KO‘KYOL
Nosir Fozilov
I
Ko‘klam nafasi esib, qatqaloq qorlar eriy boshla
-
gan payt. Har yilgidek, bu paytda jamoa xo‘jaligimiz
cho‘ponlari Sirdaryo bo‘yidagi yassi yaylovga o‘tov
tikib, ko‘chib chiqishadi. Yaylov bilan qishlog‘imiz ora
-
si unchalik olis ham emas. Juda ko‘p deganda o‘n
chaqirim kelsa keladi, kelmasa yo‘q. Men bu joylar
-
ga Pachcha xon amakim bilan kuniga bo‘lmasa ham,
kunora ovga chiqib turaman. Ko‘klam!
Albatta, bu paytda Sirdaryoning suvi toshib, yon-
veridagi
to‘qayzorlarga,
ko‘l-ko‘lmaklarga
chiqadi.
O‘rdak, g‘ozlar «g‘ag‘a»lashib bu joylarni qushlar bo
-
zoriga aylantirib yuboradi.
Bugun
ham
amakim
ikkalamiz
ikki
otda,
yo‘ldamiz. Bo‘rijar soydan o‘tib, yassi yaylovga bo
-
raverishda ol dimizdan ikki kishi chiqdi: biri eshakda,
ikkinchisi otliq.
Yaqinlashganda tanidim, ot mingani jamoa xo‘ja-
ligining mol doktori – Qo‘chqor aka, eshakdagisi –
bosh cho‘pon Iso bobo ekan.
– Assalomu alayko‘-o‘m, – dedi Pachchaxon ama-
kim cho‘zib.
– Vaalaykum... – dedi Iso bobo qisqa qilib. –
Yaxshi kelding, uka. Qani yur!
– Nima gap?
Qo‘chqor aka «yuravering» deganday o‘ng ko‘zini
qisib qo‘ydi. Bir gap bo‘lsa kerak, deb amakim ik
-
149
ka
lamiz otlarimizning boshini orqaga burdik. Qo‘chqor
akam, amakim uchovimiz yonma-yon ketib boryap
-
miz. Iso bobo ancha oldinda.
– Samanga bo‘ri tashlanibdi, – dedi Qo‘chqor
akam asta. Men angrayib qoldim. Samanni o‘tgan
kuni o‘tov oldida ko‘rgan edim. Gijinglab turuvdi.
Iso bobo sal yurgandan so‘ng eshagini o‘ngga
bu rib, butalar orasiga kirib ketdi. Biz yetib borguni
-
mizcha, u kishi eshakdan tushib, nobud bo‘lgan sa
-
man jasadi yonida qaqqayib turar edi.
– Yo‘q, bunga ortiq chidab bo‘lmaydi. Chorasini
ko‘rish kerak!
– Bitta bo‘rining ishi emasga o‘xshaydi-yov.
– E, to‘rtta. Eng zo‘ri Ko‘kyol, – dedi Iso bobo
bo‘g‘ilib. – Qo‘lga tushirolmay dog‘daman. Qani
ovchilar, qani miltig‘i bor azamatlar!
Bu gap Pachchaxon amakimga sal tegib ket
-
di she killi, quloqchinini peshanasiga surib, yelkasini
qashidi. Qo‘chqor akam indamay, egarining qoshi
-
ga osig‘liq xaltachasini olib, cho‘qqayib o‘tirib yecha
boshladi. Undan bir shisha olib yerga qo‘ydi. Ichida
qoramtir suyuqlik. Shishaning sirtiga yopishtirilgan oq
qog‘ozga odam ning bosh suyagi, uning tagida ikkita
ilik suyagining ayqashib turgan surati solingan.
Keyin Qo‘chqor akam men ko‘rib yurgandan ik
-
ki-uch marta kattaroq bir shprisga haligi doridan
to‘ldirib oldi-da, saman toy jasadining besh-olti joyiga
ukol qildi.
– Ana, endi ertalab ko‘ramiz, – dedi Qo‘chqor
akam qo‘llarini paxta bilan artayotib. – Bo‘ri bu
150
o
‘limtikka kechasi tag‘in keladi. Yesa bas, qotadi.
Ko‘ramiz-da, – dedi yana u bamaylixotir. – Qani,
ketdik. Ertaga shu paytda kelamiz.
...Kechagi
va’dalashgan
joyimizga
Pachchaxon
ama kim ikkovimiz vaqtliroq yetib keldik. Kechasi yer-
ga bir qarich qalinlikda qor yog‘gan. Butalar ning
shox-shabbalari qordan egilib turibdi. Momiq qor
usti qim-qiyg‘os ov izi... Ana, itnikidan kattaroq uch-
to‘rttacha iz, bo‘riniki bo‘lsa kerak.
Kechagi toy jasadi yotgan joyga kelsak, g‘alati
voqeaning ustidan chiqib qoldik: Samanning jasadi
qor tagida qolibdi.
Ustida bo‘rilar rosa dumalagan ko‘rinadi, o‘limtik
atrofidagi qorlar payhon bo‘lib ketibdi. Toy bechorani
tortqilashaverib tilka-pora qilib yuborishibdi. O‘n metrcha
narida ikkita bo‘ri birining ustiga biri mingashib, sham
-
day qotib qolibdi. Yana nariroq yurgan edik, bir bu
-
taning tagida uchinchisi yer tishlaganicha mukkasidan
tushibdi...
Iso bobo aylanib, uchala bo‘rini ko‘rib keldi-da:
– Ana, aytmadimmi? Ko‘kyol dori isini biladi deb.
Ko‘kyol yo‘q. U makkor shu yerda ham ayyorlik
qilibdi. Endi nima qildik?
– Shu bugunoq iziga tushish kerak, – dedi
Pachchaxon amakim. – Qopqonga chap bersa, mil
-
tiq bor joyga yo‘lamasa, dorining hidini olsa, buning
yo‘li bor. Iziga tozi solamiz... Mansur, sen qishloqqa
borib Oq shunqorni olib kel!..
151
1. Ovchilar nima uchun bo‘rilarning ketiga tushishdi?
Bo‘rilar qanday vahshiylik qilishgan edi?
2. Ovchilar qanday hiyla ishlatishdi?
II
Oqshunqorni olib kelganimda quyosh ikki terak
bo‘yi ko‘tarilib qolgan edi. Bo‘rijarga yetib borishim bi
-
lan meni Iso bobo, Qo‘chqor akam bilan Pachchaxon
amakimlar kutib olishdi. Pachchaxon ama kim tozining
bo‘yinbog‘ini qo‘limdan olib, Iso boboga tutqazdi:
– Gap shunday, oqsoqol, – dedi Pachchaxon
ama kim. U shunday dedi-da, yelkasidagi qo‘shog‘iz
miltig‘ini Iso boboga berdi. Keyin otiga sakrab min
-
di. – Mendan ishora bo‘lganda Oqshunqorni qo‘yib
yubo rasiz.
Pachchaxon amakim bilan Qo‘chqor akam otlar
-
ni yeldirishib Bo‘rijar tomonga ketishdi: qo‘llarida bit
-
tadan cho‘qmor. Iso bobo bilan men haligi joyda
qoldik. Biz lar ham borsak bo‘laverar edi-ku, biroq
hech zamonda eshak bilan bo‘ri quvlabdi, degan
gapni eshit ganmisiz? Tozini keltirish uchun borganim
-
da otimni qoldirib, eshakda kelganimga achindim...
Iso boboning ko‘zi Bo‘rijar tomonda. Bir mahal
bir dan hayt-haytlagan, qiyqirgan ovozlar eshitildi. Naq
yu ragim qinidan chiqib ketayozdi, Iso bobo negadir
to zining bo‘yinbog‘ini qo‘liga mahkam o‘radi. Oqshun
-
qor bo‘lsa hamon yer tirnab, g‘ingshib, oldinga inti
-
lardi.
Birdan Bo‘rijarning yonginasidagi qalin changal
-
zordan bo‘ri otilib chiqib, biz tomonga kela boshla
-
152
di. Qo‘chqor akam bilan Pachchaxon amakim ancha
orqada qolib ketibdi. Bo‘ri shunday yonginamizga
kelib qolganida Iso bobo birdan ovozining boricha
hayt-hayt lab qoldi. Bo‘ri bo‘lsa boboning tovushini
eshitib, yassi yaylovga qarab burildi. Orqada quvib
kelayotganlar ham birpasda ol dimizga yetib kelishdi.
– Aylantirib quvinglar! Bir tomonidan...
Otliqlar quv lab ketishdi.
– Aylantirib quvilsa nima bo‘ladi, bobo?
– Shunda uzoqlashib, yo‘l adashtirib ketolmaydi,
– dedi bobo qo‘lini peshanasiga soyabon qilib. –
Ko‘zim qurg‘ur o‘tmay qoldi... Ko‘rinadimi? Qara-chi?
– Huv ana, otliqlardan biri bo‘rining ro‘parasidan
kesib chiqdi.
– Ha barakalla, ish bundoq bo‘pti, – dedi Iso
bobo. Bo‘ri uchinchi bor aylanib kelishida Pachcha-
xon amakim bizga qarab qalpog‘ini ko‘tardi. Iso
bobo bo‘yinbog‘ning bir tomonini bo‘shatib yubor
-
di. Bo‘yinbog‘ tozining bo‘ynidagi mis halqadan
«shir-r» etib chiqdi-yu, boboning qo‘lida qoldi. Hash-
pash deguncha tozi Ko‘kyolga yetib borib, orqasidan
bir yulqib qoldi. Bo‘ri orqasiga qarab tishlarini irjay
-
tirdi-yu, yana hech narsa bo‘lmagandek, chopishda
davom etdi. Iso bobo bilan men ham eshaklarimizni
niqtashib, ularning ketidan baqirishib borardik.
– Endi chap tomoniga o‘tinglar! Bo‘yni qayishib
qoldi, – deb qichqirdi bobo yo‘l-yo‘lakay eshagini
battar niqtab.
153
Boboning maqsadiga tushundim. Bo‘ri doim bir to
-
monga qarab chopaversa, bo‘yni qayishib qoladi, de-
yishardi kattalar. Keyin chap tomonga o‘tib quvlagan
-
da, u o‘ng tomonga qaragancha ketaverar ekan-u,
orqasidan
quvlab
ketayotganlarga
burilib
qarol
-
mas ekan.
Shu xayol bilan bobo ikkalamiz changalzordan
jadallab o‘tsak, Qo‘chqor akam bilan Pachchaxon
ama kim ot ustida bir tup jing‘ilga tikilishgancha tu
-
rishibdi. Oqshunqor bo‘lsa g‘ingshib jing‘il tupidan
gir-gir aylanadi, biroq yaqinlasha olmaydi. Borsak,
Ko‘kyol bo‘ri orqa tomonini jing‘ilga berib, cho‘qqayib
o‘tirar, negadir orqa oyoqlarini ko‘tara olmasdi.
O‘zi ham rosa charchabdi.
– Ehtiyot bo‘linglar, qochib ketmasin, – dedi Iso
bobo kelishi bilan. – Bu la’nati juda ayyor.
– Qochib bo‘pti! Oqshunqor orqa oyog‘ining pay
-
larini qirqib yubordi.
– Endi buning jazosini miltiq bersin. Qani, oqso
-
qol, miltiqni bering-chi!
Iso bobo miltiqni olib Pachchaxon amakimga ber
-
di. Amakim bo‘rini nishonga olganda men beixti
-
yor ko‘zlarimni yumdim. Birdan qarsillab ketma-ket
o‘q uzil di. Bo‘ri qisqagina g‘ingshib, ovozi o‘chdi.
Ko‘zimni ochganimda Ko‘kyol jing‘il tagida cho‘zilib
yotardi...
1. Ovchilar Ko‘kyolni qanday qilib qo‘lga tushirishdi?
2. Itlarga, otlarga qo‘yiladigan qanday nomlarni bilasiz?
154
Do'stlaringiz bilan baham: |