Transaksion xarajatlar


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi



Download 76,06 Kb.
bet3/24
Sana16.01.2022
Hajmi76,06 Kb.
#370977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
MIKRO YAKUNIY

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi. Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo‘lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya'ni ortiqcha manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajati o‘rtasidagi farqga teng bo‘lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi. Bu farq bir birlik mahsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chiqarishdagi har qanday rentani qo‘shilganiga teng. Umuman ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy yig‘indisidir. Bozor uchun umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif chizig‘idan tortib to bozor narxi chizig‘igacha bo‘lgan oraliqdagi yuzaga teng.

129.ISHLAB CHIQARISH KO'LAMI (MASSHTABl)NING IJOBIY SAMARASI - firmada qo'llanilayotgan resurs va xarajatlarga nisbatan uning ishlab chiqarish hajmi tez o'sishigaxos bo'lgan holat. ISHLAB CHIQARISH KO'LAMI (MASSHTABI)NING SALBIY SAMARASI - firma ishlab chiqarish hajmining xarajatlarga nisbatan orqada qolishiga xos bo'Igan holat. Masalan, ayrim xildagi korxonalar o'z chiqindilarini suv havzalariga tushirib uni ifloslantirish, aeroport shovqinidan yaqin qishloqlardagi aholi tinchligini buzilishi va shuning oqibatida ularning salomatligini ketishi, mehnat unumdorligini foydaliligini kamayishi. Bular salbiy ta’sir qiluvchi holatlar yoki salbiy samara. Ijobiy holatlar (samara)ga misol sifatida asalarichilikni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun , tashqi samara ta ’sirida kelib chiqadigan zararni qoplash uchun davlat aralashuvi zarur bo‘ladi.

133.Kouz teoremasining asosiy qoidalari R.Kouz tomonidan «Aloqa federal komissiyasi» (1959) va «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) maqolalarida ifodalangan, lekin Kouzning ozi teorema atamasini ishlatmagan [47]. R.Kouz qoidasi qisqa tarzda quyidagicha ifodalanadi: mulkchilik huquqlarini taqsimlash bozor mexanizmi asosida kechadi va u ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishiga olib keladi, demak, yakuniy natija huquqiy qarorga bogliq emas. Kouz teoremasining toliq mazmuni shunday ifodalanadi: Agar mulkchilik huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bolsa, u holda, agar daromad samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi ozgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi ozgarmasdan qoladi. Boshqacha qilib aytganda, mulkchilik huquqlarining dastlabki taqsimlanishi ishlab chiqarishning tarkibiga ta’sir otkazmaydi. Chunki pirovardida huquqlarning har biri ushbu huquqdan eng samarali foydalanish asosida u uchun eng yuqori narxni taklif etishga qodir bolgan mulkdorning qolida boladi. Teorema shartiga kora, transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bolgan mulkchilik huquqlarini tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak boladi. Shu nuqtai nazardan mulkni isloh qilishning birinchi bosqichida egalik qilish huquqini mehnat jamoasimi, korxona ma’muriyatimi, Davlat mulki qomitasimi yoki boshqa tizimmi, kim qolga kiritganligi muhim emas, pirovardida bu huquqni undan haqiqiy manfaatdor bolgan va samarali mulkdor qolga kiritishidir. Kouz teoremasining yana bir xususiyati shundaki, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi boyicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan.

132.Transaksion xarajatlar - bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo‘lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaksion xarajatlar o‘z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o‘zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog‘liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar. TURLARI: Ахборотни қидириб топиш харажатлари - имкониятли шерик ҳақидаги, бозордаги вазият ҳақидаги ахборотни қидириб топиш харажатларини, шунингдек қўлга киритиладиган тўлиқсиз ва номукаммал ахборот билан боғлиқ йўқотишларни ўз ичига олади. Мониторинг ва оппортунизмни олдини олиш харажатлари - битим шартларига риоя этилишини назорат қилиш ва ушбу шартларнинг бажарилишидан бош тортилишини олдини олиш харажатлари. Мулоқот юритиш харажатлари -алмашув шартлари, битим шаклини танлаш ҳақида мулоқотлар олиб бориш харажатларини ўз ичига олади. Тафсирлаш ва мулкчилик ҳуқуқларини ҳимоя қилиш харажатлари - судлар, ҳакамлар харажатлари; шартномани бажариш жараёнида бузилган ҳуқуқларни тиклаш учун зарур бўлган вақт ва ресурслар сарфлари, шунингдек мулкчилик ҳуқуқларининг яхши тафсирланмаган ва ишончсиз ҳимоядан кўрилган йўқотишлар. Ўлчаш харажатлари - битим предмети бўлган товарлар ва хизматлар сифатини ўлчаш учун зарур бўлган харажатлар. Шартнома тузиш харажатлари - битимни юридик ёки хуфёна (норасмий) расмийлаштириш харажатлари. Учинчи шахслардан ҳимоялаш харажатлари - учинчи шахслар (давлат, уюшган жиноятчилик ва ҳ.к.)нинг битим натижасида олинадиган фойдали самара қисмига эътирозларидан ҳимоялаш харажатлари.

127.YER RENTASI - qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan quruq yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga to'lanadigan haqdir. Renta darajasi, ya’ni renta qiymati quyidagi omillarga: yerning tabiiy unumdorligiga, yerning iste’molchilarga nisbatan joylashish darajasiga va unga sarf etilgan moddiy va mehnat resurslari xarajati miqdoriga bog'liqdir. Qishloq xojaligida yer egasi foydalanuvchilardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlov oladi, yaʼni yer egasi (davlat, shirkat, xususiy shaxs) faqat yer egasi boʻlganligi uchun yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning bir qismini ijara haqi koʻrinishida oʻzlashtirib oladi. Davlat oladigan yer soligʻi, xususiy yer egalari yerdan foydalanganlik uchun undiradigan toʻlovlar Yer rentasi hisoblanadi. Yer rentasining , mas, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soligʻi (mas, xiroj) kabi bir qancha tarixiy koʻrinishlari bor.

131. Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «korinmas kol»i uni yonaltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot ozini- ozi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan tolik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini taminlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas. Iqtisodiyot davlat tomonidan mamuriy, iktisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi. Mamuriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni ornatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va subektlarini royxatga olish kabilarni oz ichiga oladi. Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy taminoti, minimal ish xakini ornatish, ishsizlik nafakalarini berish kabilar kiradi. Iktisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi togridan-togri usullarni va byudjet-solik xamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini oz ichiga oladi. Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat korsatishi uchun asos boladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani taminlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani taminlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon boladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yolga koyib oz tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj tolovlari boyicha ozaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat oz ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar okuv kollanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi).

130.IJTIMOIY NE’MATLAR - aholining ma’lum bir guruhlari yoki butun jamiyatga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar, chunki ularni bo'laklarga bo'lib alohida shaxslarga sotish mumkin emas. Ular faqat jamoa tomonidan iste’mol qilinishi mumkin, xolos. Huquqiy tartib, davlat mudofaasi, atrof-muhitni asrash, ijtimoiy dasturlar va shu kabilar ular tarkibiga kiradi.

128.Iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatan tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin. Bozor iqtisodiyoti tashqi samarani keltirib chiqaradi. Masalan, ayrim xildagi korxonalar o'z chiqindilarini suv havzalariga tushirib uni ifloslantirish, aeroport shovqinidan yaqin qishloqlardagi aholi tinchligini buzilishi va shuning oqibatida ularning salomatligini ketishi, mehnat unumdorligini foydaliligini kamayishi. Bular salbiy ta’sir qiluvchi holatlar yoki salbiy samara. Ijobiy holatlar (samara)ga misol sifatida asalarichilikni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun , tashqi samara ta ’sirida kelib chiqadigan zararni qoplash uchun davlat aralashuvi zarur bo‘ladi.

126.Yer bozori. Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya’ni: yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya’ni uning ustki qatlamidan qishloq xojaligi mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin. Yerning oziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya’ni kapitalni kochirganday kochirib bo`lmaydi. Yer bozorida (bo'sh turgan yoki qurilgan) yer tomorqalari bilan savdo qilinadi. O'z mohiyati bilan bu-yer tomorqalari va ko'chmas mulk bozoridir. Kapital bir vaqtning o'zida turli shakllarda bo'ladi: pul shaklida va moddiy shaklda (investitsiyalangan tovarlar shaklida).

125.INVESTITSIYA (nem. investitlion, lot. Investere - kiyintirmoq) - investor tomonidan biror-bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'lar, sarmoyalarni joriy qilish va foyda olish maqsadida sarf qilish. Investitsiya mamlakat ichida (ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya) amalga oshirilishi mumkin. Uzoq muddatli oraliqdagi investitsiya. Asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo'ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya’ni undan foydalanish muddati mavjud bo'lib, u chegaralangan bo‘ladi. Asosiy kapital xizmat ko‘rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi. Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo'yilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat ko‘rsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak boladi.

124.Kapital bozori - Bu ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'lgan pul yoki moddiy resurslar bozori. Kapital bozori ob'ektlari vaqtincha foydalanish uchun berilishi yoki sotilishi mumkin, ya'ni. egasini o'zgartirish. Kapital moddiy va pul shakliga ega bo'lishi mumkinligi sababli, moddiy boyliklar bozori va pul kapitali bozori farqlanadi, ularning mavjudligi o'zaro bog'liqdir. Moddiy ishlab chiqarish omillari bozoridagi kapital deganda jismoniy kapital tushuniladi: mashinalar, mashinalar, binolar, inshootlar, materiallar zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar va boshqalar. ularning qiymat jihatidan. Lekin ko'pincha kapital bozori deganda qiymat, pul shaklidagi kapital bozori tushuniladi. Aslida, bu ssuda kapitali bozori, chunki mablag'lar vaqtincha foydalanish uchun o'tkaziladi. Biz bu bozorni pul kapitali bozori deb hisoblaymiz. Kapital bozoridagi muvozanat talab va taklif egri chizig'ining joylashishini belgilovchi sharoitlarning har qanday o'zgarishi bilan o'zgarishi mumkin.

122.Minimal ish haqi. Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o‘rnatiladi. Bunday holda umumiy o‘rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o‘rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko‘pincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqaylik. Minimal ish haqi ko‘proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo‘ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan band bo‘lgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta'minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to‘lashning barcha stavkalari qaytadan ko‘rib chiqiladi va oshiriladi. Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi (tabaqalashuvi). Amalda ortacha ish haqi mutaxassisliklar boyicha ham, tarmoqlar boyicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar boyicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmogida ishlaydigan ishchilarning ortacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning ortacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmogidagi ortacha ish haqi ham engil va oziq-ovqat sanoatidagi ortacha ish haqidan farq qiladi. Ahmad klinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda koproq maosh oladi. Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma’lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli bolishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qoshimcha ish haqida oz ifodasini topadi.

78/86. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - mahsulot tayyorlash uchun qilingan barcha moddiy va ma’naviy mehnat sarfi. Uning qiymat shakli mahsulot tannarxini o'zida aks ettiradi. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini ikkita qismga: doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'lish mumkin. Doimiy xarajatlarga: ijara to'Iovi, qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O'zgaruvchan xarajatlarga xomashyo, yoqilg'i, energiya, ish haqiga qilingan sarf xarajatlar kiradi.

120.MEHNAT BOZORI - ish kuchiga talab va taklif asosida bo'lgan munosabat shakllanishi. Mehnat bozori mamlakatdagi ishchi kuchiga bo'lgan talab va uning taklif etilishi o'rtasidagi mutanosiblik nisbatini ifodalaydi. Mehnat bozori shakllanishi mumkin, agarda ishchi kuchi o'z mehnatining egasi bo'Isa. Mehnat bozori orqali ishchi kuchi ma’lum muddatga sotiladi. Ishchi kuchiga bo'lgan talab uning taklifidan ortiq bo'lsa, uning bahosi ko'tariladi yoki aksincha. Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat nuqtada o‘rnatiladi va ishchi ish bilan ta'minlanib, ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo‘lganligi uchun, u band bo‘lgan ishchilar sonini qisqartirib, ish haqini dan ga oshirishi mumkin. Ishchilar oladigan alternativ foyda (iqtisodiy renta) to‘rtburchak yuziga teng.

121.Mehnat bozorida monopsoniya bo’lgan hol. Monopsoniya - xaridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor. Monopsoniya asosiy xususiyatlari ma’lum bir yo’nalishda ish kuchlarini asosiy bandligi tashkil etadi. U mehnat turiga nisbatan alternativ mehnat deyarlik bo’lmaydi. Bunday mehnat turlari odatda iqtisodiy mintaqalar xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda uni o’zgartirishining qiyinchiligidadir. Jumladan, qishloq joylarida dehqon yoki chorvador mehnati yoki duradgor mehnati va boshqalar. Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo’ladi. Agar tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko’rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada ko’payadi. Bunday hol ko’proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo’lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi. Shaharda boshqa ish joylari kam o’lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo’ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo’lgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o’rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi.

121.2.Mehnat bozorida monopsoniya boʻlgan hol.Bunday hol koʻproq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi boʻlib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi. Shaharda boshqa ish joylari kam boʻlgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin boʻladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona boʻlgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar oʻrtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi. Monopolistik raqobat bozori oʻzining ba’zi bir xususiyatlari bilan mukammal raqobatlashgan bozorga oʻxshaydi. Bu yerda ham harakat qiluvchi firmalar koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishi cheklanmagan. Lekin bu mukammal raqobatlashgan bozordan farq qiladi. Farq shundan iboratki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot differensiallashgan, ya’ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi obroʻyi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Har bir firma oʻzining tovar markasini ishlab chiqarish boʻyicha monopol hisoblanadi va u bozorda ma’lum darajada monopol hokimiyatga ega boʻladi. Firmaning monopol hokimiyati uning mahsulotining boshqa firmalar mahsulotidan qanchalik farq qilishga bogʻliq. Masalan, tish yuvish pastalari monopol raqobat bozorida sotiladigan «Kolgeyt», «Pepsodend» va «Lesnoy balzam» pastalari bir-biridan qadoqlanishi, bezagi, davolash xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi.

67/70. Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bolib, u umumiy qiymati bir xil bolgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni oz ichiga oladi, ya′ni umumiy qiymati bir xil bolgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi.

117. OLIGOPOLIYA - shunday bozor strukturasining turiki, bunda bir nechta yirik firmalar ishlab chiqarishda monopollik qilib, mahsulotning asosiy qismini sotadi. Oligopoliya nazariyasi - monopol xukmronlikni inkor etuvchi iqtisodiy nazariya, har bir xo'jalik tarmog'ida bitta emas, bir nechta yirik firmalar xukmronlik qiladi degan g'oyani oldinga suradi. Oligapoliyaga quyidagi belgilar xos bo'ladi: 1. Tarmoqda nisbatan kam sonli firmalar hukmronlik qiladi. Ular qimmatli texnologiyalar, xarajatlarni iqtisod qilish, tarmoqqa kirishga to'siqlar qo'yishbilan o'zaro muomala qiladilar. 2. Mahsulot tabaqalashtirilgan yoki standartlashtirilgan bo'lishi mumkin. 3. O'zaro qo'shilishga rag'batning kuchliligi, chunki u bozorning katta ulushiga ega bo'lishga imkon yaratadi. 4. Umumiy o'zaro bog'liqlik. Oligopolistik bozorlarda sotuvchilarning faqat kichik guruhi boʻlganligi sababli, oligopoliyaning asosiy xususiyati hamkorlik va oʻz manfaatlarini yuqori qoʻyish oʻrtasidagi keskinlikdir. Oligopolistlar guruhi Monopolist yoqtiradigan – kam miqdorda ishlab chiqarish va chekli xarajatdan yuqori narxni belgilash-hamkorlik va ishlashning eng yaxshisidir. Chunki har bir oligopolist faqat oʻzining foydasi haqida oʻylaydi va bu yerda monopoliyadan chiqish yoʻlini davom ettirishdan firmaning bir guruhida kuchli ragʻbatlantiruvchi omil bor.

115.Истеъмол хажмига кура нархлар диверсификацияси. Баъзи бир товарларга булган талаб у товарни ишлаб чикариш ва сотиш ошган сари камайиб боради. Бундай товарга электр энергияси мисол була олади. Х,ар бир истеъмолчи бир ойда маълум микдордаги (киловатг/соат) электроэнергияга пул тулаб, ундан ортикчасига тулаш кобилияти пасайиб боради. Истеъмолчи маблага етмагани учун энг керакли микдордаги (уйни минимал ёритиш учун, музлатгич, телевизор ишлаши учун зарур булган) электроэнергияга пул тулайди, лекин бу микдордаги минимал электроэнергиянинг киммати кушимча олиши мумкин булган электроэнергия Кийматидан анча юкори булади. Мусбат масштаб самараси булганда электроэнергия ишлаб чикариш \ажмининг ошиши уни ишлаб чикариш учун сарфланадиган уртача ва чекли харажатларни камайишига олиб келади. Бундай холатда электроэнергия нархини дифференциация килиниши максадга мувофикдир. Яъни, Хар хил микдорда истеъмол килинган бир хил товарга (электроэнергияга) хар хил нарх белгилаш. Биринчи боскичда маълум микдоргача истеъмол килинган электроэнергияга алохида нарх, иккинчи боскичда кУшимча микдордаги истеъмол килинган электроэнергияга олдинги боскичдагига нисбатан камрок нарх белгиланади. Ушбу вазият куйидаги 11.6-расмда ифодаланган. Хакикатан хдм, электроэнергияни ишлаб чикариш хажмини оширганда (агар масштаб самараси юкори булса) унинг харажатлари камаяди ва нархлар дифференциацияси бир томондан истеъмолчиларнинг турмуш фаровонлигини оширса (улар купрок электроэнергиядан фойдаланиш имкониятига эга буладилар), иккинчи томондан электр энергиясини ишлаб чикарувчи компаниянинг умумий фойдасини оширади.

113.NARX - tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo'lishi mumkin, bu esa bozordagi o'sha tovarga bo'lgan talab va uning taklifiga bog'liq bo'ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o'rnini bosa olishi muomaladagi pulning xarid quwatiga ham bog'liq bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin narxning quyidagi turlari mavjud bo'ladi: chakana, ulgurji, xalqaro, auksion, kelishuv, davlat belgilagan yoki davlat boshqarib turadigan narxlar. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1.Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. 2.Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. 3.Tartibga solish vazifasi. 4.Raqobat vositasi vazifasi. 5.Ijtimoiy himoya vazifasi.

101. UMUMIY DAROMAD (TUSHUM) - ishlab chiqarilgan hamma tovar birliklarini sotishdan olingan tushum, ya’ni T = P*Q bunda R - narx, Q- sotish hajmi. Masalan, firma 1000 juft oyoq kiyim ishlab chiqardi va uning har bir juftini 100 so'mdan sotdi. Bunda umumiy daromad 100000 = (1000*100) so'mga teng bo'ladi

112.Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo’ladi, qachonki u o’zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qilaolsa, ya’ni o’zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o’rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo’lish uchun firmaning sof monopolist bo’lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo’lgan talab chizig’i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo’lmasdan, pastga yotiq bo’lishi kifoyadir. Agar talab chizig’i pastga yotiq bo’lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o’zgartirishi mumkin. Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori boladi. Monopol hokimiyatda narx oshadi, ishlab chiqarish hajmi kamayadi, natijada bu firmaning daromadini oshishiga va istemolchilar turmush darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Monopol firma oz monopoliyasini saqlab qolish uchun, boshqa firmalarni tarmoqga kirishga tosiqlar yaratish uchun yana xarajatlar qilsa, u bu bilan jamiyat yo`qotishlarini yanada oshirishi mumkin.

110. RAQOBAT - 1) basma-baslikka bellashuv 2) biror-bir sohada eng yuqori natijaga erishish borasida olib borilgan kurash; 3) yuqori foyda olish maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kurash; xo'jalik yurituvchi shaxslarning bozorda o'z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar sotish shartlariga ta’sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki ko'rinishda: a) tarmoqlararo; b) tarmoqichidabo'ladi. Tarmoqlararo raqobat - turli yo'nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kapitalini eng qulay joylashtirish, ko'p foyda olish uchun olib borgan kurashi. Tarmoq ichidagi raqobat - bir xil ko'rinishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay sotish uchun olib borgan kurashi. Halol raqobat - bozordagi kurashda qabul qilingan qonun-qoida, hammaga ma’qul usullarga asoslanadi. G'irrom raqobat o'z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni oladi: 1) raqib haqida noto‘g‘ri va noaniq ma’lumotlar tarqatish; 2) mahsulotning sifati, ishlab chiqarilgan joyi xususida iste’molchini aldash, uni adashtirish; 3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan noto'g'ri foydalanish; 4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5) raqib mahsulotining sifati to'g'risida asossiz ma’lumot tarqatish va h.k. Raqobatlashuvchi firma - Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma.

108.OLIGOPOLIYA - shunday bozor strukturasining turiki, bunda bir nechta yirik firmalar ishlab chiqarishda monopollik qilib, mahsulotning asosiy qismini sotadi. Oligapoliyaga quyidagi belgilar xos bo'ladi: 1. Tarmoqda nisbatan kam sonli firmalar hukmronlik qiladi. Ular qimmatli texnologiyalar, xarajatlarni iqtisod qilish, tarmoqqa kirishga to'siqlar qo'yishbilan o'zaro muomala qiladilar. 2. Mahsulot tabaqalashtirilgan yoki standartlashtirilgan bo'lishi mumkin. 3. O'zaro qo'shilishga rag'batning kuchliligi, chunki u bozorning katta ulushiga ega bo'lishga imkon yaratadi. 4. Umumiy o'zaro bog'liqlik. Kurno modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma ortasidagi munosabatlarni duopoliya sharoitida 1938 yil birinchi bolib organgan fransuz iqtisodchisi O. Kurno hisoblanadi. Bu munosabatni organishda quyidagilar faraz qilinadi: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab chiqaradi va bu tovarlarga bolgan bozor talabi chizigi ularga ma′lum. Ikkala firma ham bir vaqtning ozida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish boyicha qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish boyicha qaror qabul qilinganda, har bir firma shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham ishlab chiqarish boyicha qaror qabul qiladi va mahsulotning pirovard narxi ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmiga bogliq boladi. Kurno modelida har bir firma mahsulot ishlab chiqarish boyicha qaror qabul qilganda, raqobatchi firma tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini ozgarmas deb qaraydi.




Download 76,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish