Tuproqning mexanik tarkibi, fizik, kimyoviy, biologik xossalari



Download 188,5 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi188,5 Kb.
#355234
Bog'liq
Tuproq gigiyenas1i


Tuproq gigiyenasi

Reja:



  1. Tuproqning mexanik tarkibi, fizik, kimyoviy, biologik xossalari.

  2. Biogeoximiyaviy provinsiya tug’risida ta’limot. Tuproqni o’z - o’zidan tozalanishi va uning sanitariya gigiyenik ahamiyati.

Tayanch iboralar.

Tuproqning mexanik tarkibi, donadorligi, suv, havo, issiqlik utkazuvchanligi, suv sig’imi, gigroskopikligi, kapilyarligi, koli titri va koli indeksi, makro va mikroelementlari, enzootiya kasalliklari va x.k.

Tuproq tashqi muhitning eng asosiy elementi bo’lib, gigiyena tomondan ahamiyati katta. Chunki qishloq xo’jalik hayvonlari doimo tuproq bilan aloqada bo’lib, qaysikim ularning Sog’ligiga va mahsuldorligiga ta’sir etib boradi. O’sayotgan o’simliklarni turi, kimyoviy tarkibi va yer osti suvlarini sifati tuproqning tozaligiga va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Hayvonlar orasida ko’pgina kasalliklarni paydo bo’lishiga tuproq tarkibidagi mineral tuzlar va mikroelementlarni ko’p yoki yetishmasligi sabab bo’ladi. Tuproqni sifatiga, uning tarkibiga qarab tuproqda o’sadigan o’simliklarning kimyoviy tarkibi ham o’zgaradi. Uchraydigan ko’p kasalliklar tuproqda yetishmaydigan mineral tuzlarni oz bo’lishi yoki yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. (Sa, Mg, P, Na, K, Fe). Mikroelementlardan (I, Co, Cu, Mn, Zn) va boshqalar. Tuproq – tabiiy har xil chiqindilar va iflosliklarni yutuvchan bo’lib, mikroorganizmlarni manbai hisoblanadi. Tuproqqa jami chiqindilar tashlanishi tufayli xilma-xil mikrofloraning ko’payishiga sharoit tug’iladi. Bu esa har xil kasalliklarni ko’payishiga sababchidir. Tuproqning sanitariya - gigiyena holati chorvachilik fermalari uchun joy tanlash, ishlab chiqarish binolari qurish, yaylovlardan foydalanish, yem - hashak tayyorlash va boshqalarda katta ahamiyatga ega. Tuproqning mexanik tarkibi - fizik, kimyoviy va biologik xususiyatiga qarab gigiyena tomondan ahamiyati yuqori bo’ladi.

Tuproqning mexanik tarkibi deb qattiq jinslarning foizlarda bo’lishiga aytiladi. Tuproq donachalari har xil kattalikda bo’lib, u mexanik analiz tufayli aniqlanadi, yirik qum 0,5-3 mm, o’rtacha qum 0,3-0,5 mm, mayda qum 0,3 mm dan kichik va loyqa 0,01 mm dan kichik bo’lgan bo’lakchalar. Tuproqning mexanik tarkibiga qarab toshli, shag’alli, tog’ayli, qumli, 80% dan ortig’i qum va 10% dan 0,01 mmdan mayda bo’lgan bo’lakchalar, qumloq tuproqli 10-20% va 0,01 mm dan kichik bo’lakchalar, o’rtacha qumoq tuproq 30-45% va 0,01 dan kichik bo’lakchalar, yengil va o’rta loyqali 60-80% va 0,01 mm dan kichik bo’lakchalar, og’ir loyqali 80% dan ko’pi va 0,01 mm li bo’lakchalar, ohakli 20% dan ko’pi ohak, qora tuproqli 20% chirindi, torfli va boshqalar bo’ladi.

Tuproqning fizik xususiyatlariga uning g’ovvakligi, suv va havo o’tkazuvchanligi, tuproq suvi, issiqlik saqlash, yutuvchanlik va boshqalar kiradi. Qanchalik tuproq g’ovvak bo’lsa uni suv va havo o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi. G’ovvaklarni suv bo’lmagan joylarini havo egallaydi. Botqoqlik va organik chiqindilarga boy tuproqlarda esa g’ovvaklarda 10% gacha CO2, 1-20% gacha O2 78-80% N dan tashqari vodorod, metan, H2S, NN3, indol, skatol va boshqa gazlar ham uchraydi. Yer osti suvini ko’payishi yoki kamayishiga qarab bu gazlar atmosfera havosiga qo’shiladi, molxonalarga kirib, hayvonlarni so’ligi va mahsuldorligiga ta’sir etadi.

