Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

 
Nazorat savollari 
1. Elektron bozor, elektron bozor maydonlari, elektron magazin 
haqida tushuncha bering. 
2. Elektron do‘kon, elektron birjalar haqida tushuncha bering. 
3. Elektron auksion, elektron xizmat turlari deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Elektron bozorda bank xizmatlari haqida tushunchangiz? 
5. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat yuritishning o‘ziga 
xoc xususiyatlari. 
6. Elektron 
bozorlarining 
mahsulot 
turiga 
qarab 
klassifikatsiyalashuvini tushuntirib bering. 
7. Elektron savdo shoxobchalarining yuzaga kelishining mahsulot 
tannarxiga ta’sirini tushuntiring. 
8. Plastik karta turlari va ulardan foydalanish mexanizmi qanday? 
 
 
 


156 
11-BOB. INTERNET SAVDO TIZIMLARI 
 
11.1. Internet magazin, internet maydon, internet auksion, 
internet birjalar 
 
Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari 
Internetdan foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli 
firmalarning tovar va hizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va 
narxi bo‘yicha axborot olishga, internet orqali to‘lovni amalga 
oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi. 
Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot 
xizmatini ko‘rsatish, buyurtmalarni ishlash, to‘lovlarni amalga oshirish 
hamda turli statistik axborotlarni yig‘ish va tahlillash. 
Internet-magazinni boshqarish sxemasi 11.1-rasmda keltirilgan. 
11.1- rasm. 
Internet-magazinni boshqarish sxemasi
Bu sxemada: 

Web-server – tushgan so‘rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni 
chegaralaydi. 

Ilovalar serveri – barcha tizim ishlashini, xususan Internet-magazin 
biznes mantig‘ini boshqaradi: 

MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokazo hususidagi axborotni 
saqlashni va ishlashni amalga oshiradi. 
Internet-magazinning ta’minoti Web-vitrinanikiga qaraganda 
qimmatga tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi 
yuqori. Undan tashqari, axborotning dinamik ishlanishi va ma’lumotlar 


157 
bazasining mavjudligi evaziga Internet-magazin har bir ro‘yxatdan 
o‘tgan xaridor bilan individual ishlash imkoniyatiga ega. 
Elektron tijorat tizimlarida virtual savdo maydonlari.
Kompyuterning yaratilishi XX asrning buyuk kashfiyotlaridan 
biridir. Davr talabiga ko‘ra, bugunga kunga kelib kompyuter 
texnologiyalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish juda rivojlanib 
ketdi. Kompyuter tarmoqlari va ularning beradigan imkoniyatlari, 
qulayliklari katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar bilan 
ishlashga to‘g‘ri keltirmoqda. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan 
jadal o‘zgarishlar insonlarning kunlik extiyojlariga bo‘lgan talablarini 
bajarishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Tarmoqning hozirgi kunda 
ko‘rsatayotgan katta imkoniyati bu elektron tarzdagi savdo – sotiqni 
amalga oshirishidir. Elektron tarzdagi mahsulotlarning sotilishi va sotib 
olinishi elektron tijorat tizimiga asos soldi. Elektron tijorat deganda 
ko‘plab kishilar on-line rejimda mahsulot sotib olishni tushunadi. 
Elektron tijorat – bu internet texnologiyalaridan foydalanib pul ishlash 
jarayonidir. Elektron savdo jarayoni modelini tarmoqda ishlatilishning 
muvaffaqiyati uchta tashkil etuvchidan iborat:

Texnologik platformani to‘g‘ri tashkil etish. 

Raqobatbardosh mahsulotlar. 

Zarur infratuzilish va biznes jarayonlar.
Agar shu uchta tashkil etuvchidan birortasi qatnashmasa ham 
zamonaviy texnologiyaning qo‘llanilishi muvaffaqiyatga olib kelmaydi. 
An’anaviy do‘kon tipida tashkil etilgan savdo elektron tijoratning mijoz 
– biznes tipi deyiladi. Bunday tipdagi Web saytlarga elektron tijoratdagi 
ko‘plab saytlar kiradi. Elektron tijorat tizimida Web saytlar orqali olib 
borayotgan savdo sotiq ishining hajmi an’anaviy savdo jarayoniga yaqin 
bo‘lib bormoqda. Bunday saytlar elektron bozorda eng yaxshi o‘ringa 
ega va rivojlanib bormoqda. Elektron tijorat tizimi shuningdek biznes – 
biznes bozori muhitida ham ishlaydi. Bunday jarayonda ulgurji savdo 
qiluvchi kompaniyalar va oddiy sotuvchilar 16 birgalikda ishlaydi. 
Masalan shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchi ishchilar o‘z 
mahsulotlarini distribyutorga va yirik sotuvchi kompaniyalarga sotishi 
mumkin. Elektron tijorat tizimida u yoki bu ko‘rinishdagi savdo 


158 
maydonini yaratishda mazkur ish faoliyati muhitidagi xaridor va 
sotuvchining o‘zaro ta’sir sferasining darajasi aniqlanadi. 
Elektron tijoratda “virtual savdo maydonchasi” degan tushuncha 
ham mavjud bo‘lib, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomalar 
tuziladi va moliyaviy oldi-sotdi amallari o‘tkaziladi. B2B-sxemasidagi 
elektron tijoratda virtual savdo maydonchalarining quyidagi uch xil 
ko‘rinishi mavjud:
1) Xaridor tomonidan tashkil etiladigan (“buyer-driven”);
2) Sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan (“supplier-driven” yoki 
“seller-driven”);
3) Uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (“third-party-
driven”).
“Buyer-driven” ko‘rinishidagi virtual savdo maydonchalari bir yoki 
bir nechta kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va u o‘zida mahsulot 
sotib oluvchi kompaniyalarni birlashtiradi. Savdo maydonchalarining bu 
konsepsiyasi yirik kompaniyalar faoliyatida tovar va xizmatlarni sotib 
olish jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish 
tarmog‘i va savdo-sotiq shartnomalarini kengaytirishga bo‘lgan 
ehtiyojlari bilan bog‘liq.
“Supplier-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari sotuvchilar 
tomonidan tashkil qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat 
ko‘rsatish yoki mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga 
qaratilgan.
“Third-party-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari esa 
xaridor va sotuvchilarni bir-birlari bilan uchrashtirish mas’uliyatini 
oladi. Odatda, bunday maydonchalar biznesning ma’lum sektori va unda 
bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi tushunadigan uchinchi shaxs (tashkilot, 
kompaniya) tomonidan tashkil qilinadi. 
Odatda bunday maydonlar kim-ki biznesning aniq sektorida va 
undagi jarayonlarning borishida yaxshi ishlay olsa, ular uchun yaratiladi. 
Bunday maydon yaratuvchilari, xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi yetkazib 
beruvchi kabi bo‘ladi. Hozirgi vaqda virtual savdo maydonini tashkil 
etishning asosiy uchta modeli mavjud: katalog, auksion va birja. 
Katalog. 
Kataloglar 
zamonaviy 
kuchli 
axborot 
tizimlari 


159 
imkoniyatlaridan foydalanib, bir necha parametrlar bo‘yicha 
mahsulotlarni tez tanlash, yetkazib berish vaqtini bilish, to‘lov turlari va 
imkonlarini o‘rganish, xizmatlar haqida axborot olish va boshqa shu 
kabi axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu model, unchalik qimmat 
bo‘lmagan mahsulotlarning savdo-sotig‘ini tez-tez o‘tkazishda xaridor 
va sotuvchi orasidagi kuchli fragmentni xarakterlashda maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Bu modelda narxlarni sotuvchi belgilaydi. Katalog 
modeli shuningdek, agar kattagina savdo-sotiq mashhur yetkazib 
beruvchilar va aniq qoidalar asosida amalga oshirilsa, xaridor sotuvchini 
tanlash uchun kichik yetkazib beruvchilarning ichidan tanishingiz va 
zarur bo‘lgan holda yaxshi ishlaydi. Bu model narxlar kam o‘zgaruvchi, 
so‘rovlar aniq aytiladigan bozorlarda yaxshi ishlaydi. Auksion. Narxlar 
faqat sotuv vaqtida aniq bo‘ladigan modeldir. Auksion-web sayt, unda 
istalgan odam o‘zining mahsulotlarini sotuvga qo‘yishi mumkin. 
Narxlarni aniq qo‘yish kerak. Mahsulotga qiziqqanlar esa o‘zlarining 
narxlarini ko‘rsatishadi. Birja. Narxlar so‘rov va takliflar bilan 
boshqariladigan va natijada kuchli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
modeldir. Bugungi kunda on-line sotib olish jarayonida to‘lov vositasi 
bo‘lib plastik kartochkalar yetakchilik qilmoqda. Lekin yangi to‘lov 
vositalari ham qo‘llanilmoqda – smart-kartalar, raqamli pul, mikroto‘lov 
va elektron cheklar kabi. Web-vitrinalarni yaratish va ishlatish internet 
do‘konlariga nisbatat 2-3 marta arzonroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bizning 
mamlakatimizda ham ko‘plab internet savdo maydonlari ishlamoqda. 
Avvaldan elektron tijorat iqtisodiyotning alohida yo‘nalishi sifatida 
qabul qilinmagan, avvaliga biznes yuritishining an’anaviy 
mexanizmlarini shunchaki internetga o‘tkazish yuz bergan. Yangi 
yo‘nalishdagi odatiy texnologiyalarning mavjudligi yangi paydo bo‘lgan 
internet-tadbirkorlarga qo‘l kelgan, chunki yangisiga ishonch darajasi 
pasaygan va iste’molchilar katta istak bilan yangi imkoniyatlardan 
foydalanishgan. Jumladan, masalan, ilk internet-do‘konlar keng 
tarqalgan, telefon yoki elektron pochta orqali tovarlarga buyurtma berish 
modelidan foydalanishgan. Amaldagi offlayn biznes mohiyatiga ko‘ra 
o‘zining texnologiyalari va mexanizmlari bilan eng qo‘pol tarzda 
internetga o‘tkazilgan, hatto birinchi buyurtma shakllari saytda xuddi 


160 
an’anaviy sotuv kanallarida foydalanilgan qog‘ozlardagi kabi 
ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bu kabi sxema bo‘yicha ishlaydigan ilk 
internet-do‘konlarning egalari mavjud bo‘lgan va o‘rganib chiqilgan 
normativ bazadan foydalanishgan. Internet-do‘konlarda buyurtma 
berilgan tovarlarni yetkazib berish mavjud bo‘lgan logistika 
infratuzilmasi yordamida amalga oshirilgan. Ilk g‘arb internet-
do‘konlari uchun to‘lov vositasi plastik kartochkalari bo‘lgan, g‘arb 
iste’molchilariga bu kabi to‘lov usulidan foydalanish ertalab yuvinish 
kabi odatiy hisoblanadi. Rossiyada, internet-tijorat yuzaga kelishi 
davomida, plastik kartochkalari g‘arbda bo‘lgan kabi tarqalmagan 
bo‘lgan, bu qisman elektron savdoni rivojlantirishning to‘xatib turuvchi 
faktorga aylangan.

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish