Masala yechish namunalari
7.1. Transformatorning birlamchi chulg‘ami kuchlanishi U1=230 V, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U2=5770 V. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amdagi uramlar sonini aniqlash uchun transformator uzagiga qo‘shimcha wq =20 uram chulg‘am uraldi. Salt ishlash rejimida qushimcha chulg‘amda Uq=140 V kuchlanish hosil bo‘ldi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amdagi uramlar soni, asosiy magnit oqimidagi amplituda qiymati aniqlansin. Tarmoq chastotasi 50 gs deb olinsin.
Yechish.
1. Salt ishlash rejimida Uq=Eq, U2=E2 , U1 E1
2. Bitta uramda induksiyalangan EYUK Eq1=Eq /wq=140/20=7 V
3. Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi uramlar soni
4. Asosiy magnit oqimining amplituda qiymati (7.2 ifodaga asosan)
7.2. Bir fazali transformator salt ishlash rejimida ishlamoqda. Tarmoq kuchlanishi U1=5000V, tok I0=2 A bo‘lganida quvvat isrofi P0=1400 Vt. Salt ishlash holatida quvvat koeffisienti, birlamchi zanjirning to‘la qarshiligi hamda uning aktiv va induktiv tashkil etuvchilari aniqlansin.
Yechish. 1. (7.8) ifodaga asosan quvvat koeffisienti
2. Birlamchi zanjirning to‘la, aktiv va induktiv qarshiliklari o‘rin almashtirish sxemasiga asosan (7.1 rasm)
7.3. OM-5000/38,5 tipidagi bir fazali transformatorning pasportida quyidagilar berilgan:
Nominal quvvati: SH=5000 kVa.
Yuqori kuchlanishi U1n=38,5 kV
Past kuchlanish U2n=11 kV
Salt ishlagandagi quvvat isrofi P0=14 kVt; qisqa tutashuvda esa Pk=45 kVt, qisqa tutashuv kuchlanishi Uk=8%, salt ishlash toki Io=4%.
Quyidagilar aniqlansin:
1. Transformasiya koeffisienti K.
2. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal toklari.
3. Agar cos2=0,8 bo‘lsa, nominal aktiv-induktiv yuklamada kuchlanish U ning foiz o‘zgarishi va FIK-
Yechish. 1. Transformasiya koeffisienti:
2. Birlamchi chulg‘amdagi nominal tok:
3. Ikkilamchi chulg‘amdagi nominal tok:
4. Kuchlanishning o‘zgarishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda - yuklama koeffisienti
Nominal rejimda bo‘ladi. Ua va Up qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari (foiz hisobida)
Foydali ish koeffisienti:
Nominal rejimda (=1)
7.4. Uch fazali transformatorning pasportida quyidagi mikdorlar ko‘rsatilgan:
Nominal quvvati Sn=100 kVA.
Yuqori kuchlanishi U1n=35 kV
Past kuchlanish U2n=0,525 kV
Qisqa tutashuvdagi quvvat isrofi Pk=2400 Vt
Salt ishlagandagi quvvat isrofi P0=900 Vt
Qisqa tutashuv kuchlanishi Uk=6,5%
Chulg‘amlarning ulanish sxemasi Y/ - 11
Quyidagilar aniqlansin:
1. Transformasiya koeffisienti K.
2. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi nominal toklar.
3. cos =0,8 nominal yuklamada kuchlanish U ning o‘zgarishi (foiz hisobida).
Yechish. 1. Yulduz sxemada ulanganda birlamchi chulg‘amning faza kuchlanishi
2. Uchburchak sxemada ulanganda ikkilamchi chulg‘amning faza kuchlanishi
U2f= U2N
3. Transformasiya koeffisienti
4. Birlamchi chulg‘amning liniya toki:
ikkilamchi chulg‘amning liniya toki
5. Uch fazali transformator kuchlanishining foiz o‘zgarishi xuddi bir fazali transformatorniki kabi taxminiy formula bilan aniqlanadi. Ammo bu yerda Sn uchala fazaning umumiy quvvati, Pq – uchala fazadagi umumiy quvvat isrofi
Do'stlaringiz bilan baham: |