Tuproq suvining eng asosiysi yomg’ir - qor suvlari hisoblanadi. Yutuvchanlik xususiyati yuqori bo’lgani uchun havodagi namlikni ham shimadi. Tuproq suvida erigan har xil moddalar tuproq yuzasida o’sib turgan o’simliklar va tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar tomonidan yutiladi (biologik yutish xususiyati). Yoki erigan holdagi bir qancha birikmalar tuproq tarkibidagi birikmalar bilan reaksiyaga kirishib hosil bo’lgan mahsulotlar tuproqda ushlanib qoladi. Shuning uchun ham biz tuproq suvini gigiyenik tomondan o’rganganimizda, uning namligi, sig’imi, o’tkazuvchanligi, kapillyarligi, gigroskopligi (yutuvchanligi) bug’lanishi va boshqa xususiyatlariga ahamiyat beramiz.

Tuproqning namligi deb, undagi suv miqdoriga aytiladi. Mayda donachali, mayda teshikli tuproqda namlik yuqori bo’ladi. Tuproqning namligi, namlik sig’imi, gigroskopligi yog’in-sochin suvlariga bog’liq bo’ladi.



Namlik sig’imi deb, suvni ushlab qolish miqdoriga aytiladi. Mayda donachali, ko’p chirindili, kolloid bo’lakchali, nitratli, osh tuzli va ohakli tuproqlarda ko’p bo’ladi. Qumli tuproq 15-20%, qumoq tuproq 25-30 %, loyqa – 70 %, torfli – 100 % gacha ushlab qoladi. Suv o’tkazuvchanlik (filtrlash) – xususiyati, tuproq suvni yuqoridan pastga o’tkazadi. O’tkazuvchanlik xususiyatini gigiyena tomondan ahamiyati katta ya’ni u tuproqni suv - havo rejimini belgilaydi, bunda biologik jarayonlar kechadi.

Kapilyarligi (suv ko’tarish) - xususiyati. Bunda suv tuproqning nam qismidan quruq qismiga ko’tariladi. Ko’tarilishi mexanik tarkibiga bog’liq. Donachalar qancha kichik bo’lsa, ko’tarilishi shuncha yuqori bo’ladi. M: qumli tuproqlarda bir necha sm. bo’lsa, loyqa tuproqlarda esa 5-6 m gacha bo’lishi mumkin. Bu xususiyatni ahamiyati shundan iboratki, atmosfera suvlari kam bo’lganda yuqori qatlami namlik va to’yimli moddalar bilan ta’minlanadi. Ammo, molxonalarni zax bo’lishiga ham sabab bo’ladi.

Gigroskoplik (shimish, yutish) - xususiyati, ya’ni havodagi namlikni yutishdir. Bu havodagi namlikni ko’p-ozligiga bog’liq. Tuproqda har xil chirindilar, torf va ba’zi tuzlar ko’p bo’lsa bu xususiyati yuqori bo’ladi (Ca, K – tuzlar). Tuproq suvining bug’lanishi - gigroskopligini teskarisidir. Tuproq yuzasi katta, donachasiz zichlangan, xiraroq, erigan tuzlar kam va janubga qarab qiya bo’lsa bug’lanish ko’p bo’ladi. Quyoshning kuchli issiqligi, quruq havo, shamol ta’sirida tuproqni ustki qatlami quriydi va natijada mikrobiologik jarayonlar sekinlashadi. Tuproqni issiqlik saqlash xususiyati - Asosan quyosh energiyasiga, geografik joylashishiga, yilning fasliga, obi-havo va tuproqning tuzilishiga bog’liqdir, chirindiga boy va quruq tuproq tez isiydi (8-30 m chuqurlikda doimiy, keyin har 34 m da 1° ga ko’tariladi). Havoning harorati 0° bo’lsa tuproq muzlaydi (2 m gacha) tuproqni isishi tufayli mikrobiologik jarayonlar va organik moddalarni chirishi yaxshi boradi. Molxonalarni poydevorini tiklashda kanalizasiya va vodoprovodni o’tkazishda muzlash qalinligini hisobga olish zarur. Zax tuproqlarni muzlashidan poydevorlar va binolar yemiriladi, darz ketadi. Yutuvchanlik xususiyati deb - gazlarni suyuqliklarni, erigan moddalarni yutishi o’simlik va mikroorganizmlar uchun oziqa muhitni tuproq zarrachalarni o’shlab qolishiga aytiladi. (Ammo ko’p bo’lsa hammasini ushlab qola olmaydi-suvga o’tib ketadi). Chirigan moddalarni mikroorganizmlarni o’shlab qolishi gigiyena tomondan ahamiyati katta (mexanik, fizik, ximiyaviy va biologik xususiyatiga bog’liq).

Tuproqning kimyoviy tarkibi - Tuproq qattiq mineral, organik zarrachalar, tuproq eritmasi va havodan tashkil topgan. Mineral moddalar 90-99 %, organik esa 1-10 % gacha bo’ladi. Mineral qismida har xil ximiyaviy birikmalar bo’lib, eng ko’pi SiO2, alyuminiy, temir, kaliy, natriy oksidlaridir. Tuproqda karbonatlar ko’p bo’lsa, kalsiy va magniy oksidlari, sho’r tuproqlarda esa kaliy xlor va natriy xlorlar ko’p bo’ladi. Tuproq tarkibida minimal miqdorda mikroelementlardan kobalt, marganes, simob, bor, temir, ftor, brom va boshqalar bo’ladi. Tuproqning hosildorligi uning kimiyoviy tarkibiga bog’liq. U yoki bu mineral elementlar ko’p yoki oz bo’lishi o’simliklar orqali hayvonlarni Sog’ligiga va mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Mineral elementlarga kambag’al tuproqlarda o’simliklarni hosildorligi past bo’lib, to’yimli moddalar kam bo’ladi. Xatto shu zonadagi suvning tarkibiga ta’sir etadi.

Agar Sa va R tuzlari yetishmasa, o’simlikda ham yetishmaydi, oqibatda hayvonlar organizmida mineral moddalar almashish buziladi. Suyak kasalliklari ko’payadi, nasldorlik pasayib, mahsuldorlik kamayadi.

Natriy yetishmasa hayvonlarni ishtaxasi pasayadi, oqsil yig’ilishi kamayadi, markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, yurakni ish faoliyati buziladi va hakozo. Keyingi yillarda hosildorlikni oshirish maqsadida azotli ug’itlar ko’p ishlatiladi. Bu esa tuproq, suv, o’simliklarni tarkibida nitratlarni ko’payishiga sabab bo’lib, hayvonlarni zaharlaydi (har ga 150 kg bug’doy, javdar va boshqa o’simliklar tarkibida mumkin bo’lgan darajadan ortib ketadi).

Mikroelementlarni biologik rolini 1891 yil biogeoximiyaning ya’ni tuproqni ximiyaviy tarkibini bo’tun tirik organizm bilan bog’lanishini o’rganadigan fanning asoschisi akad. V.I.Vernadskiy o’rgangan va isbotlagan. Mikroelementlarni tuproq, suv va tirik organizmlar o’rtasida taqsimlanishini uni shogirdlari A.P. Vinogradov, Ya.V. Peyve, V.V.Kovalskiy va boshqalar o’rganganlar ya’ni biogeoximiyaviy provinsiyani ta’limotini yaratganlar. Biogeoximiyaviy provinsiya ma’lum viloyat tuprog’ida, o’simlik dunyosida, suv va hayvonlar organizmida u yoki bu elementlarni ko’p yoki oz bo’lishiga aytiladi. Bu ixtiro ko’pgina hayvon va odamlar kasalliklari tug’risida bilishga sharoit yaratdi. Bunday kasalliklarga Biogeoximiyaviy enzootiya kasalliklari deyiladi. Mamlakatimizda enzootik kasalliklar har xil joylarda uchraydi. Masalan: yod yetishmasligidan – buqoq (zob); kobolt yetishmasligidan akaboltoz (suxotka), mis yetishmasligidan akuproz (lizuxa) kasalliklari aniqlangan.

Kaspiy buyi, Dog’iston, Checheniston, Ingushetiya va boshqa rayonlarda mis yetishmasligi va qurg’oshin - molibden sulfatlarni ko’pligidan yosh hayvonlar va bug’oz qo’ylarda ataksiya kasalligi uchraydi.. Boshkirtistonda misni ko’pligidan (normadan 40 barobar ko’p) qon ishlab chiqarish buziladi, qonda eritrosit va gemoglabin kamayadi, jigar kattalashadi, juda oriqlaydi va halok bo’ladi.






Mavzu: Tuproq gigiyena

Bajardi: Obidjonov SH.

Tekshirdi: ___________


Toshkent - 2015
Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish