TUSHOVLI TOY
Nosir Fozilov
Shu hafta ichi to‘xtamay yog‘gan yomg‘ir tinib, havo
sal yorishdi, ufqqa tutash quyuq qora bulutlar tarqala
boshladi.
Keyin yalt etib quyosh chiqdi. Yaylovda yoyilib yur
-
gan qo‘y, sigir podalari, uyur-uyur yilqilar quyosh nur
-
larida dalaning husniga-husn qo‘shdi. Yaylovga qara
-
sang bahri diling ochiladi.
...Tushdan keyin bulut tarqalib, quyosh chiqqan bo‘lsa
ham, kechasi shamol turib, kun ancha sovuq bo‘ldi.
Oldingi oyoqlaridan ingichka, lekin pishiq jun chilvir bilan
tushovlangan Saman toy, zimiston kechada o‘t-o‘lan topib
yeyish u yoqda tursin, qo‘rquv bosib, sarosimada qoldi.
Shu payt qayoqdandir bo‘rining cho‘zib-cho‘zib uvul
-
lagani eshitildi. Saman yana kuchining boricha oldinga
harakat qilib ko‘rdi. Lekin tezda charchab qoldi. Agar
oyog‘ida tushovi bo‘lmasa, yilqilar yoyilib yurgan tomon
-
ga qarab uchar edi.
Ana, yana bo‘ri tovushi... Bu gal juda yaqin joydan
eshitildi. Saman qo‘rquv ichida butun kuchini to‘plab
yana oldinga sakradi. Qattiq kishnadi. Uzoqdan qanday
-
dir bir ot ham kishnab javob qaytardi. Bu – yilqidagi
Ko‘kqashqa edi...
Burun uchi dona-dona ter,
Mo‘lab-mo‘lab allanima der.
Qamchindasta har bir oyog‘i,
Biram jajji silliq tuyog‘i.
Ola buzoq tug‘ilib oldi,
Og‘zimiz ham oqarib qoldi...
Katta bo‘lsin ola buzog‘im,
Ovunchog‘im, erkam, ma’rog‘im!
142
Saman endi o‘sha Ko‘kqashqaning tovushi chiqqan
tomonni mo‘ljallab, jon-jahdi bilan sakrab, kuchining bo
-
richa ustma-ust kishnab yubordi. Ko‘kqashqa yaqin
bir joydan javob qaytardi. Shu mahal qorong‘i kecha
-
da Samanning oldidan ikkita bo‘ri chiqib qoldi. Ko‘zlari
olovdek chaqnagan yirtqichlar Samanga tashlandi. Sa
-
man chinqiriq aralash kishnab, osmonga sapchidi. Vah
-
shiy bo‘ri uning barra o‘mroviga og‘iz soldi. Shu za
-
hoti qa yoqdandir Ko‘kqashqa paydo bo‘ldi. U quyundek
uchib kelib, bo‘riga tashlandi. Esxonasi chiqib ketgan
bo‘rilar Ko‘kqashqaning oldiga tu shib qochib qolishdi.
Ko‘kqashqa quloqlarini chimirgancha bo‘rilarni ancha
joygacha quvlab, yana Samanning oldiga qaytib keldi.
Shunda yaqin joydan qandaydir
bir tanish kishining:
– Beh, beh, beh... – degani
eshitildi.
Sal o‘tmay chopib kelayot
-
gan otning dupur-dupuri eshitilib
qoldi. Bu kelayotgan Qudrat aka
edi. Tajribali yilqichi ko‘k ayg‘irning bekorga chopib ket
-
maganini sezib, uning iziga tushgan edi.
Qudrat aka ot ustidan sakrab tushib, Ko‘k qash-
qaning oldiga keldi. U to‘satdan ayg‘irning na rigi tomo
-
nida turgan yana bir otni ko‘rdi-yu:
«Iye, Saman-ku? Bemahalda bu yerda nima qilib
yuribdi? Yo Qo‘chqorni yiqitib qochdimikin?» – deb
o‘yladi o‘zicha. Keyin Samanga yaqinroq borib, uning u
yoq-bu yog‘ini silab ko‘rgan edi, Saman xo‘rs-xo‘rs qilib
osmonga sakradi. Qudrat aka yaqinroq borib yana uni
erkalab silagan edi, qo‘li bir narsaga tegib ketdi:
143
«Qon?!» – dedi u hayron bo‘lib, keyin qo‘lini otning
yoliga artdi-da, cho‘ntagidan gugurt olib yoqdi. – «Eh,
attang!»
Toyning o‘mrovidan qon sizib oqardi. U tuzuk
-
roq ko‘ray deb, yana gugurt chaqqanda, Samanning
oyog‘idagi tushovga ko‘zi tushdi. Qudrat aka bu dah
-
shatli voqeaning sababiga tushundi.
«Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur, deb shu
-
ni aytar ekanlar-da! Saroydan beda olib kelib solishga
erin gan-u, tushovlab qo‘yib yuborgan. Mana endi...»
...Qo‘chqor ertalab shosha-pisha kiyindi-da, dadasi
kelib qolmasdan avval Samanni olib kelmoqchi bo‘lib
tashqariga chiqdi.
Etigini qayta paytavalab kiymoqchi bo‘lib, orqasiga
qaytgan edi, uy orqasida bog‘log‘liq turgan Samanga
ko‘zi tushdi.
– Iye, kim olib keldi seni? – deb Samanga yaqin
-
lashdi. Shu payt uning ko‘zi toyning o‘mroviga tushib,
yuragi shig‘ etib ketdi. – Bechora toychog‘im...
U shundan boshqa so‘z ayta olmadi. Ko‘zidan mun
-
choq yosh dumaladi.
1. Saman toy tunda nima uchun kishnadi?
2. Ko‘kqashqa unga qanday yordam berdi?
JO‘JA
Anvar Obidjon
Yorib chiqdim tuxumni,
Shunday shovvoz jo‘jaman.
Tanib oldim buvimni,
Ko‘zi charos jo‘jaman.
144
Qarang, dunyo yop-yorug‘,
Opalarim sap-sariq,
Men qoraman va oriq,
O‘ziga xos jo‘jaman.
Chigirtkani qiraman,
Goh pashsha yeb ko‘raman.
Nima topsam «uraman»,
Asl xo‘roz jo‘jaman.
Goh cho‘qiyman dumbuldan,
Kamchilik yo‘q ul-buldan.
Qolishmayman bulbuldan,
Shirin ovoz jo‘jaman.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Jo‘jadagi qaysi xislatlar insonlarda ham bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |