Transaksion xarajatlar


Talab va taklifning bozordagi ahamiyati



Download 76,06 Kb.
bet4/24
Sana16.01.2022
Hajmi76,06 Kb.
#370977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
MIKRO YAKUNIY

19.Talab va taklifning bozordagi ahamiyati.Bozor mеxanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o’rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab bеradi. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o’rganish ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlanadi.Ma’lumki davlatning aralashuvisiz,talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o’rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o’rnatiladi.

106.Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko‘p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o‘rnini bosadigan tovar bo‘lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo‘lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo‘lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo‘lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi. I. Geografik joylashishiga qarab: mahalliy bozor – shahar yoki qishloqdagi bozorlar; milliy yoki ichki bozor – bu ma’lum bir davlatning bozori hisoblanadi; mintaqaviy bozor – bu har xil davlatlar bozori va uning birlashmalari hisoblanadi. II. Faoliyat ko’rsatish, darajasiga qarab: asosiy bozor – bunda ishlab chiqarilgan tovarlarning asosiy qismi sotiladi; qo’shimcha bozor – mahsulotlarning birqismi sotiladi; samarasiz bozor – vaqtinchalik faoliyat ko’rsatadi; salohiyatli bozor – ma’lum sharoitdagina rivojlana oladigan bozor; sust bozor – yashashi yoki yashamasligi noma’lum bozor. III. Mahsulotlarning sotilish turiga qarab: ulgurji bozor; chakana bozor. IV. Tovarlar bilan ta’minlash darajasiga qarab: muvozanatli bozor; muvozanatsiz bozor; taqchil bozor. V. Qonunga qarab: qonuniy bozor; xufiya bozor. VI. Raqobat kurashiga qarab: erkin raqobat bozori; monopolistik bozor; oligopolik bozori; sof monopolistik bozori. VII. Tarmoq turiga qarab: avtomobil bozori; kompyuter bozori; samolyot bozori va hokazo.

83/91.«Boy berilgan imkoniyat xarajati» deb biror xil resursdan foyda olish maqsadida foydalanib lekin qabul yo’li tanlanmaganligi uchun boy berilgan daromadga aytiladi. Masalan, bironta tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun yuz ming so’m xarajat qiladi. Yil oxirida shu faoliyat natijasida 110ming so’m daromad kildi, Ya’ni foyda 10 ming so’m buldi. Lekin bu tadbirkor kishi 100 ming so’m pulni jamgarma bankiga kuyganda 15% yiliga qo’shimcha berilsa 115 ming so’m daromad olish mumkin edi, Ya’ni foyda 15 ming so’mni tashkil etib boy berilgan imkoniyat xarajati 5 ming so’mni tashkil etadi. Mana shu kabi boy berilgan imkoniyatlar xarajati xar bir firma, korxona tadbirkor shaxs bilan yonma-yon turadi. Xar bir firma, tadbirkor shaxs biror xildagi ishlab chiqarish Yoki xizmat ko’rsatish faoliyatini olib borish kuzda to’tganida uning olidida mavjud resurslardan qaysi birini tanlash imkoniyati turadi, chunki bozorda turli xildagi resurslar bo’ladi, ularning bahosi turlicha.

81/88/89.O'RTACHA XARAJATLAR - ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan umumiy mahsulotning birligiga sarf etilgan xarajatlardir. O'ZGARUVCHAN XARAJATLAR - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdoriga bog'liq xarajatlar, xomashyo materiallari, ish haqiga va h.k. sarflangan xaraj atlardan tashkil topadi. DOIMIY XARAJATLAR (SARFLAR) - ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmagan ishlab chiqarish sarflari. Xizmat ko'rsatish va boshqaruv sarflari kiradi. Masalan: binolarni tiklab turish, ma’muriy apparatni saqlash, xizmat ko'rsatish uchun ketadigan xarajatlar. Doimiy xarajatlarga: ijara to'Iovi, qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O'zgaruvchan xarajatlarga xomashyo, yoqilg'i, energiya, ish haqiga qilingan sarfxarajatlar kiradi.

79/87. UMUMIY XARAJATLAR - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlari yig'indisi. Umumiy xarajatlar ikki qismdan iborat: umumiy doimiy xarajatlar (TFS); Umumiy o’zgaruvchan xarajatlar(TVS). Umumiy doimiy xarajatlar mahsulot hajmini ko’payishi Yoki kamayishiga qarab o’zgarmaydi. Xattoki korxona umuman mahsulot ishlab chiqarmagan takdirda ham ularning miqdori o’zgarmaydi. Bu turdagi xarajatlarga asosiy vositalarni sotib olish uchun olingan bank ssudalari foizi, amortizatsiya ajratmalari, sug’urta to’lovlari, ijara haqki va shu kabilar kiradi. Bu xarajatlar mahsulotlar hajmi ko’payishi, kamayishi Yoki umuman ishlab chiqarmasligidan kat’iy nazar to’lanishi lozim. Umumiy o’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmini o’zgarishi bilan o’zgarib turadi. agar firmaning mahsuloti ko’paysa buning uchun u qo’shimcha ish kuchi, xom-ashyo, elektr kuvvati, yonilgi-moylash materiallarini sarflashiga to’g’ri keladi.

77.Pirovard daromad — mahsulot hajmini bir birlikka o'sishi natijasida daromadning o'sishini pirovard daromad deb ataladi: MR=◇R(Q)/Q. Korxona foydasi — ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichidir. Korxonalar to‘g‘risidagi O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘rsatilishicha: Hamma turdagi korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy ko'rsatgich foyda (daromad)dir. Foyda (daromad) amartizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxona va tashkilotlar, fuqorolarning pay va o ‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir.

76.Resurslar taqsimoti. Mahsulot bahosi tayyor mahsulot va xizmatlarni xaridorlarga kelib tushushini boshqarganidek resurslar bahosi ham kam’yob bo'lgan resurslarni turli xil tarmoqlar va firmalar o'rtasida taqsimlanishiga olib keladi. Resurslarni joylashishida resurs bahosini ta’sir etish mexanizmini tushunish ayniqsa o'zgaruvchan iqtisodiyotimizda shunchalik muhimki, resurslarni ma’lum vaqtlarda taqsimlanishi ularni muqobil iste’molchilar o'rtasida uzluksiz harakatda bo'lishiga olib keladi. Umuman o.'ganda esa resurslar taqsimotini samarador bo'lishini bozor iqtisodiyoti hal qiladi (Bu uning afzalligidir). Resurslarni jamiyat uchun eng zarur bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlami bajarishga yo'naltiradi. Iqtisodiyot ixtiyorida turgan mavjud resurslar va bilimlar hisobiga har qanday ikki xil mahsulotni maksimal hajmda ishlab chiqarish mumkinligi — bu ishlab chiqarish imkoniyatidir.

73.KORXONANING OPTIMAL HAJMI - mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) bo'yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o'z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona hajmi.

72.Ishlab chiqarish omillari - mehnat, yer, mashina, asbob-anjomlar, binolar va xomashyolami mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarishdagi foydalanish xarajatlaridir. Tabiiy omil - Ishlab chiqarish jarayoni har doim u yoki bu darajada tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan. Keng manoda jamiyat va inson tabiatning ajralmas qismidir va tabiatdan tashqarida oz faoliyatini olib bora olmaydi. Tabiiy resurslar ishlab chiqarishning muqarrar sharti sifatida uning osishi uchun tabiiy negiz bolib xizmat qiladi. Mehnat omili - Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda insonning mehnat qilish qobiliyati, yani ishchi kuchi istemol qilinadi. Ishlab chiqarishning boshqa omillaridan farqli ravishda inson ishlab chiqarish jarayonida ongli ravishda, faollik va tashabbuskorlik bilan ishtirok etadi. Insonning zamonaviy iqtisodiyotdagi yaratuvchilik roli mehnat omili tushunchasi orqali ifoda etiladi.

66/69.IZOKVANTA - mahsulotni ishlab chiqarishda qo' llanishi mumkin bo' lgan barcha o'zgaruvchan resurslarning o'zaro birikish kombinatsiyalarini aks ettiruvchi egri chiziq. Foydalanish bir xil xarajatlarni talab etuvchi resurslarning barcha birikish kombinatsiyalarini ko'rsatuvchi egri chiziq. Izokvanta egri chiziq bo'lib, m a’lum hajmda mahsulol ishlab chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillamimii ma’lum nisbatda o'zaro bog'liqligini ko'rsatadi. Firmaning ishlab chiqarish funksiyasi turli darajada ishlab chiqarish hajmi bilan bog'liq bo'lgan bir guruh izokvantlar bilan berilishi mumkin.

62. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining kategoriyasidir, chunki bu bozor qonun-qoidalariga asoslangan faoliyat hisoblanadi. Buni umumiqtisodiy kategoriya bolgan tejamkorlik va ishbilarmonlikdan farqlantirish kerak. Bular azaldan bo‘lgan, ular cheklangan resurslardan yaxshi foy­ dalanib cheksiz ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Biroq bunga har xil vositalar bilan erishiladi. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan usuldir, chunki bu bozor qonun-qoidalariga asoslanadi, u yaratgan iqtisodiy vositalar yordamida amalga oshadi.

68.ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - xarajatlar (manbalar) ning o'zgaruvchan qiymatlarini ishlab chiqarish (mahsulot) qiymatlari bilan bog'laydigan iqtisodiy-matematik tenglama. Ishlab chiqarish funktsiyalari ma'lum bir vaqtning o'zida ishlab chiqarish omillariga turli xil kombinatsiyalarning ta'sirini tahlil qilish uchun (ishlab chiqarish funktsiyasining statik versiyasi) va iqtisodiyotning turli darajalarida turli vaqtlarda (ishlab chiqarish funktsiyasining dinamik versiyasi) omillar hajmi va ishlab chiqarish nisbatlarini tahlil qilish va bashorat qilish uchun ishlatiladi. firma (korxona) dan butun iqtisodiyotga (umumiy ishlab chiqarish funktsiyasi, bunda ishlab chiqarish umumiy ijtimoiy mahsulot ko'rsatkichi yoki milliy daromad va m., p.). Alohida kompaniya, korporatsiya va boshqalarda ishlab chiqarish funktsiyasi ishlatilgan ishlab chiqarish omillarining har bir kombinatsiyasi uchun ishlab chiqarishga qodir bo'lgan maksimal mahsulot hajmini tavsiflaydi. Bu turli darajadagi chiqish bilan bog'liq ko'plab izo-kvantlar bilan ifodalanishi mumkin.

65. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni yaratish. ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - xarajatlar (manbalar) ning o'zgaruvchan qiymatlarini ishlab chiqarish (mahsulot) qiymatlari bilan bog'laydigan iqtisodiy-matematik tenglama. Ishlab chiqarish funktsiyalari ma'lum bir vaqtning o'zida ishlab chiqarish omillariga turli xil kombinatsiyalarning ta'sirini tahlil qilish uchun (ishlab chiqarish funktsiyasining statik versiyasi) va iqtisodiyotning turli darajalarida turli vaqtlarda (ishlab chiqarish funktsiyasining dinamik versiyasi) omillar hajmi va ishlab chiqarish nisbatlarini tahlil qilish va bashorat qilish uchun ishlatiladi. firma (korxona) dan butun iqtisodiyotga (umumiy ishlab chiqarish funktsiyasi, bunda ishlab chiqarish umumiy ijtimoiy mahsulot ko'rsatkichi yoki milliy daromad va m., p.). Alohida kompaniya, korporatsiya va boshqalarda ishlab chiqarish funktsiyasi ishlatilgan ishlab chiqarish omillarining har bir kombinatsiyasi uchun ishlab chiqarishga qodir bo'lgan maksimal mahsulot hajmini tavsiflaydi. Bu turli darajadagi chiqish bilan bog'liq ko'plab izo-kvantlar bilan ifodalanishi mumkin.

64.XARAJATLAR - foydani ko'paytirish maqsadida xo'jalik faoliyatidan kelib chiqadigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarni o'z zimmasiga olish orqali ro'y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni yaratish. FOYDA - l) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat; 2) daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa, mablag', daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi uchun qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha pul, haq. Balansdagi foyda korxonaning mahsulot (xizmat)larini, ortiqcha asosiy fondlar va boshqa mulklami sotishdan olinadi. Sotishdan tashqari operatsiyalardan olingan daromadlar (zarardan tashqari) ham shu ko'rsatkich tarkibiga qo'shiladi.

63.Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi. Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir. Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar. Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalami, konsorsiumlarni, sindikatlami, kartellami, moliyaviy-sanoat guruhlami kiritish mumkin. IV Konser - ko'p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati boʻlib, korxona-lari qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi.

55. TAVAKKALCHILIK - biron ish bilan shug'ullanish oqibatida zarar ко'rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati. NOANIQLIK - axborotlar yetarli, to'liq bo'lmaganda qabul qilingan qarorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.

54.INVESTITSIYA - korxonaning o'zi amalga oshirgan quyidagi: - yangi qurilish shaklidagi kapital qurilish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash,kengaytirishvatexnikaviy qayta qurollantirishga sarflangan mablag'lar; - imoratlar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari (ularning qismlar)ni ishlab chiqarish maqsadida sotib olishga sarflangan mablag'lar kiradi. TAVAKKALCHILIK - biron ish bilan shug'ullanish oqibatida zarar ко'rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati.

50.Bozor talabi alohida bozordagi iste′molchilarning individual talablari yigindisi bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizigi esa ma′lum bzordagi iste′molchilarning individual talablari chiziqlarini qoshish orqali olinish mumkin. Bozor talabi chizigi har bir iste′molchining berilgan narxlardagi talablarini qoshish orqali hosil qilingan. Bozor talabi chizigining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste′molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini korsatadi. Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik guruhlarga qarashli iste′molchilar talablarini yigishga, har xil hududlarda yashovchi iste′molchilar talablarini yigishga togri keladi. Masalan, muzqaymoqqa bolgan bozor talabi organilganda yosh bolalar talabi, osmirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxorlar talabi togrisidagi axborotlarni olishga va ularni jamlashga togri keladi. Xuddi shu masalani hududlar boyicha aniqlash ham mumkin.

49.Iste’molchining daromadi ortganda kamroq sotib oladigan tovari past kategoriyali tovar hisoblanadi. Bu yerda Pepsi past kategoriyali tovar: iste’molchining darom adi ortib, budjet chegarasi oldinga surilganda ham pepsining iste’moli kamayib pitsaning iste’moli ortgan. Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag'al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko'rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila ovqatida mahsulotlaming asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha, uning oshishiga olib kelishi mumkin.

45. BUDJET CHEGARASI - “umumiy vaqt - daromad” koordinatalariga egabo'lgan to'g'ri chiziq bo'lib, uning yotiqlik burchagi ish haqini ifodalaydi. (daromad 0 bo'lganda, vaqt 24 soatga teng, ya’ni (24,0). Byudjet chegarasi tenglamasi P1*X1+P2*X2=R. iste'molchining muvozanat nuqtasida iste'mol qilinadigan ne'matlarning chekli naflari nisbati, shu ne'matlar narxlarining nisbatiga teng. Bu muvozanatlik sharti ixtiyoriy miqdorda ne'matlar qatnashgan iste'molchining tanlovi masalasi uchun o‘rinlidir. Muvozanatlik shartiga ko‘ra, iste'molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so‘m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo‘lmasa, iste'molchikamroq chekli naf beradigan oxirgi so‘mini, ko‘proq chekli naf beradigan ne'matga qayta taqsimlashi mumkin bo‘ladi.

41.Одатда, бирор-бир неъматни истеъмол кдлиш ошганда (бошкд неъматлар истеъмоли хажми узгармаганда), умумий нафлик усади. Демак чекли нафлик мусбат. Лекин, шу билан бирга, бирор-бир неъматдан хар бир бирлик кушимча истеъмол (бошк.а неъматлар истеъмоли хажми узгармаганда) олдингисига нисбатан камрок, наф беради ва неъматнинг бу хусусиятига чекли нафликнинг камайиш донуни дейилади.

43.Бефарцлик эгри чизига — бу истеъмолчи учун бир хил наф берувчи неъматлар комбинацияларини ифодалайди. Бефарклик эгри чизиклари бир-бири билан кесишмайди. Бефарклик эгри чизиклари канчалик унгда ва тепада жойлашган булса, унга тугри келадиган нафлик шунча юкори булади.

42.Chekli naflik (MU) - bu biror ne'matdan qo‘shimcha bir birlik iste'mol qilish natijasida (boshqa ne'matlar iste'moli o‘zgarmaganda) iste'molchi tomonidan olinadigan qo‘shimcha naf. Odatda, biror-bir ne'matni iste'mol qilish oshganda (boshqa ne'matlar iste'moli hajmi o‘zgarmaganda), umumiy naflik o‘sadi. Demak chekli naflik musbat. MU > 0 . Lekin, shu bilan birga, biror-bir ne'matdan har bir birlik qo‘shimcha iste'mol (boshqa ne'matlar iste'molga hajmi o‘zgarmaganda) oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va ne'matning bu xususiyatiga chekli naflikning kamayish qonuni deyiladi.

39.CHEKLI ALMASHTIRISH NORMASI - birinchi tovardan qo'shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kechish kerakligini ko'rsatadi. Bu birinchi tovarning altemativ qiymatini ifodalaydi va ikkinchi tovarning chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarning chekli ishlab chiqarish xarajati nisbatiga teng bo'ladi. BUDJET CHIZIG‘1 - budjetni to'liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.




Download 76,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish