Bog'liq TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
Birinchi usul - xorijiy SZ-3,6; SZN-3,6 va mahalliy DEM - 3,6 seyalkalari yordamida ochiq va pushta olingan maydonlarga ekish. Ikkinchi usul -qayta jihozlangan KXU-4 paxta kultivatori yordamida paxtadan bo‘shagan g‘o‘za qator oralariga ekish. SZ-3,6 va SZN-3,6 seyalkalarining asosiy kamchiligi ularning sug‘oriladigan erlarga don ekish uchun moslashmaganligidir. Don ekilgandan so‘ng sug‘orish egatlari ochilganda ekin maydonining 15% gacha qismida urug‘lar nobud bo‘ladi. Seyalkalarning ekish apparatlariga urug‘likdan ma’lum miqdorda sol ib, er sharoitiga qarab har bir metrga belgilangan donagacha tushadigan qilib sozlash kerak. Buning uchun seyalkani ko‘tarib qo‘yiladi va uning g‘ildiraklari aylantirilib, ekish apparatlariga harakat beriladi va bir metrga tushayotgan chigit miqdori aniqlanadi. Agar sarf qilinadigan urug‘ miqdori belgilangan me’yordan ortiq bo‘lsa, ekish g‘altaklaridagi tirqishni toraytirish, kam bo‘lsa kengaytirish zarur. Seyalkalarni ishga tayyorlashda ularning asosiy ishchi qismlarini: ekkichlar ekish chuqurligiga, ekish apparatlari ekish me’yoriga, iz ko‘rsatgichlar ish kengligiga va seyalkaning o‘zi erga nisbatan bo‘ylama va ko‘ndalang tekislikda paralleligiga rostlanishi kerak. §. Ekish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiya va mashinalarni qo‘llash CHigitni plenka ostiga ekish texnologiyasining asosiy afzalliklariga ekinlar urug‘ini erta ekish hisobiga ularning 10-15 kun oldin pishishini ta’minlashdan iborat.
Masalan, chigit 20-25 martda ekilgan taqdirda paxta 20-25 avgustlarga to‘liq pishib etilishi ta’minlanadi. Bu esa birinchi navbatda paxtani yog‘ingarchilik kunlarga qolmasdan sifatli qilib terib olish imkonini beradi, ikkinchidan kuzgi boshoqli don ekinlarini agrotexnik muddatlarda ekib olishga sharoit yaratadi Qo‘sh qatorlab ekish usuli asosan chigitni 60x30 sxemada ekishdan iborat bo‘lib, uning asosiy afzallagi unumsiz tuproqlarda bir gektar maydonda g‘o‘za tuplari sonini 130-140 mingtagacha ko‘paytirish hisobiga paxta hosildor- ligini oshirish imkoniyati bo‘ladi. SHu bilan birga bu usulda ekilgan g‘o‘zalarni tomchilab sug‘orish ishlarini tashkil etish hisobiga suv resurs-laridan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratish mumkin.
Intensiv bog‘larni tashkil etishda (qatorlardagi ko‘chatlar orasidagi masofa 1 m) maxsus ko‘chat ekish mashinasidan foydalaniladi.
Mashina ko‘chat ekiladigan chuqur jo‘yak arig‘ini ochib, u erga tushirilgan ko‘chatni tuproq bilan ko‘mib, zichlaydi. Kerak bo‘lsa erni o‘g‘itlab, keyinchalik sug‘orish uchun sayoz jo‘yak ochib ketishi mumkin. Nazorat savollari: Ekinlar urug‘ini maqbul ko‘mish chuqurligi qanday asoslanadi? Unga ta’sir etuvchi omillarni tushuntiring.
Ekinlar urug‘ini ekish usullari ularning qaysi xususiyatlariga qarab tanlanadi?
CHigit ekishning maqbul muddatlari qaysi omillarga bog‘liq?
Viloyatlar bo‘yicha chigit ekish muddatlarini ayting.
CHigit ekish ishlari qanday tashkil etiladi?
Boshoqli don ekishning qanday texnologiyalarini bilasiz?
Ekinlar urug‘i va ko‘chatini ekishning qanday ilg‘or texnologiyalarini bilasiz? Ekinlar urug‘i va ko‘chatini ekishning qanday ilg‘or texnologiyalarini bilasiz?§. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashning innovatsion