Foyda tadbirkorlik daromadi, deb talqin etilganda tadbirkorning kapitali va uning qobiliyati keltirgan daromad tushuniladi.
Foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir.Foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi.
Foyda koʻrilgan Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim foyda normasini oshirishga intilish saqlanib qoladi.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir.Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa,foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar foyda normasi yuqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp foyda olish mumkin, bordiyu foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib foydani koʻpaytirish mumkin. foyda maksimumlashtirish uchun ham foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. foyda normasini pasayishi hisobidan foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyalar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan foyda miqdori qisqarmaydi. Agar foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa foyda massasining ortishi yuz beradi.
Foydaning o ‘zi ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Birinchisi, me’yordagi foyda bo'lib, tadbirkorlik qobiliyati mahsulidir. Shu sababli u tadbirkorga albatta tegishi kerak, chunki bu uning mehnatiga beriladigan mukofotdir. Bu foyda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida boladi, chunki bu mehnat haqini tashkil etadi. Mehnat haqi, birinchidan, me’yordagi foyda sifatida tadbirkorga tegsa, ikkinchidan, ish haqi bolib yollanib, ishlovchilarga tegadi. Bularning har ikkalasi sarf bo'lganidan xarajatlarga kiritiladi. Shu sababli, tovarlar xarajatga teng narxda sotilganda ham tadbirkor foyda oladi. Me’yordagi foyda hech bo'lmaganda yuqori malakali ishchi yoki mutaxassis ish haqi darajasida bolishi kerak, aks holda tadbirkorlik qilgandan ko'ra yollanib ishlagan ma’qul bo'ladi. Aksioner jamiyatlarida boshqarish vazifasi kapital egalaridan soqit etilib, boshqaruvchi mutaxassislar — menejerlarga beriladi. Shunday sharoitda me’yordagi foyda menejerlarga maosh shaklida tegadi, bu ham xarajat tarkibiga kiradi.
Ikkinchisi, iqtisodiy foyda bo'lib, bu daromadning xarajatlardan ortib qolgan qismiga teng bo'ladi. Iqtisodiy foydani kapital yaratganidan bu kapital sohiblariga tegishi tabiiydir. Kapital sohiblari yakka puldorlardan va ulushchi puldorlardan iborat. Yakka puldor individual tadbirkorlik qilganidan o'z kapitaliga tegadigan iqtisodiy foydani o'zi oladi. Agar uning korxonasida kapitalning bir qismi qarzga olingan bo‘lsa, iqtisodiy foydaningriir qismi foiz shaklida qarz beruvchiga tegadi. Bordi-yu korxona kapitali korporativ xarakterda bolsa iqtisodiy foyda ko'pchilikdan iborat kapital sohiblari — aksionerlarga dividend shaklida tegadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |