Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet11/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Mitoxondriylar. Eukariot o‘simlik organizmlarni energiyaga bo‘lgan talabini ular hujayrasidagi mitoxondriylar va xloroplastlar ta’minlaydi.
Mitoxondriylar tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko‘ra turlicha bulgan qo‘sh membranali po‘st bilan o‘ralgan. Mitoxondriylar hujayra ichidagi oksidlanish jarayonlarini amalga oshiradigan markaz hisoblanib, uch karbon kislota davrasi fermentlarini tutadigan nafas jarayonlarida ishtirok etadi. Energiyaga boy adenozin uch fosfat molekulalari mitoxondriylardan chiqqach, hujayra metabolizmidagi turli jarayonlarda foydalaniladi.
Mitoxondriylarning o‘lchamlari, shakli va ularning soni turli suvo‘tlarda turlichadir. Mayda mitoxondriylar odatda, yumaloq shaklda, o‘lchamlari 0,3- 1 mkm keladi. Ipsimon tuzilishli mitoxon-driylarni uzunligi 2 mkm va undan uzunroq eni 0,4 mkm bo‘ladi. Bazi suvo‘tlarining hujayralari yuksak o‘simliklardan farqlanib (masalan CHlorella fussa) bitta, ancha tarmoqlangan ko‘rinishdagi mitoxondriyga ega. U butunsitoplazma buylab yoyilib mitoxondriy retikulumini hosil qiladi. Bunday mitoxondriylarsitoplazmaning hamma qismlari bo‘ylab joylashadi. SHunga qaramaysito-plazmaning qaysi qismida energiyaga muhtojlik ko‘p bo‘lsa o‘sha erda mitaxondriylarning to‘planishi kuzatiladi.
Suvo‘tlari hujayralaridagi mitoxondriylarning tuzilishi va shakli ham yuksak o‘simliklarnikidan xilma xilroqdir. Ular yumaloq, cho‘ziq, ip, to‘r ko‘rinishida bo‘ladi. Bitta hujayraning turli davrlarida ularning shakli o‘zgarib turadi. Boshqa eukariot-lardagi kabi mitoxondriylar qo‘sh membrana bilan o‘ralgan. Ichki qavat buklamalarKrist hosil qiladi. Kristlar disksimon (evglena-larda), naysimon (dinofitalrda), yassi yaproq (yashil, qizil, dinofita suvo‘tlarida) bo‘ladi. Oddiysi disksimoni hisoblanadi. Mitoxon-driylar xilma xil tuzilishiga qaramay bir martagina hosil bo‘ladi.
Plastidlar. Suvo‘tlarni turli guruhlaridagi xloroplastlarni morfologik xususiyatlari turlicha bo‘lishiga qaramay ular fotosintezlovchi birlik bo‘lib, prokariot organizmlar va yuksak organizmlardagi kabi membrana bilan o‘ralgan yassi xaltacha holidagi tilakoidlar hisoblanadi. Ularda quyosh yorug‘ligi yorda-mida organik bo‘lmagan moddalardan organik modda hosil qilinadi va atmosferaga kislorod ajratiladi. Suvo‘tlaridagi xloroplast va mitoxondriylarda adenozin ikki fosfatdan adenozin uch fosfat hosil qilinadi. Barcha fotosintezlovchi o‘simliklarda, shu jumladan suvo‘tlarning talakoidlarida xlorofil - “a” bo‘ladi. Xlorofil – “b” suvo‘tlari orasida faqat yashil va evglena suvo‘tlari orasida topilgan. Xlorofil S1 va S2 qo‘ng‘ir, tillarang, diatom suvo‘tlarida, kripto-fitlarda faqat xlorofil S uchraydi. YAshil suvo‘tlari yuksak o‘sim-liklarga xos bo‘lgan karatinoidlarni ham tutadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari hujayralarida fukoksantining ko‘pligi ularni qo‘ng‘ir rangini belgilaydi. Qizil va kriptofit suvo‘tlari uchun fikobilinlar, qizil - fikoeritin va ko‘k-yashil- fikotsianin harakterlidir, fikobilinlar yorug‘likni tutish vazifasini bajaradi. Suvo‘tlarning ko‘pchiligi xloroplastlari qizil, kriptofit, hara va yashil suvo‘tlardan tashqari endoplazmatik retikulim bilan qamralgan.
Xloroplastlarning morfologik jihatdan turli tumanligi tilakoidlarning joylanishlariga bog‘liq. Eukariot suvo‘tlarining ko‘pchiligida (qizil suvo‘tlardan tashqari) tilakoidlar kriptofitlarda 2ta, dinofitalar, tillarang, sariq yashil, qo‘ng‘ir, diatom suvo‘tlarida 3ta, yashil va hara suvo‘tlarida esa 2-6ta tilakoidlardan iborat tutamlar holida joylashgan. Qizil suvo‘tlarida fotosintezlovchi tizim orasida fikobilisoma bo‘lgan bitta uzun tillakoid mavjud.
Suvo‘tlarning ko‘pchilik turlari, ayniqsa bir hujayralilarda bitta ancha katta xloroplast konussimon, yassi, yulduzsimon, spiral buralgan. Xloroplastlari ikkita bo‘lganlari ham uchraydi. Ko‘p hujayrali va hujayrasiz tuzilishli suvo‘tlarining ayrimlarida xloro-plastlar linzasimon ham bo‘ladi. SHuni alohida qayd qilish kerakki, tashqi muhit omillarining ta’siri – yorug‘likning tarkibi va ta’sir kuchi, harorat, oziqni tarkibi kabilar xloroplastlarga katta ta’sir qiladi.
Suvo‘tlarda xloroplastlar bilan uzviy bog‘liq holda pirenoidlar bo‘lib, tabiatiga ko‘ra oqsilli (asosan ribuloza difosfat, karboksilaza fermentlaridan iborat), o‘lchami 3-12 mkm keladigan, odatda ami-logen donachalari bilan o‘ralgan, ularni hosil bo‘lishida laminariya (qo‘ng‘ir suvo‘tlarida) paramilon, evglenalarda lipidlar ishtirok etadi. Suvo‘tlarining ko‘pchiligida pirenoidlar xloroplast ichida, boshqalarida uni tashqarisida joylashadi. Pirenoidlarning soni 1-10 tagacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Harakatlanadigan suvo‘tlarning xloroplastlarida yoki uning atrofida u bilan vazifasiga ko‘ra doimo aloqada bo‘ladigan foto-retseptorlik vazifasini bajaradigan – stigma yoki ko‘zcha bo‘ladi. U odatda yumaloq, tayoqcha, linza yoki trapetsiya shakliga ega. Uzoq vaqt qorong‘ida bulgan hujayrada stigma yo‘qolishi mumkin, uni yorug‘likka olib chiqilsa ma’lum vaqtdan keyin yana paydo bo‘ladi.
Xloroplastlarni ko‘k yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqanligini ularning bir qator xususiyatlari ko‘rsatadi;
1. Xloroplastlar va mitoxondriylarning membranalaridagi maxsus tuzilma fosfolipid-kardiolipin bakteriyalar membranalariga xos, eukariotlarning membranasida yo‘q.
2. Glaukotsisitlarning xloroplastini po‘stida peptidoglikan qavat mavjud.
3. Glaukotsistofitlar va qizil suvo‘tlarning fikobilin pigment-larida ko‘k-yashil suvo‘tlardagi kabi fikobilisomalarda tilakoidlarni yuzasida joylashgan.
4. Xloroplastlarning ribosomalari 70 s tipda bo‘ladi.
5.Xloroplastlarda oqsilning sintezlanishi levomitsitin antibiotigi ta’sirida to‘xtatib turiladi, u eukariotlardagi ribosomalarga ta’sir qilmaydi.
6. Xloroplastidagi DNK yopiq qo‘sh spiral molekulaga ega.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish