«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Tuproq unumdorligining ekologik belgilari



Download 18,39 Mb.
bet31/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tuproq unumdorligining ekologik belgilari.
Turli tuproqlar hamma o’simliklar uchun ham bir xilda unumdor bo’lavermaydi. Tuproq sharoitlariga: muhit reaksiyasi, fizik xossalari, granulometrik tarkibi va xatto organik moddalar va oziq elementlar boyligiga nisbatan, o’simlik organizmlarning biologik xususiyatlari turli tuman. Masalan choy va lyupin (bo’ri dukkagi) faqat nordon tuproqlarda o’sadi, beda uchun esa neytral va kuchsiz ishqorli tuproqlar qulay. G’o’za va g’alla ekinlari uchun organik moddalarga boy, og’ir, strukturali tuproqlar optimal hisoblanadi; Kartoshka, poliz ekinlari va gilos yengil tuproqlarda yaxshi o’sadi. Ekinbop nasha va sabzavot ekinlari juda boy, unumdor tuproqlarga talabchan.
Mahsulotlar sifatining keskin yomonlashuvi tufayli uzum va tamaki plantasiyalari oziqa elementlari va organik moddalarga boy tuproqlarda joylashtirilmaydi. Shuning uchun amaliyotda tuproqlar xar doim dala ekinlari uchun, bog’lar uchun, uzumzorlar uchun, kartoshka uchun, poliz ekinlari uchun, chay plantasiyalari uchun va x.z. uchun ko’proq qulayligi buyicha ajratiladi. Shunday qilib bir xil tuproqning o’zi bir turdagi o’simlik uchun unumdor hisoblansa, ikkinchisi uchun kam unumli bo’lishi mumkin.
Tuproq unumdorligining ushbu o’ziga xos xususiyatida samarali asos, ya’ni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini optimal ixtisoslashtirishga qaratilgan, tuproq sharoitlariga eng ko’p darajada javob beradigan, qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishning asosiy negizi mavjud. Tuproq qoplamini o’rganish, tuproqni rayonlashtirish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining turli yo’nalishlari uchun, turli madaniy o’simliklar uchun eng qulay tabiiy – tuproq sharoitga ega bo’lgan xududlarni ajratishga imkon yaratadi. Donchilik xo’jaligi, paxtachilik, uzumchilik, tamakichilik, mevachilik, sabzavot-polizchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish tuproq unumdorligining xususiyatlari bilan bog’liq.
Madaniy o’simliklarning ekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, unumdor tuproq quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak:
Xossalari bo’yicha ekiladigan ekinlar ekologik xususiyatlariga mos bo’lishi. Masalan, unumdor qora tuproqlar, qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproqlar – yaxshi bug’doy va paxta yerlari, yengil tuproqlarda kartoshka va poliz ekinlari, og’ir sohil tuproqlari – sholi uchun optimal, choy va lyupin faqat nordon tuproqlarda o’sadi, beda esa neytral va kuchsiz ishqoriy tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’simliklarni mineral moddalar bilan ta’minlashi. Ushbu moddalarning qulayligi va miqdori turli o’simliklar uchun birxil ahamiyatga ega emas. Sabzavotlar va ekinbop nasha organik moddalarga, va osono’zlashtiriladigan azot, fosfor va kaliyga boy tuproqlarni talab qiladi, yaxshi gumusli, strukturali tuproqlar paxta, g’alla ekinlari va kungaboqar uchun optimal hisoblanadi, shu bilan birga tuproqda chirindining ko’pligi uzum, tamaki, grechixa hosilining sifatini pasaytiradi.
Optimal va barqaror nam zapasiga ega bo’lishi. Bunda ham ekologik optimum katta turli – tumanlikka ega. Sholi suv bostirish yo’li bilan ekiladi, sabzavot ekinlari uchun yaxshi, ammo oshiqcha bo’lmagan namlik zarur, uzum va oq jo’xori esa, boshqa ko’pchilik o’simliklar qurg’oqchilikdan nobud bo’ladigan tuproq namligida ham normal o’saveradi.
Yetarli darajada g’ovak va kesakli – donador yoki yong’oqsimon strukturaga ega bo’lishi, qaysiki bu o’simliklar ildiz sistemasining erkin va chuqur rivojlanishini ta’minlaydi. Gilos, olma, nok faqat g’ovak tuproqlarda yaxshi hosil beradi, olxo’ri esa zich tuproqlarda normal hosil bermaydi, makkajo’xori, kungaboqar, beda zich tuproqlarni, aksincha yaxshilaydi, meliorasiyalaydi.
Optimal issiqlik sig’imiga va issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi, ya’ni tegishli o’simliklarning hayot faoliyatini yetarli darajada issiqlik bilan ta’minlay olishi kerak. Bunda ham ekologik turli-tumanlilik xarakterli hisoblanadi. Salqin sharoit kartoshka, bryukva, turnepslar uchun zarur, olma, nok, olxo’ri va uzum tropiklarning yuqori haroratiga bardosh beraolmaydi.



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish