PORTLOVCHI MODDALARNI QABUL QILIB OLISH, TARQATISH VA HISOBINI OLIB BORISHNING TARTIBI
REJA:
PORTLOVCHI MODDALARNI QABUL QILIB OLISH
PORTLOVCHI MODDALARNI TARQATISH
PORTLOVCHI MODDALARNI HISOBINI OLIB BORISHNING TARTIBI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Konchilik korxonasini yoki shaxta omborlarida portlovchi ma-teriallarni saqlash huquqini beruvchi hujjat militsiya organi tomoni-dan berilgan yozma ruxsatnomalardir. Doimiy ishlab turgan ombor xonalarga portlovchi materiallarni saqlash huquqi tegishli militsiya boshqarmasi tomonidan uch yillik muddatga berilib, bu hujjat ham-ma vaqt omborxonada saqlanadi. Har bir omborxonada militsiya or-gani tomonidan berilgan ruxsatnomada ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmagan portlovchi materiallar saqlash mumkin. Barcha bazis va sarflovchi omborxonalar hamda qisqa muddatga portlovchi material-lar saqlash uchun ajratilgan joy o‘ta muhim obyektlar qatoriga kiritil-gan bo‘lib, hamisha sutka davomida uzluksiz qo‘riqlanadi. Qorovullar o‘qotar qurol bilan qurollanadi. Portlovchi materiallar omborlari ning qorovullari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: omborga va omborxona hududiga kirib -chiqish rejimini ta’minlash, portlovchi materiallarni omborlarga olib kirish va olib chiqish tartibini ta’min-lash, omborlarga bostirib kirishga harakat qilgan shaxslarni o‘z vaq tida yo‘q qilish, o‘g‘irlik harakatining oldini olish yoki to‘xtatish; qo‘riqlanayotgan omborlar obyektlarida yoki uning yaqinida tabiiy ofat ro‘y berish ehtimolining oldini olish va yo‘riqnomada belgilan-gan boshqa ishlarning ham nazoratini ta’minlash.
Yer yuzasida joylashgan portlovchi materiallar omborida (qisqa muddatli omborlardan tashqari) qorovulning xizmat o‘rni (post) bilan qorovulxona binosi o‘rtasida ikki tomonlama yorug‘lik va ovoz chiqa-radigan signalizatsiya va ikki tomonlama telefon aloqasi o‘rnatil-gan bo‘lishi kerak. Qorovulxona telefoni yaqin oradagi kommutator-ga bog‘langan bo‘lib, yong‘in qo‘riqchilari, korxona ma’muriyati va militsiya nazorati bilan tez bog‘lanish imkonini beradigan bo‘lishi shart. Yer osti omborlarida ikki tomonlama telefon aloqasi o‘rnatilgan bo‘lib, yer yuzasidagi shaxta kommutatori bilan bog‘lanadi.
Hamma omborxonalar yetarli miqdorda yong‘inga qarshi vosi-talar bilan ta’minlanishi kerak (nasoslar, o‘t o‘chirgichlar, suv to‘la bochka, qum to‘ldirilgan yashik, narvon, chelaklar va boshqalar). Ba-zis ombori hududidagi hovuzda yetarli miqdorda suv bo‘lishi va u elektrdan harakatlanadigan nasoslar bilan ta’minlangan bo‘lishi ke rak. Barcha omborlar xavfsizlik qoidasiga muvofiq yoritish qurilma-siga ega bo‘lishi kerak.
Bazis omborlari changal sim devorining ichki qismida biri ik-kinchisini ko‘rish darajasi yaxshi bo‘lgan ikkita qorovullar minorasi o‘rnatiladi. Ular ham biri-birlari bilan yorug‘lik va ovoz beruvchi sig-nallar bilan bog‘langan bo‘lishi zarur.
Omborga keltirilgan hamma portlovchi materiallar saqlanadigan o‘rinlariga joylashtirilishi kerak, so‘ng zavoddan yoki transport vosi-talarida yuborilgan hujjatlar yoki belgilangan shakldagi naryad-nak-ladnoy, naryad-yo‘llanma asosida kirim qilinadi.
Korxona omboriga keltirilgan portlovchi materiallar kirim va chiqimining hisob-kitob ishlari belgilangan shakldagi ip o‘tqazilib, surgichli muhr bosilgan kitobga yoziladi.
Portlovchi materiallarning kirimi va chiqimini hisobga oluvchi 1-shaklga muvofiq kitob (ushbu kitob shakli portlatish ishlari olib bo rishda yagona xavfsizlik qoidasiga keltirilgan) yuritiladi. Ushbu kitob nomerlanib, ip o‘tkazilib tikib, nazorat etuvchi organning (kontexdav-lat nazorati inspeksiyasining) muhri yoki plombasi bilan mahkamla-nadi.
Kitob portlovchi materiallar ombori mudiri (omborchi, portlov-chi moddalar omborining tarqatuvchisi) tomonidan yuritilib, portlov-chi materiallarning bazis va tarqatuvchi omborlarida miqdoriy hiso-bi olib boriladi.
Portlovchi materiallarning har bir turi bo‘yicha hisob alohida olib boriladi. Shuning uchun kitobda ma’lum miqdor varaqlari qoldirib, so‘ng boshqa turi yoziladi, bunda har kungi tarqatilgan va keltirilgan portlovchi materiallar qayd etilib boriladi. Kitob qancha vaqtga ye-tishi hisoblangan bo‘lsa, portlovchi materialning shu turiga muvofiq varaqlari ajratiladi.
Portlovchi materiallar qoldig‘i sutka uchun hisoblanib, kitobga qayd etiladi. Kitobga sutka davomida miqdoriy jihatdan o‘zgargan portlovchi materiallargagina yozuv kiritiladi.
Portlovchi materiallarni tarqatish va qaytarilishin hisobga oluvchi kitob, 2-shaklga muvofiq yuritilib, nomerlangan, ip o‘tqa-zilib tikilgan va nazorat etuvchi organ (kontexnika davlat nazorati ning joylardagi inspektorlari muhri bilan mahkamlanadi). Ushbu ki-tob portlovchi materiallarni sarflovchi omborlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni ombor mudiri (omborchi, tarqatuvchi xodim) olib boradi.
Sutka oxirida qancha, qaysi turdagi (turlari bo‘yicha) portlovchi materiallar sarflangani, chiziq tagiga (tarqatilgan portlovchi materi-allarning omborga qaytarilgan miqdorini olib tashlab, yozib qo‘yila-di). Sutka davomida sarflangan portlovchi materiallar har kuni 1-shakldagi kitobga yozib boriladi.
Yalpisiga katta hajmdagi (massovoy) portlatish ishlari olib boril-ganda portlovchi materiallar bazisli ombordan tarqatuvchi omborga va bevosita portlatiladigan joyga markazlashtirib tashib keltirilganda oraliq hisobot shakli va turi kontexnazoratining joylardagi organi bi-lan kelishib amalda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Naryad-nakladnoy (3-shakl bo‘yicha) portlovchi materiallarni bir ombordan ikkinchi omborga o‘tkazish uchun yoziladigan hujjat. Naryad-nakladnoy portlovchi materialni korxona (tashkilot) tarkibi-da bo‘lgan ombordan berib yuborish uchun to‘rt nusxada korxona ning hisobot bo‘limi tomonidan yozilib, u bosh hisobchi, korxona rah-bari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Hisobot bo‘limida maxsus kitobda ro‘yxatdan o‘tkazilib, tartib nomeri, berilgan vaqti va kimga berilganligi qayd etiladi.
Naryad-nakladnoy korxona yoki tashkilot hisob-kitob bo‘limi to-monidan portlovchi materialni oluvchiga, ishonchnomasi bilan birga beriladi. U hujjatni portlovchi materialni olish uchun ombor mudiri-ga yoki omborga topshiradi. Ombor mudiri (omborchi yoki tarqatuv chi xodim) naryad-nakladnoyda ko‘rsatilgan miqdordagi portlovchi materiallarni oluvchiga berib yuboradi. Naryad-nakladnoyning bir nusxasi omborda saqlanadi, ikkinchisi portlovchi material oluvchi-ga, kuzatib boruvchiga hujjat sifatida beriladi, qolgan ikki nusxasi oluvchining ishonchnomasi bilan birga korxona hisob-kitob bo‘limiga topshiriladi, uning bir nusxasi chiqimni ko‘rsatish uchun hisob-kitob bo‘limida qoldiriladi. Ombor berib yuborilgan portlovchi materiallar-ni hisobdan chiqarish uchun, keyingi nusxasi esa hisobot bilan port-lovchi material oluvchiga jo‘natiladi.
Bir korxona (tashkilot)ga qarashli portlovchi materiallar ombori-dan shu korxona (tashkilot)ga qarashli boshqa omborga portlovchi ma-teriallar berilganida naryad-nakladnoy uch nushada yoziladi. Ombor mudiri portlovchi materiallar oluvchiga bir nusxa naryad-nakladnoyni ham qo‘shib beradi, qolgan ikki nusxasi esa ombor mudirida qoladi.
Portlovchi materiallarni bazis ombordan sarflovchi omborlar-ga markazlashtirilgan tartibda tashilganida, tashib keltiruvchi xodim naryad-nakladnoyning uzil-kesil rasmiylashtirguniga qadar, bazis ombor bergan va olgan portlovchi materiallar miqdori alohida ixti yoriy shakldagi kitobda qayd qilinib imzolanishi mumkin.
Ombordan portlovchi materiallar tashuvchi javobgar shaxs-ga uchastkadagi portlatish ishlari olib boriladigan joyga yaqin joy-lashgan vaqtincha saqlash kamerasiga va ombordan yalpisiga (mas sovoy) portlatiladigan joyga portlovchi materiallarni tashib keltirish uchun korxonaning portlatish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbari yoki uchastka portlatish ishlari rahbari tomonidan imzolangan ikki nusxa naryad-nakladnoy yozib beriladi. Omborxona mudiri talab etilgan miqdordagi portlovchi materiallar bilan birga bir nusxa naryad-nak-ladnoyni kuzatuvchiga hujjat sifatida berib yuboradi, ikkinchisi esa omborxonada saqlanadi.
Agar portlovchi materiallarni bir vaqtda olib borish imkoni bo‘lmasa, naryad-nakladnoyda yozilgan hamma portlovchi mate-riallar olib bo‘lguniga qadar, portlovchi materiallarni olgan tashuv-chi shaxs va portlovchi materiallarni bergan ombor mudiri ixtiyoriy shakldagi kitobga oldi va berdi degan imzo qo‘yadi.
Uchastka kamerasida va portlovchi materiallarni saqlaydigan punktda portlovchi materiallarning harakatini hisobga oluvchi 2-shakldagi kitob yuritiladi.
Portlovchi materiallarni hisobga oluvchi kitoblarga va kirim-chiqim hujjatlarga qalam bilan yozib, so‘ng o‘chirish mumkin emas. Har qanday tuzatish yangi kiritilgan hujjatlarga yangi raqam qo‘yili-shi, tuzatish sabablari ko‘rsatilishi, tuzatish kiritgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Portlovchi materiallar omborida portlovchi materiallarni be rishga, naryad-yo‘llanma, naryad-nakladnoylarni imzolashga haqli bo‘lgan shaxslar va portlovchi materiallar sarfini tasdiqlovchi shaxs lar imzosining nusxasi bo‘lishi kerak. Imzolar nusxasi korxona rah-bari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Portlovchi materiallarni tarqatish kamerasida va portlov-chi materiallarni saqlaydigan uchastka punktlarida qabul qilish va tarqatish hisoboti. Portlovchi materiallarni saqlaydigan uchast-ka punktida va tarqatuvchi omborda, ishlatilgan va qoldiq portlovchi materiallar hisobini ombor tarqatuvchisi 2У-shakldagi kitobga qayd etib boradi (ilovaga qaralsin). Xuddi shu shakldagi 2У-kitob (nomer-langan, ip bilan tikilgan, korxona muhri bilan mahkamlangan) port-lovchi materiallar saqlanadigan har bir shkafda bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni sarflovchi ombordan tarqatuvchi kamera ga olib kelish va portlovchi materiallar saqlanadigan uchastka punk-tiga tashib kelish uchun jo‘natish ishlarini omborning maxsus tarqa-tuvchi xodimi berilgan naryad-nakladnoyga muvofiq amalga oshiradi (ilovaga qaralsin). Bunda «ombordan berilgan» degan grafa tarqatuv-chi tomonidan, tarqatuvchi kamera va uchastka punktida qolgan port-lovchi materiallar qoldig‘ini hisobga olgan holda, kon ishlari yuri-tayotgan uchatska talabnomasiga muvofiq to‘ldiriladi.
Portlovchi materiallarni tashib tarqatuvchi shaxs olib borib tarqa-tish uchun berilgan portlovchi materiallar miqdorini omborning 2-shakldagi umumiy kitobga kiritib, portlovchi materialni olganligi haqida kitobga imzo qo‘yadi.
Uchastkaning talabiga muvofiq smenada sarflanadigan miqdor dagi portlovchi materiallar sarflovchi ombordan vagon (konteyner) da olib kelinsa, tarqatuvchi olib kelingan portlovchi materiallarni us-ta-portlatuvchilarga naryad-yo‘llanmaga muvofiq tarqatadi.
Uchastka punktlaridagi portlovchi materiallar saqlanadigan joy-ga elektr detonatorlarni olib kelishdan avval tarqatuvchi omborda ularning cho‘g‘lanuvchi ko‘prikchasining butunligini, o‘ralgan tarada-gi etiketkada ko‘rsatilgan o‘lchamiga muvofiq kelishi aniqlangan va markirovka qilingan bo‘lishi kerak.
Elektr detonatorlardan chiqarilgan simlar bir-biri bilan qo‘shib bog‘langan, elektr detonatorlarni tekshirgan portlovchi materiallar ombori tarqatuvchisining nasabi, ismi, shariflari yozilgan etiketka qo‘shib solinishi kerak.
Portlovchi materiallar omborining tashib-tarqatuvchi xodimi naryad-nakladnoyning «portlovchi materiallarni saqlovchi punktla riga olib kelindi» deb yozib, olib kelingan portlovchi materiallarning miqdori haqida yozib, portlovchi materiallar saqlanuvchi punktdagi har bir shkafga yozib qo‘yishi shart.
Portlovchi materiallarni uchastka punktiga tashib keltiruvchi-tarqatuvchi olib kelgan portlovchi materiallar bilan har bir shkafda qol-gan portlovchi materialning haqiqiy qoldig‘ini solishtirib, 2У-shaklda-gi kitobga shkafda qolgan qoldiqni o‘zining imzosi bilan tasdiqlaydi. So‘ng shkafni qo‘shimcha portlovchi material bilan to‘ldirib tashib kelti rib, tarqatuvchi xodim «kirim» grafasini to‘ldirib, umumiy portlovchi materiallar miqdorining «qoldiq» grafasiga yozib imzo qo‘yadi. Shun-dan so‘ng shkafni qulflab uni plombalaydi, so‘ng keyingi shkafga o‘tadi.
Tashib keltiruvchi-tarqatuvchi portlovchi materiallarni tarqatib bo‘lgandan so‘ng sarflovchi omborda naryad-nakladnoyda ko‘rsatil-gan ma’lumotlarni, ya’ni har bir shkafga qancha portlovchi material qo‘yganligini 2У-shakldagi kitobga yozib qo‘yadi.
Portlovchi materiallar sarflovchi ombordan shaxtaning zaryad budkasiga ombor tarqatuvchisi tomonidan tashib keltiruvchi-tarqatuv chi xodim yoki maxsus ajratilgan usta-portlatuvchi naryad-naklad-noyga muvofiq beriladi.
Naryad-nakladnoyni tarqatuvchi-sarflovchi ombor mudiri shax-ta o‘tuvchi bo‘lim boshlig‘ining talabnomasiga yoki portlovchi ma-teriallarni zaryad budkasiga tashib keltirishning shaxta quruvchi bosh-qarmasi bosh muhandisi tasdiqlagan grafigiga muvofiq ikki nusxada yozadi.
Tarqatuvchi-sarflovchi omborning tarqatuvchisi tomonidan zar yad budkasiga keltirish uchun berilgan portlovchi materiallar miqdori haqida portlovchi materiallarning berilgan va qaytarilgan hisobo-ti kitobiga (4-grafada patron nomerini ko‘rsatib) kiritiladi yoki yozib qo‘yiladi. Bu haqda tashuvchi-tarqatuvchi xodim yoki usta-portlatuv-chi portlovchi materialni olganligini tasdiqlab imzo qo‘yadi.
Zaryad budkasida tashuvchi-tarqatuvchi olib kelingan portlovchi materialni naryad-nakladnoyga asosan usta-portlatuvchiga beradi. U naryad-nakladnoyga portlovchi materiallarni olganligi haqida imzo qo‘yadi. Naryad-nakladnoyning bir nusxasi usta-portlatuvchida qola-di. Zaryad budkasida usta-portlatuvchi tomonidan olingan portlovchi materiallar kirim va chiqim kitobiga kiritiladi (ilovaga qaralsin). Xuddi shunday kitob, portlovchi materiallarni sarflovchi omborda ham to‘ldiriladi.
Tashuvchi-tarqatuvchi portlovchi materiallarni zaryad budkasi-da usta portlatuvchiga topshirgandan keyin naryad-nakladnoyning bir nusxasini sarflovchi omborga topshiradi. Naryad-nakladnoy-ga asosan sarflovchi ombor tarqatuvchisi portlovchi materiallarning kirim va chiqim kitobiga har bir zaryad budkasiga topshirgan port-lovchi materiallar haqida kitobning ombordan kirim qilinadigan gra-fasiga yozib qo‘yadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki portlovchi materiallarning kirimi va chiqimini hisobga oluvchi 1-shaklga muvofiq kitob (ushbu kitob shakli portlatish ishlari olib bo rishda yagona xavfsizlik qoidasiga keltirilgan) yuritiladi. Ushbu kitob nomerlanib, ip o‘tkazilib tikib, nazorat etuvchi organning (kontexdav-lat nazorati inspeksiyasining) muhri yoki plombasi bilan mahkamla-nadi.
Kitob portlovchi materiallar ombori mudiri (omborchi, portlov-chi moddalar omborining tarqatuvchisi) tomonidan yuritilib, portlov-chi materiallarning bazis va tarqatuvchi omborlarida miqdoriy hiso-bi olib boriladi.
Portlovchi materiallarning har bir turi bo‘yicha hisob alohida olib boriladi. Shuning uchun kitobda ma’lum miqdor varaqlari qoldirib, so‘ng boshqa turi yoziladi, bunda har kungi tarqatilgan va keltirilgan portlovchi materiallar qayd etilib boriladi. Kitob qancha vaqtga ye-tishi hisoblangan bo‘lsa, portlovchi materialning shu turiga muvofiq varaqlari ajratiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Россинский H.A., Нагайченков M.A. Мастер взрывник. «Недра», М., 1998.
Иванов К.И., Латышев В.А., Андреев В.Д. Техника бурения при разработке полезных ископаемых. «Недра». М., 1987.
Кутузов Б.И. Разрушение горных пород взрывом. Издательство МГТУ, 1994.
Единые правила безопасности при взрывных работах. НПО ОБТ, М.,1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |