Ishdan maqsad: Trubalarni gidravlik hisoblash, ketma-ket va parallel ulangan quvurlarni o‘rganish. Ketma-ket ulangan quvurlar uchun oqim sarfi, o‘rtacha tezligini aniqlash, uzunlik va mahalliy qarshiliklar bo’yicha bosimni kamayishini aniqlash, bosim bilan ta’minlovchi rezervuarning balandligini aniqlash va bosim kamayish chiziqlarini chizish.
“Trubalarni gidravlik hisoblash”
Trubalarni geometrik o‘lchamlari (diametri, uzunligi)ni ma’lum sarfga hisoblash yoki berilgan bosimda o‘lchamlari berilgan trubalarning sarflarini
hisoblash trubalarni gidravlik hisoblash deyiladi.
Gidravlik hisoblash vaqtida trubalarning uzunligi yoki hisoblashning gidravlik shartlariga qarab, ikki turga bo‘linadi: uzun va qisqa trubalar.
Uncha uzun bo‘lmagan va mahalliy qarshiliklari sezilarli bo‘lib, umumiy qarshilikning kamida 5-10% ni tashkil etgan trubalar qisqa trubalar deb ataladi. Bularga misol qilib, nasoslarning so‘rish trubasini, benzobakdan karbyuratorga benzin o‘tkazuvchi trubani, abtotraktor va boshqa qurilmalar dvigatellarining moy o‘tkazuvchi trubalarini, gidrouzatmalardagi tutashtiruvchi trubalar va boshqalarni misol qilish mumkin. Ancha uzoq masofaga cho‘zilgan va gidravlik qarshiliklarda asosiy qismini ishqalanish qarshiligi tashkil qilgan trubalar uzun trubalar deb ataladi. Bunday trubalarda mahalliy qarshiliklar alohida hisoblanmaydi va ishqalanish qarshiligining 5-10% iga teng deb qabul qilinadi. Bularga vodoprovod trubalari, neft va gazlarni tarqatuvchi trubalar va boshqalar misol bo‘ladi.
Trubalar ishlash sxemasiga qarab ikki turga bo‘linadi: sodda trubalar va murakkab trubalarga bo‘linadi. Sodda trubalar hech qanday tarmoqlarga ega bo‘lmagan trubalardir.
Murakkab trubalar bir necha tarmoqlarga ega bo‘lgan trubalardir.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari
1. Trubalarni gidravlik hisoblash deb nimaga aytiladi?
2. Trubalar ulanishi bo‘yicha necha turga bo‘linadi?
6. Sodda trubalarni hisoblashning asosiy tenglamasini tushuntiring?
7. Sifon trubalar qanday trubalar?
Mavzu: Ketma-ket va parallel ulangan quvurlarda oqim tezligi, kinetik energiyasi, harakat tartibi aniqlash
Misol. Diametri va uzunligi har xil bo‘lgan , hamda ketma – ket ulangan 3 ta truboprovoddan suv oqizilmoqda. Quvurning uzunligi bo‘yicha yo‘qolgan energiyani hisoblang?
Talab qilinadi:
1. Suyuqlikning harakat tartibini aniqlash;
Qarshiliklar sohasini aniqlash;
Gidravlik yo‘qotish koeffitsenti;
Uzunlik bo‘yicha yo‘qolgan energiya (Darsi – Beysbax);
Bosim beruvchi rezervuar balandligini aniqlash;
Topilgan qiymatlar asosida pezometr va napor chiziqlarini qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |