasiyalanishi (tabaqalanishi) tufayli pedogenezda shakllangan tuproq profili tushuniladi.
Ushbu ta’rifda albatta yuviladigan suv rejimi yoki hyech bo’lmaganda yarim yuviladigan rejimdagi elyuvial jarayonning turli mexanizmlari tushuniladi. Profilning ustki qismida turli ekologik vaziyatlar va turli fizik kimyoviy sharoitlarda quyidagi jarayonlar sodir bo’lishi mumkinligi faraz qilinadi:
- birlamchi va ikkilamchi minerallarning parchalanishi, parchalangan mahsulotlarning xaqiqiy yoki kolloidli eritma holida pastga olib ketilishi;
-mayda dispers zarrachalar (loyka, nozik va o’rta chang)ning loyqa (bo’tana, oqindi)lanishi va ularning parchalanmagan holda pastga olib ketilishi (lessivaj);
- yirik zarrachalar ustidagi Al, Fe, Mn va boshqa oksidlardan iborat kolloidli pardaning yuvilishi va hosil bo’lgan birikmalarning pastga olib ketilishi (otbelivaniye).
Har qanday holda ham profilning elyuvial-illyuvialli differensiasiyalanishi oxir oqibatda granulometrik tarkibi bo’yicha uning differensiasiyalanishiga olib keladi. Elyuvial-illyuvialli-differensiasiya – bu har doim teksturali – differensiasiyalashgan profildir.
Ellyuvial va illyuvial jarayonlarning turli xilliligiga ko’ra barcha nordon siallitli ellyuvial-illyuvial- tabaqalashgan tuproqlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  1. Podzollar

  2. Podzolli tuproqlar

  3. Loyqasizlangan tuproqlar

  4. Gleyli podzollashgan

  5. Gleyli loyqasizlangan tuproqlar

  6. Oqartirilgan (otbelennыye - yirik zarrachalar ustidagi turli oksidlardan iborat pardaning yuvilishi tufayli oqargan).

  7. Sur o’rmon tuproqlar va x.z



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish