2.3. «Quyuv mexanika zavodi» sho’ba korxonasida xodimlarni boshqarish va rag’batlantirish holati tahlili.
Korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllaridan qatʼiy nazar korxonadagi mehnat jarayoni ishtirokchilari oʼrtasidagi munosabatlar 1996 yil amalga kiritilgan Oʼzbekiston Respublikasidagi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona mehnatga haq toʼlash shakllari, tizimlari va miqdorini, shuningdek boshqa qoʼshimcha haq va ustama haqlarni respublika qonun hujjatlari asosida mustaqil ravishda belgilaydi.
Ish haqi ishlab chiqarish chiqimlarining bir qismi sifatida mahsulot tannarxini shakllantirishga va pirovardida — korxona tomonidan foyda olinishiga taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun ish vaqtidan tashqari mehnatga xaq toʼlash va bir meʼyordagi ish sharoitlaridan boshqa chetga chiqishlar singari ish haqiga doir noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ularga yoʼl qoʼymaslikka eʼtibor berish muhimdir.
Аyrim korxona darajasida ishga haq toʼlash va ish beruvchi bilan xodim oʼrtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish korxonada qabul qilingan ichki meʼyoriy hujjat — jamoa shartaomalari asosida tartibga solinadi. Jamoa shartaomasi korxonada 2014 yil 26 martda qabul qiligan boʼlib 16 boʼlimdan iborat. Jamoa shartaomasi ish buyuruvchi bilan kasaba uyushmasi oʼrtasida tuziladi, jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar oʼrtasidagi mexnatga oid, ijtimoiy va iqtisodiy, kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy meʼyoriy xujjatdir. Jamoa shartnomasi predmeti mehnat va unga haq toʼlash shartlari, mehnat jamoasi aʼzolariga ijtimoiy, uy-joy, maishiy va tibbiy hizmat koʼrsatish, ish beruchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi. Korxona jamoa shartnomasini ishlab chiqgan. Maskur jamoa shartnoma oʼn olti boʼlimdan iborat, masalan 5-boʼlimi “Mehnatkashlarga tibbiy xizmat koʼrsatish va sogʼlomlashtirishni tashkil etish” deb nomlanib, unda xodimlarning temir yoʼl polinklinikasi va shifoxonalarida davolanishini maʼmuriyat kafolatlaydi. Kasaba uyushmasidan dam olish uylariga, yoʼllanmalar berishni oʼz zimmasiga olganligi va xokozolar bayon qilingan.
Korxona boʼyicha xar yilning boshida xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning roʼyxati boʼlib, ular maoshining miqdori koʼrsatiladi.
Xodimlarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining uni ishga qabul qilish toʼgʼrisida imzolagan buyrugʼi chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimlar boʼlimida har bir xodimga shaxsiy varaqcha (kartochka) toʼldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, bundan soʼng ishlab chiqarish va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qoʼyiladi.
Zavodda mehnatni tashkil etish va unga haq toʼlash tizimidan kelib chiqib, korxonada dastlabki hujjatlarning quyidagi shakllari qoʼllaniladi: ishbay ishlashga naryad; yoʼnalish varaqasi (xaritasi) ishlarni qabul qilish dalolatnomasi.
Naryadlar (topshiriqlar) jamgʼarma mahsulot tayyorlaydigan ishlab chiqarishlarda koʼllaniladi, brigada naryadlari mavjud. Jamgʼarish naryadlari esa oy oxirida yopiladi va turli xil ishlarni aks ettiradi.
Mahsulot sexlar boʼyicha navbatma-navbat ishlov berish yoʼli bilan tayyorlanadigan turkumli (seriyali) ishlab chiqarishlarda mahsulot ishlab chiqarilishini hisobga olish uchun yoʼnalish xaritalari qoʼllaniladi.
