Masalalar
7.5. Po‘lat uzagining ko‘ndalang kesim yuzi S=10 sm2 bo‘lgan bir fazali transformatorning maksimal magnit induksiyasi Vm=12000 ts. O‘ramlar soni w1=1000 w2=100. Tarmoq tokining chastotasi f=50 gs. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarida magnit oqimi induksiyalagan EYUK miqdorlari va transformatorning transformasiya koeffisienti aniqlansin.
7.6. OM-5000/38,5 tipidagi transformatorning texnikaviy ma’lumotlari avvalgi masalada keltirilgan.
Quyidagilar aniqlansin:
1. Yuklamalar nominaliga nisbatan 125, 100, 75, 50 va 25 % ga teng bo‘lganda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish.
2. Usha yuklamalarda transformatorning FIK - η.
3. U2 va η larning yuklamaga bog‘lanishini ifodalovchi egri chizig‘i chizilsin.
7.7.Chulg‘amlarining ulanish sxemasi Y/Y bo‘lgan uch fazali transformator birlamchi chulg‘amining liniya kuchlanishi ikkilamchi chulg‘am liniya kuchlanishi UL1=380 v, ikkilamchi chulg‘am liniya kuchlanishi UL2=220 V
Transformator chulg‘amlarining ulanish sxemalari:
1. / 2. Y/ 3. /Y
bo‘lganda, ikkilamchi chulg‘amning liniya kuchlanishlari aniqlansin.
7.8. Uch fazali transformatorning quyidagi texnikaviy ma’lumotlari ma’lum: nominal to‘la quvvati SN=560kVa, birlamchi chulg‘amning nominal kuchlanishi U2N=0,525 kV, salt ishlagandagi quvvat isrofi P0=2,5 kVt, qisqa tutashuvdagi quvvat isrofi Pq=9,4 kVt. Qisqa tutashuv kuchlanishi Uq = 5,5% chulg‘amlarning ulanish guruhsi: Y/Y-12, cos=0,8
Quyidagilar aniqlansin:
1. Yuklamalar nominaliga nisbatan 120, 100,75,50, 25 % iga teng bo‘lganda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish:
U2=f () bog‘lanish chizilsin.
2. O‘sha yuklamalarda transformatorning f.i.k.;
η =f () bog‘lanishi chizilsin.
7.9. Texnikaviy ma’lumotlari 6.4-masalada keltirilgan uch fazali transformator sutkasiga o‘rta hisobda 16 soatdan to‘la yuklama bilan ishlaydi. Transformatorning yillik FIK aniqlansin (cosφ2 = 0,8 )
Eslatma. Po‘latdagi isrofgarchilikni butun yil davomida; misdagi isrofgarchilikni esa faqat yuklama bilan ishlagan vaqtdagisi hisobga olinsin.
7.10. Nominal quvvati 25kVA bo‘lgan bir fazali transformator 200V kuchlanishda aralash yuklamani ta’minlaydi. Yuklamaning aktiv qarshiligi 2Om, induktiv qarshiligi 1,5Om. Quvvat koeffisienti saqlanish sharti bilan transformatorga ulash mumkin bo‘lgan qo‘shimcha yuklamaning qarshiligini (aktiv va induktiv) toping. Ushbu transfortatorga ulash mumkin bo‘lgan qo‘shimcha yoritish yuklamasining qo‘vvatini aniqlang.
O‘zgarmas tok elektr mashinalari
Agar elektr mashina yakorining cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga mexanik (kollektor) yoki yarim o‘tkazgichli chastota o‘zgartirgichi orqali o‘langan bo‘lsa bunday elektr mashinasi o‘zgarmas tok mashinasi deyiladi. O‘zgarmas tok mashinalari quyidagicha klassifikasiyalanadi: a) vazifasiga ko‘ra generator yoki dvigatel b) o‘yg‘otish turiga ko‘ra (ya’ni o‘yg‘otish chulg‘ami yakor chulg‘amiga nisbatan qanday ulanganligi): mustaqil o‘yg‘otishli, parallel o‘yg‘otishli, ketma-ket o‘yg‘otishli, aralash uyg‘otishli (o‘zgarmas tok mashinasida bitta ketma-ket va bitta parallel o‘yg‘otish chulg‘ami mavjud) va doimiy magnitli bo‘lishi mumkin.
Nominal rejim- o‘zgarmas tok mashinasining ishlab chiqargan korxona tomonidan o‘rnatilgan ish rejimi. Nominal rejimga asosan quvvat, o‘zgarmas tok mashinasining bosh qismalaridagi kuchlanish, tok, aylanish chastotasi va mashinaning FIK kabi nominal kattaliklar zavod tomonidan mashinaga biriktirilgan pasportda keltiriladi.
O‘zgarmas tok mashinalarining generator va dvigatel rejimlarida ishlagan holatining asosiy formulalari quyidagilar.
Yakorning EYUK (Yakor chulg‘ami parallel tarmog‘i EYUK)
EYA= C0Ф (7.13)
bu yerda -o‘zgarmas kattalik, N –yakor chulg‘amidagi aktiv o‘tkazgichlar soni, p-asosiy qutblar jufti soni, -yakor chulg‘amidagi parallel tarmoqlar jufti soni, -yakorning aylanish burchak tezligi.
Qutblardagi magnit oqimi
Ф=Bo‘r l (7.14)
bu yerda Bo‘r-asosiy qutb orasidagi havo tirqishi magnit induksiyasining o‘rtacha qiymati, l- yakor uzagi hisobiy uzunligi, - qutblar bo‘linmasi (bitta qutbga tug‘ri keluvchi yakor aylanasi bo‘lagi)
Elektromagnit quvvati
PEM=EYAIYA=MEM (7.15)
Elektromagnit momenti
(7.16)
bu yerda IYA- yakor toki.
O‘zgarmas tok mashinasidagi quvvat isrofi
(7.17)
bu yerda -mexanik, magnit (yakor po‘lat uzagidagi) va elektr (yakor chulg‘amida) quvvat isroflari, bunda , bu yerda -yakor zanjiri ichki qarshiligi; -elektromagnitli uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinasini uyg‘otishdagi quvvat isrofi, bunda -o‘yg‘otish zanjiri dagi kuchlanish va tok, -ushbu zanjirning ekvivalent qarshiligi; -qo‘shimcha isroflar, -o‘zgarmas tok mashinasi nisbiy qiymati.
Foydali ish koeffisienti (FIK)
(7.18)
bu yerda P1-o‘zgarmas tok mashinasiga berilgan energiya quvvati, P2-o‘zgarmas tok mashinasi foydali quvvati.
Do'stlaringiz bilan baham: |