138
aniqlab olish kerak bo‘ladi? Bugun quyidagi tijorat Web–saytlari
mavjud:
Reklama sayti
–ixtiyoriy reklama
singari internet axborot
muhitidagi aniq mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun
xizmat qiladi.
Axborot sayt–
mijozlarning virtual uyushmasini tuzish
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda “axborot to‘siq”ni olib tashlash
uchun tashrif buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan to‘la-to‘kis boxabar etish uchun xizmat qiladi.
Saxifalar tashqi ko‘rinishining ko‘rkamligi (ixchamligi)
bilan ajratib
turadi, chunki bu Web–saytdagi barcha elementlar kerakligi axborotlarni
tez va qulay usulda qidirib topish uchun xizmat qiladi.
Biznes–sayt
–kompaniyaning alohida tashqi biznes–jarayonlarni
tashkil qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta’minotchi va dilerlarning
ombordagi mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo‘lishdagi
buyurtmalari xizmatchi va dilerlarni o‘qitish; suhbatlar olib borish
jarayonlari to‘g‘risida). Biznes–jarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy
modullar (internet–ilova) mavjudligi bilan farqlanadi.
Korporativ
portal
-kompaniya ichki va tashqi biznes jarayonlarining servislarini o‘z
ichiga oladi.
Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga
kompaniyaning turli xil bo‘limlari o‘rtasida axborot almashuvi,
buxgalteriya
ilovalari, ombor, kadrlar bo‘limi, statistik va analitik
axborotlar, yordam bo‘limi, o‘quv axborotlari, ta’minotlar, dillerlar,
iste’molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan
vositalar va
boshqalar kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet-ilova,
kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.)da
foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi
bilan farqlanadi. Web–saytning paydo bo‘lishi mavjud biznes-jarayonga
ozmi − ko‘pmi o‘zgarish kiritishni nazarda tutish kerak. Masalan,
jamoatchilik bilan aloqa bog‘lash bo‘limida yangiliklarni o‘z navbatida
chop etish masalasi, marketing bo‘limida Web–saytni siljitish ishlari,
Web–sayt davomati statistikasining tahlili, on-laynda savol-javoblar va
reklama aksiyalarini o‘tkazish. Mahsulotlar bozori bo‘limi
on-layn
mijozlari bilan ishlashni, kadrlar bo‘limi esa, Web–interfeys orqali
vakant joylarga nomzodlarni tanlashni o‘rganishi kerak. Ko‘pincha
internet–texnologiyadan foydalanish kommunikatsiya bilan bog‘liq
139
vositalar (axborotlarni
tarqatish va qabul qilib olish, gaplashish
tarmoqlari)ni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bu ishlar vaqtni iqtisod
qilish, internet va boshqa axborotlarni uzatishdagi narxlar farqi evaziga
sodir bo‘ladi. Bugungi kunda biznes saytlarning nufuzi ortib bormoqda,
Kelajakda bozorlar o‘rnini bunday saytlar egallab oladi. Bunga misol
tariqasida tajribadan o‘tgan amazon.com saytni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: