t/r
|
Xaritaning tarkibiy qismlari
|
Ko‘rsatkichlar, boshlang‘ich ma’lumotlar, ish sharoitlari, sxemalar
|
Bajaruv-
chilar
|
1
|
Jarayonning
sharoitlari
|
O‘simliklarni joylashtirish sxemalari, dala maydoni, qatorlar orasi, solishtirma qarshilik, hosildorlik va boshqalar
|
Agronom,
injener
|
2
|
Agrotexnik talablar va sifat ko‘rsat-kichlari
|
Ishlov berish chuqurligi, urug‘ va o‘g‘it sepish me’yori, to‘g‘ri chiziqli harakat va boshqalar
|
Agronom,
operatori
|
3
|
Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash
|
Agregat sxemasi, agregatni ishga tayyorlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati va kinematik xususiyatlari ko‘rsatiladi
|
Injener,
operatori
|
4
|
Agregatning yurish ko‘rsatgichlari
|
Traktorning uzatmasi va ishchi tezligi (km/soat) belgilanadi
|
Injener,
operatori
|
5
|
Agregatning daladagi Harakatlanish usuli
|
Asosiy agregatning dala bo‘ylab Harakatlanish sxemasi hamda dala oxirida burilishi va dala bo‘ylab Harakatlanish usullari belgilanadi, ish yo‘llari koeffitsienti ko‘rsatiladi.
|
Injener,
operatori
agronom
|
6
|
Dalani tayyorlash
|
Qaytish yo‘lagini nazorat chizig‘i, agregatni birinchi Harakat chizig‘i, urug‘ solish yoki material yig‘iladigan sig‘imlarni bo‘shatish joylarini belgilash
|
Agronom,
operatori
|
7
|
Asosiy va yordamchi ishlarni tashkil etish ko‘rsatgichlari
|
Ish unumi, yonilg‘i sarfi, mehnat sarfi, texnik servis va texnologik servisga vaqt sarfi
|
Injener,
agronom
|
8
|
Jarayon sifatining nazorati
|
Foydalaniladigan asboblar va ish sifatining natijalari
|
Agronom,
operatori
|
9
|
Ishlarni bajarish-da xavfsizlik tex-nikasi qoidalari
|
Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidala-ri, operator va yordamchi xizmatchilarga yaratila-digan shart-sharoitlar hamda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
|
Agronom,
operatori
injener
|
Dalani tayyorlash. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning yuqori sifatli bajarilishini va texnikadan unumli foydalanishni ta’minlash uchun mashina-traktor agregatlarining ishlashiga dalalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tayyorlash katta ahamiyatga ega.
Dalani tayyorlashga quyidagilar:
ishlarning bajarilish sifatini pasaytirishi va agregatlardan foydalanish sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida dalani ko‘zdan kechirib chiqish;
agregatlarning harakat usulini tanlash va bunga qarab paykallarning joylashishini aniqlash;
agregatlarning burilish yo‘llarini nishon qoziqlar yordamida tayyorlash va belgi egatlarni olish;
dalani paykallarga ajratish, burilish yo‘llaridagi va paykal burchaklaridagi hosilni o‘rib olib, yo‘l ochish; agregatning birinchi o‘tish yo‘lini belgilash ishlari kiradi.
Dalalarni yaxshilash, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishga mos holatga keltirish, ya’ni dalalarni tekislash, toshlardan tozalash, chuqurlik va ariqlarni tuproq to‘kib tekislash, botqoq joylarni quritish yoki belgilar qo‘yib, atrofini o‘rab qo‘yish muhim tashkiliy tadbir hisoblanadi. Bunday tadbirlarning hammasi mashinalardan samarali foydalanishga, mashina-traktor agregatlarining guruhli va uzluksiz ishini tashkil etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Sifatni tekshirish. Ish sifati ilmiy-texnikaviy yangiliklar, boshqaruvni takomillashtirish, texnologik va mehnat intizomini mustahkamlash kabi tadbirlar bilan chambarchas bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni talab darajasida tashkillashtirish hosildorlikning oshishiga va mahsulot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi. Ishlarning sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash mashina-traktor agregatlari va qo‘llanilgan texnologik jarayonlar mukammalligining to‘g‘ri baholanishini ta’minlaydi.
Texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi chora-tadbirlar. Umumiy qoidalarda quyidagilar belgilangan: traktorlar, kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalarida ishlash maxsus guvohnomasi bor bo‘lgan va ish joyida yo‘riq olgan shaxslarga ruxsat etiladi.Mexanizator ish boshlash oldidan traktorning barcha boshqarish mexanizmlarini talab darajasida ishlashini tekshirishi lozim.Dala uchastkalari ko‘zdan kechirish va xavfli joylar (chuqurliklar, ariqlar, toshlar va unchalik sezilmaydigan boshqa to‘siqlar) nishon qoziqlar bilan belgilab qo‘yilishi kerak.
Quyidagilar: kasal va mast holatdagi shaxslarning MTAlarda ishlashi; momoqaldiroq vaqtida ishlash va agregatda bo‘lish; tungi vaqtlarda xira chiroqlarda ishlash; agregat harakatlanayotganda, dvigatel o‘chirilmagan yoki ishchi mashina erga tushirilmagan holatda rostlash ishlarini bajarish; agregatlar ishlayotgan joyda egat, yo‘l cheti, uchastkalarda va poxol-somon g‘aramlarida yotib dam olish va uxlash;traktorga tirkalgan tirkamalarda, qishloq xo‘jaligi mashinalarida odamlarni tashish man etiladi.
Nazorat savollari:
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish texnologiyasi deganda nima tushuniladi?
Ekinlarni etishtirish va hosilni yig‘ishtirish texnologik kartalarining mohiyati va turlarini ayting.
Ishni bajarish texnologik kartalarini vazifasi nimadan iborat?
Ishni bajarish texnologik kartalarning mazmuni va ularni tuzish tartibi qanday?
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish amaliy texnologik kartalarining ko‘rsatkichlari qanday hisoblanadi?
§. Tuproqqa ishlov berishning innovatsion texnologiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |