«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Tuproq xossalarining optimal parametrlari va unumdorlik modellari



Download 18,39 Mb.
bet30/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tuproq xossalarining optimal parametrlari va unumdorlik modellari.
Yo’naltirilgan holda madaniy tuproqlarning yaratilish jarayonlari o’z navbatida tuproq unumdorligining muayyan darajasi (modeli) ni yuzaga keltirish imkonini beradi. T u p r o q u n u m d o r l i g i m o d ye l i deganda ekinlardan ma’lum darajadagi hosilni olish uchun shart-sharoitlarga javob beradigan va agronomik nuqtai-nazardan ahamiyatga ega bo’lgan tuproq xossalari yig’indisi tushuniladi. Har bir tuproq tipi uchun unumdorlik darajasini ko’rsatuvchi muayyan, o’ziga xos bo’lgan xossalar ko’rsatkichi mavjuddir. Tuproq xossalarining optimal parametrlari asosida unumdorlik modellari tuziladi. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, qora tuproqlar bilan bo’z tuproqlarning unumdorligini belgilovchi xossalarning ko’rsatkichlari miqdori bir-biridan keskin farq qiladi (41-jadval).
Demak, qora tuproqlar va bo’z tuproqlar moddiy tarkibi jihatdan keskin farq qilsa-da, ammo ana shu tuproqlar uchun aniqlangan va belgilangan xossalarning maqbul parametrlari konkret tuproqlar sharoitida yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
Unumdorlik modelini tuzishda tuproqning e’tiborga olinadigan kimyoviy, fizikaviy xossalari va rejimlarining umumiy ko’rsatkichlari quyidagilar: 1) gumus miqdori, tarkibi va uning zahirasi va gumusli qatlam qalinligi; 2) o’simliklarga tez va oson o’zlashuvchi oziq moddalar miqdori; 3) fizik xossalarining optimal ko’rsatkichlari: zichligi, struktura agregatlari miqdori, dala nam sig’imi, suv o’tkzazuvchanligi, aerasiyasi; 4) tuproq profili tuzilishini xarakterlovchi ko’rsatkichlar: haydalma jumladan gumusli qatlam qalinligi; 5) fizik-kimyoviy xossalarning ko’rsatkichlari: tuproq reaksiyasi, singdirish sig’imi, almashinuvchi kationlar tarkibi va asoslar bilan to’yinish darajasi singarilar hisoblanadi.
41-jadval
Qora tuproqlar va bo’z tuproqlar unumdorligining asosiy ko’rsatkichlari (I.S.Rabochev, I.E. Koroleva, 1983).




Qora tuproq

Bo’z tuproq

Unumdorlik darajasi

o’rtacha

yuqori

o’rtacha

yuqori

Agrofizikaviy
Haydalma qatlam chuqurligi, (sm)
Tuproq zichligi, (gr/sm3)
Umumiy g’ovaklik, (foiz)
Dala nam sig’imi, (foiz)
>0.25 mm suvga chidamli agregatlar (%)

30
1.2


55
27
50

35
1.1


59
29
60

30
1.5


43
24
20

35
1.3


51
26
25

Agrokimyoviy
Gumus, %
------------
t/ga
Umumiy azot, %
--------------
t/ga
Harakatchan fosfor, 100 gr tuproqda, mg Almashinuvchan kaliy,100 gr tuproqda, mg
Nitrifikasiya qobiliyati, 100 gr tuproqda, mg
pH
Singdirilgan asoslar yig’indisi, 100 gr tuproqda, mg-ekv
Gidrolitik kislotali, 100 gr tuproqda, mg



5 – 7
180-280


0,31
9,0-12,0


12
20
5 – 7
7,0

30


2,5 – 1,5

16
35
5 – 7
40

1,1
50


0,09
4,0

20
350


8,0
7,3

30


-

1,3
59


0,14
6,3

36
400


8,0

40


-

Hosil (s/ga)
Kuzgi bug’doy
Arpa
Kartoshka
Paxta

35 – 40


-
-
-

55–60
-


-
-

35
30


100
30

50
40


120
45

Tuproqlarning ko’pchilik maqbul ko’rsatkichlari, uning fundamental xossalari (mexanik tarkibi va gumusli holati) bilan bevosita bog’liq. Mexanik tarkibi va gumus miqdori tuproqning barcha muhim agronomik xossalari va rejimiga ta’sir etadi.
O’simliklarning barcha hayotiy omillari teng ahamiyatga ega bo’lib, ularning birortasini boshqasi bilan almashtirib bo’lmaydi. Tuproq unumdorligini oshirish hamda ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish uchun o’simliklarning barcha hayotiy va o’sish omillariga bir vaqtning o’zida, teng ta’sir etish zarur.
Lekin bunda yo’naltiruvchi asosiy omil (yoki omillar gruppasi) ni aniqlay bilish juda muhim. Chunki ana shu omilga ta’sir etish yo’li bilan, boshqa faktorlar samaradorligini yuqori darajada oshirib borish mumkin. Masalan, qurg’oqchilik zonalarida yo’naltiruvchi omil o’simliklarni zarur miqdordagi suv bilan ta’minlashdir. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan zonalarda yerlarni sug’orish muhim tadbir bo’lib, bunda tuproqning qayta sho’rlanishi va botqoqlanishining oldini olishga alohida e’tibor berish lozim. Demak, o’simliklar hosildorligini belgilovchi barcha hayotiy faktorlarga bir vaqtning o’zida ta’sir etish prinsiplarini amalga oshirish, turli zonalarda tuproq unumdorligini yaxshilashning tabaqalashtirilgan usullaridan foydalanish zarurlagini talab etadi. O’simliklarning hayotiy faktorlaridan birortasiga boshqasini o’zgartirilmagan holda ta’sir etish natijasida, uning samarasi pasayib boradi va ma’lum sharoitda ekinlar xosilining keskin kamayishiga olib keladi. Bunga misol qilib Gelrigelning o’simliklarga namlikning ta’sirini o’rganishga qaratilgan vegetativ tajribalari natijalarini ko’rsatish mumkin (42-jadval).
Hozirgi vaqtda tuproqning oziq, suv, issiqlik va tuz rejimi va tuproq reaksiyasini tartibga solishni ta’minlaydigan tuproq xossalariga ta’sir etishning kompleks usullari ishlab chiqilgan. V.R.Vilyams nemis olimi Volninning bahori javdar hosiliga suv, yorug’lik va o’g’it singari omillar ta’sirini o’rganishga doir materiallari asosida ana shu faktorlarni bir vaqtning o’zida ta’sir etganda hosilning uzluksiz oshib borishini tasvirlovchi alohida grafik bilan izohlab beradi (29-rasm).
42-jadval
Gelrigelning tajriba yakunlari

Ko’rsatkich

To’liq nam sig’imiga nisbatan tuproqdagi nam (foiz) miqdoriga ko’ra hosil

5

10

20

30

40

60

80

100

Hosil bir idishda, dg

1

63

146

190

217

227

197

0

Har 10 foiz namlikka to’g’ri keladigan qo’shimcha hosil




124

83

44

27

10

-15

-98


O’gitlangan 589

O’g’itsiz
208

O’g’itsiz
274

Namlik:
Yorug’lik:

Kuchsiz O’rtacha Kuchli

O’G’itlanmagan 409

O’gitlangan 589

O’gitlangan 223


29-rasm. Javdar hosiliga barcha faktorlarning ta’siri

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish