Mavzu: Tuproq Bajardi: Boboqulov



Download 0,56 Mb.
Sana30.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#599473
Bog'liq
Mavzu Tuproq-WPS Office Boboqulov S

Mavzu: Tuproq

Bajardi: Boboqulov

Qabul qildi: Hakimov K

  • Tuproq — unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab ta-
  • biiy hosila. Odamlar qanday tuproqlar unumdor bo‘lishini
  • juda qadim zamonlardayoq bilishgan. Òuproqning hosil bo‘lishi
  • yer yuzida qattiq tog‘ jinslarining yemirilib (nurab), mayda-
  • lanishidan boshlangan. Tog‘ jinslari yemirilib, hosil bo‘lgan
  • mayda, g‘ovak tog‘ jinslari hali tuproq emas. Ular tuproqning
  • ona jinsi, tuproq hosil qiluvchi jinslar deyiladi. Bularga urug‘
  • sepsangiz ko‘karib chiqsa ham, lekin o‘smaydi, hosil ber-
  • maydi.
  • Ona jinslarga tirik va o‘lgan organizmlar tushib, tog‘
  • jinslari orasida chirisa, issiqlik, nam, havo va boshqalar ta’sir
  • ko‘rsatsa, ona jinslar o‘zgarib, asta-sekin tuproqqa aylanib bora-
  • di. Òuproqqa tushgan o‘simlik va jonivorlarning qoldiqlari
  • zamburug‘lar, bakteriyalar, ishqorlar ta’sirida parchalanadi va
  • yangi modda — chirindi (gumus)ga aylanadi.
  • Òuproqda yashaydigan chuvalchanglar, turli qurt-qumurs-
  • qalar, yer qaziydigan hayvonlar tuproqqa tushgan organik
  • modda va chirindilarni tuproq ona jinsi bilan aralashtiradi.
  • Mikroorganizmlar faoliyati va suvning erituvchanlik xususiyati
  • ta’sirida kimyoviy moddalar (azot, fosfor, temir, kaliy, kalsiy
  • va boshqalar) o‘simlik ildizlari so‘rib oladigan eritmalar hosil
  • qiladi. Shunday qilib, tuproq hosil bo‘lish jarayoni to‘xtovsiz
  • davom etadi.
  • Tuproqlar tarkibi, asosan, uch qismdan iborat: 1) tuproqning
  • ona jinsi — har bir joyda tarqalgan tog‘ jinslari; 2) tuproqning
  • organik moddalari — o‘simlik, hayvon qoldiqlari, mikroorga-
  • nizmlar, tuproq hasharotlari, chirindi; 3) tuproq eritmasi —
  • o‘simliklar uchun zarur moddalar erigan suv (eritma). Har
  • qanday tuproqning unumdorligi ana shularga bog‘liq. Òup-
  • roqlarning eng muhim xususiyati ularning unumdorligidir.
  • Tuproq qatlami shartli ravishda to‘rt qavatga ajratiladi (19-
  • rasm). Òuproq qatlamining qalinligi, qavatlarining holati ular-
  • ning turlariga bog‘liq.
  • Òuproqlarning hosil bo‘lish jarayoniga yana iqlim sharoiti
  • (issiqlik, namlik), relyef va tog‘ jinslarining xususiyatlari ham
  • katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham turli xil tog‘
  • jinslari ustida va har xil iqlim sharoitida turli xil tuproqlar
  • tarkib topadi. Tuproqlarning ona jinsi (noorganik tarkibi —
  • mayda tog‘ jinslari) katta-kichikligi turlicha bo‘lgan zarra-
  • lardan iborat bo‘ladi. Bularning hammasi birgalikda tuproq-
  • ning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘-
  • ra gilli tuproq, qumoq tuproq, qumli tuproq, shag‘alli,
  • chag‘ir toshli tuproqlarga bo‘linadi.
  • Tuproq tarkibidagi gil va chirindilar bir-biriga yopishib,
  • mayda kesakchalar hosil qiladi. Shunday kesakchalar bor
  • tuproqlar donador bo‘lib, unumdorligi oshadi. Kesakchasiz
  • tuproqlar mayda zarrali bo‘lib, havo va suvni yaxshi o‘tkaz-
  • maydi, chirindilarning minerallarga aylanishi qiyin bo‘ladi.
  • Tuproqlarga organik va mineral o‘g‘itlar solish, o‘z vaqtida
  • ishlov berish, sug‘orib turish bilan ularning unumdorligini
  • oshirish mumkin. Shunday yo‘llar bilan unumdorligi oshi-
  • rilgan tuproqlar madaniy tuproqlar deyiladi. O‘rta Osiyo voha-
  • larining tuproqlari asrlar davomida haydalib, turli o‘g‘itlar soli-
  • nib, sug‘orilib, vaqtida sho‘ri yuvilib, ishlov berilib, madaniy
  • tuproqlarga aylantirilgan. Lekin tuproqlar suv yuvib ketishi-
  • dan, shamol uchirishidan, sho‘r bosib ketishdan, ifloslanish-
  • dan saqlanmasa, ularning tarkibi buzilib, unumdorligi yo‘qoladi.
  • Òurli tabiat zonalarining o‘ziga xos iqlim sharoitida tarkib
  • topgan tuproqlar bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida arktika
  • tuproqlari, tundra tuproqlari, kulrang, sur, qora, kashtan, qo‘n-
  • g‘ir, bo‘z, sariq, jigarrang, qizil tuproqlar mavjud. Òog‘li o‘lka-
  • larda tekislikdan tog‘larga ko‘tarilgan sari, tabiiy sharoitning
  • o‘zgarishi bilan birga, tuproqlar ham o‘zgaradi.

E‘tiboringiz uchun rahmat


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish