Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


-rasm. Toshkent quyuv mexanika zavodining boshqaruv tuzilmasi



Download 479 Kb.
bet14/24
Sana29.05.2022
Hajmi479 Kb.
#616212
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Diplom ishi D.A. Bozorboyev4 (2) (2)

2.1-rasm. Toshkent quyuv mexanika zavodining boshqaruv tuzilmasi
Sho’ba korxona o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasining qonunlariga asoslangan Nizom asosida xo’jalik hisobi va o’zini moliyalashtirish uslubida ish yuritadi. Shoba korxonasi temir yo’l transporti tashkiloti hisoblanib, AJ “O’zbekiston temir yo’llari” “O’ztemiryo’lmashta’mir” korxonasi tarkibiga kiradi. Korxona o’z ish rejalarini tuzilgan shartnomalar kelishilgan narx asosida, AJ “O’zbekiston temir yo’llari”, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi xamda boshqa buyurtmachilar buyurtmalarini hisobga olgan xolda mustaqil rejalashtiradi, ishlab chiqargan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotadi, uning narxini o’zi belgilaydi. Shoba korxona asosiy va aylanma mablag’larga ega. “Quyuv mexanika zavodi” shoba korxonasining asosiy maqsadlari quyidagicha:
- yuk va yo’lovchi tashish vagonlarini ta’mirlash va ularning yangisini yig’ish;
- temir yo’l transporti korxonalari uchun extiyot qismlarni ishlab chiqarish va sotish;
- korxona o’z ehtiyoji uchun yangi texnika, nostandart jixozlar va dastgoxlar ishlab chiqarish;
- yangi ishlab chiqarishlarni va qurilishlarni tashkil qilish;
- ishlab chiqarishni kengaytirish, uni qayta qurollantirish va ta’mirlash;
- korxona tashkilotlar, xamda qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli narxlar buyurtmasini bajaradi;
- ekskovator extiyot qismlari va dastgoxlarini ishlab chiqarish;
- suv taqsimoti dastgoxlarini ishlab chiqarish;
- metal konstruksiyalarini ishlab chiqarish;
- xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish va axoliga pullik xizmat ko’rsatish turlarini bajarish;
- uy joy, ijtimoiy obyektlar, binolar qurilishi va ularni ta’mirlash ishlarini bajarish.
Sho’ba korxonasi AJ “O’zbekiston temir yo’llari” tasarrufiga qaragan holda xarajatlarini o’zi moliyalashtirib, aylanma mablag’larini o’zi nazorat qiladi.

2.2. «Quyuv mexanika zavodi» sho’ba korxonasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tahlili.


“Quyuv-mexanika zavodi” sho’ba korxonasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Qonun osti qarorlari asosida dasturli va tizimli amalga oshiriladi.
Korxonaning iqtisodiy tahlilini bir necha yillar davomida amalga oshirgan ishlari orqali ko’rib chiqamiz.
2018 yilga mo’ljallangan ishlab chiqarish-iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish natijasida 2018 yilning 12 oyi davomida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning ijobiy dinamikasi saqlanib qolgan va keyingi hisobot davrida keyingi iqtisodiy o’sish uchun mustahkam poydevor yaratilgan.
2018 yilning 12 oyi davomida tovar mahsuloti hajmi:
- bozor narxlarida tijorat mahsulotlarining hajmi 174 mlrd. 236 million so’mni tashkil etgan, korxonaning o’sish sur’ati 2017 yilga nisbatan 175,7 foizni tashkil etdi. 2017 yilning 12 oyi davomida ushbu ko’rsatkich 99 milliard 159 million so’mni tashkil etgan.
- joriy narxlarda tijorat mahsulotlari hajmi 157 milliard 757 million so’mni tashkil etgan, shu jumladan boshqa tashkilotlar uchun 22 milliard 683 million so’mni tashkil etgan, bu umumiy hajmning 14 foizini tashkil etgan. 2017 yilning 12 oyi davomida ushbu ko’rsatkich 84 milliard 990 million so’mni tashkil etgan, shu jumladan boshqa tashkilotlar uchun 18 milliard 608 million so’mni tashkil etgan, bu umumiy summaning 22 foizini tashkil etgan.
Nomenklatura 2018 yilning 12 oyi uchun:
- Hammasi bo’lib 295 dona yuk vagonlarini qurish, shu jumladan 3 ta yopiq, 288 ta yarim ochiq vagonlar, 3 ta hopper-sement tashuvchi, 1 ta hopper-mineral o’g’it tashuvchi vagonlardir. 2017 yilda 99 ta vagonlar qurildi, shular jumlasidan 2 ta yopiq, 3 ta hopper-sement tashuvchi, 94 ta yarim ochiq vagonlardir.
- Yuk vagonlarini kapital ta’mirlash va yangilash, jami 551 dona, shu jumladan xizmat muddatini uzaytirgan holda 405 ta vagon ta’mir, 73 ta kapital-depo ta’mirlash, 3 ta boshqa turdagi vagonlarni ta’mirlash, 70 ta platformani ta’mirlash amalga oshirildi. 2017 yilda esa 580 dona vagon ta’mirlangan.
- Chugunli-quyma tayyor mahsulot 2,711 ming tonnani tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 128,1 foizini tashkil etgan.
- Po’latli-quyma tayyor mahsulot 3,498 ming tonnani tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 125 foizini tashkil etgan.
2018-yil 12 oy davomida tijorat mahsulotlarini sotish bo’yicha eksport hajmi 950 ming AQSh dollarini (7 825 million so’m) tashkil etgan, bu umumiy hajmning 0,6 foizini tashkil etadi. 2017 yilda ishlab chiqarish 214,8 ming AQSh dollarini (1 769 million so’m) tashkil etdi, bu umumiy hajmning 0,2 foizini tashkil etadi.
2018 yil uchun o’rtacha oylik ish haqi o’tgan yilga nisbatan 128,6 foizga o’sdi va 2 million 42 ming so’mni tashkil etdi, 2017 yilning shu davri uchun 1 million 587 ming so’mni tashkil etgan edi.
Mehnat unumdorligi bozor narxlarida 165,5 foizga o’sdi va 123 million 923 ming so’mni tashkil etdi, taqqoslash uchun 2017 yilda 74 million 893 ming so’mni tashkil etgan edi.
2018 yil uchun iste’mol mollari rejasi - 49 mln. 99 ming so’mni tashkil etib, amalda ishlab chiqarish - 51 mln. 21 ming so’mni tashkil etgan, 2017 yilda mahsulot ishlab chiqarish - 46 mln. 50 ming so’mni tashkil etgan, 2018 yil uchun iste’mol mollari rejasining 2017 yilga nisbatan o’sish sur’ati 110,1 foizni tashkil etdi.
2018 yil uchun aholiga pullik xizmatlar ko’rsatish rejasi - 35, mln. 80 ming so’mni tashkil etgan edi, amalda 1 097 million 630 ming so’mlik xizmatlar ko’rsatildi. 2017 yilda u 616 million 46 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, o’sish sur’ati 2017 yilga nisbatan 178,1 foizni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi PP-2298 "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risidagi" qaroriga asosan zavod mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo’yicha ishlarni davom ettirmoqda. 2018 yil 12 oy davomida dastur quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish