GIDRAVLIKA Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini o‘rganuvchi va bu qonunlarni muxandislik amaliyotiga tadbiq etish bilan shug‘ullanuvchi fan gidravlika deb yuritiladi.
Gidravlika suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va uning harakat davomida o‘zgarib borishi qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyihalashga tadbiq etish bilan ham shug‘ullanadi.
Hozirgi zamon gidravlikasi nazariyani tajriba yo‘li bilan bog‘lab, nazariy tekshirishlarni tajribada sinash, tajriba natijalarini esa nazariy asosda umumlashtirish yo‘li bilan taraqqiy qilib boruvchi va o‘z tekshirishlarida gidromexanikaning usullari hamda yutuqlaridan foydalanib boruvchi fandir.
Fan ikki qismdan iborat: gidrostatika va gidrodinamika. Gidrostatika qismida suyuqliklarning tinch holatidagi qonunlari o‘rganiladi. Gidrodinamika qismida suyuqliklarning harakat paytidagi gidrodinamik elementlarining o‘zgarish qonunlari o‘rganiladi, bunda suyuqlikning har xil nuqtalarda V tezlik va bosimlarning vaqt o‘tish bilan, miqdorlari har xil bo‘ladi.
1-2- AMALIY MASHG‘ULOT (4soat) Mavzu: Gidrostatika. Tinch turgan suyuqliklardagi bosimning xossalarini o‘rganish Ishdan maqsad: Gidrostatika. Tinch turgan suyuqliklardagi bosimning xossalarini o‘rganish. Bosim o‘lchash asboblari, gidrostatikaning asosiy tenglamasi, Paskal qonunini o‘rganish, O‘tilgan mavzular yuzasidan misollar ishlash
Qisqacha nazariy ma’lumot Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini o‘rganuvchi va bu qonunlarni muxandislik amaliyotiga tadbiq etish bilan shug‘ullanuvchi fan gidravlika deb yuritiladi.