Tegishlicha rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar oy oxirida buxgalteriyaga toshpiriladi, buxgalteriya xodimlari ularni diqqat bilan tekshiradilar, soʼngra har bir xodimga tegishli boʼlgan ish haqini hisoblaydilar va maʼlumotlarni ishlov uchun kompьyuterga kiritadilar.
Hisoblab chiqarilgan ish haqi xodimning shaxsiy hisobvaragʼida koʼrsatiladi. Shaxsiy hisobvaraqasi korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga ochiladi, unda xodimning ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Mehnatga haq toʼlashning taʼrif tizimi
Ish haqi tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy elementlar:
- tarif stavkalari va setkalari;
- tarif koeffitsientlari;
- xodimlar malaka maʼlumotnomasi;
Tarif setkasi - razryadlar va ularga tegishli boʼlgan tarif koeffitsientlari koʼrsatiladigan xujjatdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 20 iyuldagi 280-son «Mehnatga haq toʼlashning Yagona tarif setkasini takomillashtirish toʼgʼrisida»gi qarorida tasdiqlangan Yagona tarif setkasi xodimlari mehnatiga haq toʼlash Tarmoq Yagona tarif setkasini ishlab chiqqan. Unda 6 ta tarif razryadi ishchilar uchun, maʼmuriy xodimlar uchun 1.2.3 toifalar va yetakchi mutaxassisliklar belgilangan.
Tarif stavkasi - ishchining razryadiga muvofiq unga maʼlum vaqg birligi davomida toʼlanadigan ish haqi hajmi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga koʼpaytirish yoʼli bilan aniqlanadi,
Ishchining ish haqi hajmi u bajarayotgan ish razryadiga qarab oshib boradi, chunki haq toʼlash har doim bajarilgan ish razryadi boʼyicha amalga oshiriladi. Oylik ish haqi xodimning turli malakali ishchilar guruhiga, ish darajasining murakkabligiga, javobgarligiga qarab belgilanadi. Ishning murakkablik darajasi koʼrsatkichi razryad hisoblanadi.
Xodimlarni mukofotlash. Mukofotlash tizimi xodimlarga topshiriqlar va shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, (ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish maqsadida oʼz asosiy ish haqlaridan tashqari qoʼshimcha pul summalari toʼlashni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda korxonalarga mukofotlash tizimini ishlab chiqish va qoʼllash sohasida toʼliq mustaqillik berilgan, u ishlab chiqarish faoliyatining barcha xususiyatlarini, korxonaning moliyaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga oladi. Mukofotlash tizimi va moddiy ragʼbatlantirishning boshqa shakllarini belgilash korxona rahbariyati tomonidan tegishli kasaba uyushmasi qoʼmitasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Korxonada ragʼbatlantirish tusidagi toʼlovlarga quyidagilar kiradi:
• bir yillik ish natijalari boʼyicha mukofotlash, bir marta beriladigan mukofotlar;
• qilingan ishni hisobga olish birlamchi hujjatlarida (tariflar, topshiriqlar, tabellar va hokazo) nazarda tutilgan ragʼbatlantirish tusidagi toʼlovlar;
• kasbiy mahorat, murabbiylik uchun tarif stavkalari va maoshlarga qoʼshimchalar;
• amaliyotda moddiy yordam deb nomlanuvchi taʼtilga har yilgi qoʼshimcha toʼlovlar.
Korxonada xodimlarni mukofotlashning umumiy tartibi (mukofotlashning holatlari, umumiy miqdori) maʼmuriyat va mehnat jamoasi oʼrtasida tuzilgan Jamoa shartnomasida belgilanadi. Bunda xodimlar tomonidan mukofotlash qoʼrsatkichlari bajarilgan taqdirda, ularni mukofotlashning aniq tartibi, miqdori va holatlari ichki hujjat hisoblanuvchi Mukofotlash toʼgʼrisidagi nizomda belgilanadi. Mukofotlash toʼgʼrisidagi nizom korxonada 2012 yil 22 fevralda tasdiqlangan boʼlib uchta boʼlimdan iborat. Nizomga koʼra temir yoʼl transporti korxonalarida 3 yil ish stajiga ega boʼlsa taʼtil 2 kunga koʼpayadi.
Korxonada ish va ogʼir, zararli, oʼta zararli mehnat sharoitlaridagi ishlar uchun ustamalar ishlar kanday sharoitlarda bajarilayotganliligiga bogʼliq. Korxonalarda kuyidagi mexnat sharoitlari mavjud:
1. Normal;
2. Ogʼir va zararli;
3. Oʼta ogʼir;
4. Oʼta zararli.
Korxona rahbarlariga kasaba uyushmalari yoki boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda ish joyidagi aniq mehnat sharoitlarini hisobga olgan tarzda qoʼshimcha toʼlovlar miqdorini belgilash huquqi berilgan. Zavodda qoʼshimcha toʼlovlar toʼlash uchun 4, 8, 12, 16, 20, 24 % qilib belgilangan. Qoʼshimcha toʼlovlarni zavod buxgalteriyasida hisoblash tartibi quyidagicha:
Korxonada 1-razryadli payvandchining 1 soatlik tarif stavkasi 2776 soʼm 42 t., payvandchiga zararli mehnat sharoitlaridagi ishlar uchun ustamalar ushbu ishchi uchun 12 % qilib belgilangan. Uning buxgalteriya hisobi quyidagicha:
2776,46 t. × 12 % = 333,17 t.
333,17 t. + 2776,46 t. = 3109,59 t.
Demak ishchining 1 soatlik tarif stavkasi 3109,59 t. tashkil etadi. Ishchining bir kunlik ish haqi 8 × 3109,59 t. = 24876,72t.
Ishchining bir oylik ish haqi 24876,72t. × 22 kun = 547288 soʼm.
Qoʼshimcha toʼlovlar va ularning miqdorini belgilash uchun avvalo aniq ish joylaridagi mehnat sharoitlarining bahosi zarur. Shu maqsadda korxonalar ish joylari aggestatsiyasi va zararlilik darajasi omillarining (gazlanganlik, xarorat tartibi, zararli moddalarning kontsentratsiyasi va boshqalar) asbobdagi oʼlchovlarini Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari boʼyicha ish joylarini attestatsiyalash uslubiyatiga binoan oʼtkazishlari lozim (OʼzR АV tomonqdan 1996 yil 28 mayda 247-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan).
Аttestatsiya davriyligi korxona tomonidan 5 yilda bir martadan kam boʼlmagan holda belgilanadi. Аttestatsiyani oʼz vaqtida va sifatli oʼtkazish uchun javobgarlik korxona rahbari (egasi)ga yuklanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun qoʼshimcha toʼlov. Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bulgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (OʼzR MKning 122-moddasi). Аgar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga toʼgʼri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Tungi vaqtdagi barcha ish korxonadagi birlamchi hujjatlarda rasmiylashtiriladi va tungi vaqtdaga ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq toʼlanadi (OʼzR MKning 158-moddasi). Yaʼni tungi vaqtdagi ish uchun qoʼshimcha haq miqdori soatbay stavkaning 50 foizidan kam boʼlmasliga kerak.
Tungi vaqtdagi ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabelda ruyxatdan utkaziladi yoki tungi vaktda ishlaganlik xakidagi raportda aks ettiriladi.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun qoʼshimcha toʼlovlar. Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Bunda ishlar, xodim oʼz asosiy ishini yoki oʼz vazifasi doirasidan tashqari ishni bajarganidan qatʼi nazar, ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun qoʼshimcha toʼlovlar. Mehnat qonun hujjatlarida istisno holatlarda xodimlarni dam olish kunlari (umumiy dam olish kuni yakshanba hisoblanadi) va bayram kunlari ishga jalb qilishga ruxsat etiladi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa kuni dam olish (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Bayram yoki boshqa dam olish kunidagi ish uchun boshqa kuni dam olish berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorida mehnat haqi toʼlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |