II-BOB. “QUYUV MEXANIKA ZAVODI” SHO’BA KORXONASI FAOLIYATIDA BOSHQARUV TUZILMASI VA RAG’BATLANTIRISH TIZIMI
2.1. «Quyuv mexanika zavodi» sho’ba korxonasining asosiy faoliyat tavsifi.
«Quyuv mexanika zavodi» sho’ba korxonasi o’z faoliyatini vagonlarni va yo’lning yuqori qismlarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishdan boshlagan.
2004-yildan boshlab zavod yarim vagonlar, mineral tashuvchi vagonlar va lokomotivlarni kapital, depo va joriy ta’mirlashni o’zlashtirdi.
2005-yilda zavod sement tashuvchi vagonlar, xopper vagonlar, yarim ochiq vagonlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilishni o’zlashtirdi va amalga oshirdi.
2006-yildan boshlab zavod xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta’mir, katta hajmli konteynerlarni tashish uchun platformalar, shuningdek, platformalarning xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta’mirlash dasturini o’zlashtirdi, 2006 yildan buyon yopiq vagonlarning xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta’mir turlarini o’zlashtirdi. Shuningdek shu davr mobaynida zavod, vagonlarga va yo’lning yuqori qatlami ta’miri uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bo’yicha assortimentini kengaytirdi.
Temir yo’llarni qurish uchun turli xil boltlar, shaybalar va temir yo’l transporti faoliyati uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar va qurilmalarni ishlab chiqarish o’zlashtirildi.
2007-yildan zavod yopiq vagonlarning xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta’mirlashni amalga oshirib, sementni tashish uchun modernizatsiya qilish, Shuningdek platformani kapital ta’mirlab sement tashish uchun modernizastiya qilish dasturini o’zlashtirdi
2007 yil oxirida yopiq yuk vagonlari va yarim ochiq vagonlari qurilishi o’zlashtirildi va ishga tushirildi. 2013-yilda 387 ta yopiq vagon va yarim ochiq vagonlar ishlab chiqarildi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda, zavod yangi vagonlarni ishlab chiqarish uchun nostandart uskunalar, konduktorlar va moslamalar, shuningdek, ehtiyot qismlarni sinash uchun sinov stendlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirdi.
2012-yilda yuk vagonlarini qurishning yangi modellari o’zlashtirildi:
11-9923 modelidagi yopiq vagonning sig’imini 158 m3 va 12-9922 modelidagi yarim vagon sig’imini 92 m3 ga oshirdi, bu esa yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Ushbu vagonlar uchun ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi va tegishli sertifikatlar olindi.
2016-2017 yillarda korxona tomonidan seriyali ishlab chiqarilgan mahsulotlar TR bojxona Ittifoqining texnik reglamentiga muvofiq sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan moslik sertifikatlarini oldi.
Korxonaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Yuk vagonlarini qurish va ta’mirlash sifatini oshirish, yuk vagonlaridan foydalanish kafolat muddatini ta’minlovchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
19-9600 modelli mineral o’g’itlarini tashuvchi Hopper vagonlarini seriyali ishlab chiqarishni o’zlashtirish;
19-9596 modelli sement tashuvchi Hopper vagonlarni qurish hajmini oshirish;
Vagonlarning yangi turlarini ta’mirlashni o’zlashtirish;
Yuk vagonlarini xizmat ko’rsatish muddatini 11 va 16 yilgacha uzaytirish bilan ta’mirlash xajmini oshirish;
Yopiq va yarim ochiq vagonlarni qurish hajmini oshirish;
Ehtiyot qismlar ishlab chiqarishning assortimentini kengaytirish;
Po’lat va cho’yan quyish sexi rekonstruksiyasidan keyin tormoz kolodkasi, friksion klin, ressor usti balkasi, yon ramalar, avtoulash korpusi, tormozlavchi bashmak va shu kabilarni ishlab chiqarish dasturini bajarish;
Mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish;
Moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash;
Korxonaning ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash;
Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ishlab chiqarish ekologiyasini yaxshilash;
Ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz va avariyasiz ishlarni ta’minlash;
Nomenklaturani kengaytirish bilan tayyor mahsulotni sotish hajmini oshirish;
Mahsulotlarni eksport qilish orqali savdo bozorini kengaytirish;
Harakat tarkibini va temir yo’lini ta’mirlashda foydalanish uchun uskunalarni loyihalash va ishlab chiqarish;
Harakat tarkibining tarkibiy qismlari va qismlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha loyiha-konstruktorlik faoliyati;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun texnik-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Vagonning detal va uzellarini sinovdan o’tkazish;
Qurilish obyektlarida metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;
Yuk ortish mashina va mexanizmlarini ishlab chiqarish;
Zavodning ishlab chiqarish tarkibi ko’p profilli sexlardan iborat, jumladan:
Yopiq va yarim ochiq vagonlarni qurish sexi;
Vagon yig’ish sexi;
Mexanik yig’uv sexi;
Quyuv sexi;
Temir presslash sexi;
Instrumentlar sexi;
Ta’mirlash-komplektlash sexi;
Vagon-g’ildirak sexi;
Mexanik-ta’mir sexi;
Yog’ochni qayta ishlash sexi;
Transport sexi;
Kompressor sexi;
Energiya kuchlanish sexi.
Toshkent quyuv mexanika zavodining boshqaruv tuzilmasi asosan quyidagi yo’nalishlardan iborat bo’lib, har bir boshqaruv personali ma’lum ishlab chiqarish faoliyati uchun javob beradi(2.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |