145
tarqalishi va texnologiyaning keyingi mukammallashishi bilan bu holat
o‘zgaradimi degan savollar ustida o‘ylab ko‘rish kerak.
Elektron biznesda xaridorlarni 3 guruhga ajratish mumkin:
1.
An’anaviy yo‘nalish tarafdorlari
– ular sotib olmoqchi bo‘lgan
tovarni ko‘rish, uni ushlash, sotuvchi
bilan muloqot qilish
(savdolashish)ni afzal ko‘radilar. Bu iste’molchilar ularni ma’lum
vaziyatlar majbur qilmasa, o‘z xaridlarini elektron muhitda amalga
oshirishga moyil emaslar. Bunday vaziyatlar iqtisod qilish (tejash),
mavjud ish grafigini o‘zgartirish, ijobiy fikr, do‘stu tanishlarning
maslahati va h.k. bo‘lishi mumkin.
2.
Elektron do‘konni o‘zlashtirgan va o‘z xaridlarining bir qismini
amalga oshirish uchun Internetdan foydalanadigan xaridorlar.
Ular,
masalan, talab qilinayotgan tovar narxlari haqida ma’lumot olish, zarur
tovarlarning bir qismini elektron do‘konda
buyurtma berish uchun
internetdan foydalanishlari mumkin. Bunda ular xarid qilishning
an’anaviy usulidan voz kechmaydilar.
3.
Barcha xaridlarni on-layn rejimda amalga oshiradigan
, ancha
oldinlab ketgan iste’molchilar. Ular odatda axborot texnologiyalari bilan
professional jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Elektron biznesda iste’molchilar xulqi va psixologik reaksiyasi ham
o‘z spestifik qirralariga ega. Tarmoq mijozlari katta foyda va bilim
darajasiga ega ma’lum bir guruhdir. Xarid qilish
qarorini qabul qilish
uchun ular ko‘pincha yetarlicha sifatli va ancha arzon narxlardagi toarlar
haqida axborot qidirish uchun tarmoqni tadqiq qiladilar, o‘rganadilar.
Tarmoq mijozlari oddiy mijozlardan farqli o‘laroq qulaylikka
ko‘proq e’tibor berishlari yoki an’anaviy kanallarda taklif qilinmaydigan
maxsus tovar (xizmat)larni izlashlari mumkin. Tarmoq mijozlari
axborotdan foydalanishda ko‘proq imkoniyatga ega. Shuning uchun,
bozor haqida keng bilimga ega bo‘ladilar. Ular boshqa mijozlar bilan
aktiv o‘zaro ma’lumot almashadilar. Ular tovarni qiymatini aniqlash va
xarid qilishni tarmoqda yoki undan tashqarida
amalga oshirishlari
mumkin. Tarmoq mijozlarida bilish va qabul qilish an’anaviy
xaridorlarnikidan farq qilishi mumkin. Tarmoq sayti orqali o‘zaro aloqa
an’anaviy ofis yoki do‘kondagidek to‘liq va katta hajmli bo‘lmasligi
146
mumkin.
Mijozlar texnologiyani tushunish uchun yetarli bilim va malakaga
ega bo‘lmasliklari mumkin. Bundan korxona bitim shaxsiyligini
(konfidensialligini) saqlay olish xususiyatiga nisbatan mijozning
ishonchsizligi kelib chiqadi. Shunisi muhimki,
tarmoq mijozlari katta
kuchga ega virtual birlashmalarga birlashishlari mumkin. An’anaviy
savdoda esa mijozlar individual xulq bilan xarakterlanadi. Bunday
birlashmalarda mijozlar bir-biri bilan , ma’lumot, bilim, tajriba va
fikrlari bilan almashishlari mumkin. Ularnig fikri tarmoq bo‘ylab tez
tarqaladi va marketing strategiyasining muvaffaqiyati yoki omadsizligini
hal qiladi. Virtual birlashmalarda mijozlar bilimlarga ega bo‘lishlari
mumkin. Bu esa marketologlar uchun katta ahamiyatga ega va elekton
biznesda marketing strategiyalarini ishlab chiqishda hisobga olinishi
kerak. Internet – butun dunyo tarmog‘i foydalanuvchilari an’anaviy
axborot tarmog‘i foydalanuvchilaridan farq qiladilar. Bu farqlar ularnig
professional ko‘nikmalari,
kutishlari, maqsadlari, faoliyat sohalari va
boshqalarga bog‘liq.
Bugungi kunda B2S sektoridagi virtual savdo maydonchalarining
quyidagi turlari mavjud:
•
WEB - vitrinalar;
•
Elektron do‘konlar;
•
Elektron savdo qatorlari;
•
Savdo - Internet - tizimlari;
•
Auksionlar (kim oshdi savdolari).
Bu savdo maydonchalarining Rossiya bozorlaridagi asosiy
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
WEB - vitrinalar – bu aytarli katta bo‘lmagan WEB bo‘limlaridir.
Odatda ular kichik biznes - kompaniyalariga tegishlidir. Bu saytlardagi
savdo hajmi odatda uncha katta bo‘lmaydi va bir kunda bir nechtadan to
o‘ntagacha bo‘lgan savdo ishlarini amalga oshiradi.
WEB - vitrinalarning asosiy komponenti
tovarlar va xizmat turlari
qayd etilgan kataloglar (prays - list) hamda xaridorlardan buyurtma
to‘plash tizimidir. Saytda to‘planadigan barcha buyurtmalar sotuvchilar
kompaniyasining elektron pochta manziliga yuboriladi. So‘ngra sotuvchi
147
ularni odatiy biznes - tadbirlarida ko‘rib chiqadi. “WEB - vitrinalar
shunisi bilan ajralib turadiki, ular Internet - savdoda rivojlangan
boshqaruv tizimiga ega emas. Biroq vitrinalarni tashkil etish yuzasidan
mavjud qarorlar WEB - katalogga EXSEL
- jadvallar va elektron
pochtalardangina foydalangan holda osonlikcha o‘zgartirishlar kiritish
imkonini beradi. Natijada bu ish maxsus tayyorgarlik talab qilmaydi va
buni menejer WEB -dizayner va programmist yordamisiz ham bajarish
mumkin, shu tufayli bu kabi tizimlar ishlab chiqarish va
ekspluatastiyada arzon tushadi. WEB - vitrina tashkil etishning hozirgi
narxi 99-200 $, uni kuzatib borish esa oyiga 50 $dan to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: