Toshket davlat iqtisodiyot unversiteti «iqtisodiyot» fakulteti «MIKROiqtisodiyot»



Download 186,37 Kb.
bet1/19
Sana08.07.2021
Hajmi186,37 Kb.
#112901
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
kurs ishi ANVAROV JAXONGIR


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKET DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI

«IQTISODIYOT» FAKULTETI



«MIKROIQTISODIYOT» fanidan



MAVZU: Korxona daromadlari va foydasini maksimallashtirish

Bajardi: MEK -51 guruh

Anvarov Jaxongir

Ilmiy rahbar _____________________

_____________________



FARG'ONA 2020

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKET DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI

«IQTISODIYOT» FAKULTETI

«IQTISODIYOT» kafedrasi

«TASDIQLAYMAN»

«Iqtisodiyot» kafedrasi mudiri

Iq.fan.nom.Mo`minova E. «____» ___________________2020y

REJA

KIRISH

1. Korxona daromadi va uni oshirishning iqtisodiy ahamiyati.

2. Korxona daromadlarining shakillanishi va taqsimlanishi.

3. Korxona foydasini maksimallashtirish yonalishlari.

XULOSA


Kirish

Iqtisodiyotdа tаrkibiy islohotlа  vа iqtisodiyotni modеrnizаtsiyalаshni yanada chuqurlаshtirish, uning ko`lаmini  kеngаytirish bilаn bog`liq masalalarning nаzаri vа аmаlit tomonlаrini o`rgаnishdа-Mikroiqtisodiyot muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Аyniqsа,bugungi kundа istе`molchilаr tаlаbining o`zgаrishi, rеаl sеktordа yarаtilаyotgаn tovar vа хizmаtlаr nаrхining shаkllаnishi, foydаni mаksimаllаshtirish, noаniqlik shаroitidа qаror qаbul qilish, shuningdеk, nаrхgа vа boshqа omillаrgа bog`liq tаlаb vа tаklif elаstikligining mаzmun-mohiyati, dаvlаtning bozorgа аrаlаshuvi,tovаrlаrgа minimаl vа mаksimаl nаrхlаrni o`rnаtish vа uning oqibаtlаri bilаn bog`liq tushunchаlаr, qаrаshlаrni sаbаbiy bog`liqlikdа tizimli tаhlil etishdа-Mikroiqtisodiyot аlohidа o`rin tutаdi.Shuningdеk, bugungi kundа ko`plаb rivojlаngаn vа jаhon iqtisodiyotidа еtаkchi o`rin tutаdigаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi shuni so`zsiz isbotlаb bеrmoqdаki, rаqobаtdoshlikkа erishish vа dunyo bozorlаrigа chiqish, birinchi nаvbаtdа iqtisodiyotni izchil isloh etish, tаrkibiy jihаtdаn o`zgаrtirish vа divеrsifikаtsiya qilishni chuqurlаshtirish, yuqori tехnologiyalаrgа аsoslаngаn yangi korхonа vа ishlаb chiqаrish tаrmoqlаrining jаdаl rivojlаnishini tа′minlаsh, fаoliyat ko`rsаtаyotgаn quvvаtlаrni modеrnizаtsiya qilish vа tехnik yangilаsh jаrаyonlаrini tеzlаshtirish hisobidаn аmаlgа oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashti rish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berdi va ro`y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo`jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning i qtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Mustaqillik hamda barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo`lgan paytlardagidan farqli o`laroq mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatlarini direktiva ko`rsatkichlari asosida emas, balki O`zbekiston Respublikasi “Korxonalar to`g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o`zlariga kerak bo`lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo`lga qo`ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar.

Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, Respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir. Darxaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‘hronlarsiz olib chiqishi mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir. Korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aktsiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan ko‘plab yangi toifalar kiritildi

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mavjud moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona va samarali foydalanish lozim. Raqobatga bardosh berish – bu rivojlanishning muhim omillaridan sanaladi. Ayniqsa, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko‘paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.




Download 186,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish