Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

HAYVONOT OLAMIDA
MO‘JIZA
Rahim  Bekniyoz
O‘lib  tirilgan,  ya’ni  avvalo  o‘lib,  so‘ngra  tirilgan  qu-
yonni  ko‘rganmisiz?  Albatta,  ko‘rgan  emassiz  bunday 
«mo‘jiza»ni.
Men-chi?  Ko‘rdim  ham  gapmi?  Xo‘p  dog‘da  qoldirib 
ketgan  kaminalarini  shalpangquloq  desangiz.  Shuning 
uchun  hech  vaqt  esimdan  chiqmaydi  bu  voqea.
Quyonlar  serob  kuz  yemishlaridan  semirib,  rosa 
jir  boylagan  paytda  ovga  chiqdim.  Velosipedimni  ta-
nish  cho‘pon  qo‘rasida  qoldirdim-da,  miltiqni  kiftimga 
ilib,  ro‘parada  ko‘rinib  turgan  qamishzor  tomon  ketdim. 
Mo‘ljallab  chiqqan  «ovxonam»  o‘sha.  Men  o‘tib  borayot
-
gan  dala  bu  yil  to‘qaydan  yangi  ochilib  ekilgani  uchun 
paxta  bitmagan,  boriyam  barvaqt  yig‘ib-terib  olingan, 
endilikda  unda  g‘o‘zadan  ko‘ra  yaxshiroq  yetilgan  yov
-
voyi  o‘t-xashaklar  oyoq  ostida  qovjirab  yotardi.  Bun
-
day  sero‘t  maydonda  quyon  o‘tlashini  bilardim,  lekin 
yotoq  qiladi,  deb  o‘ylamagan  edim.  Qarasam,  mendan 
atigi  uch  qadam  narida  shalpangquloqlarini  kiftiga  bos
-
gan  holda,  ko‘rpaday  ajriqqa  burkanib,  bemalol  uxlab 
yotibdi  u.  Qo‘llarim  beixtiyor  miltiqqa  yugurdi.  «Yotgan 
joyida  otaveraymi  yoki  qochirib  otsammikin?»  Miyamda 
yilt  etgan  bu  savolga  javob  pishib  yetilmay,  miltiqning 
tepkisini  bosganimni  bilmay  qoldim.  O‘q  quyondan  bir 
qarich  nariga  tegib,  yerni  o‘pirib  yubordi.  Quyon  ses
-
kanib  boshini  ko‘tardi-yu,  badani  dir-dir  titrab,  joyidan 
qo‘zg‘almadi.


137
Miltiqning  uchini  tekkizganimda,  birdan  sapchib 
o‘rnidan  turdi.  Biroq  gandiraklab  kelib,  o‘zini  oyoqlarim 
ostiga  urdi.  Oyog‘im  bilan  bosib 
olgach,  yana  hayron  qoldim.
Biron  yerida  o‘q  izi  ham, 
tiriklik  alomati  ham  ko‘rinmasdi. 
Qo‘limga  olga nimda,  u  shalpay
-
ib  qolgandi.  G‘alati  o‘ljani  xal
-
tamga  joylab,  qamishzor  sari 
ravona  bo‘ldim.  U  yerda  chiy 
qamish  o‘rib  yurgan  cholga 
ro‘para  keldim.
–  Charchagandirsiz,  ukam.  Ke   ling  endi,  birpas  o‘tirib 
nafas  rostlang,  –  deb  taklif  qildi  u.  Xaltani  yelkamdan 
olib,  yerga  qo‘ydim-da,  o‘rilgan  qamish  ustiga  o‘tirdim.
Chol  xurjunni  ochib  oldimga  dasturxon  yoydi,  qo
-
vun  so‘ydi.  Dasturxon  atrofida  gurung  quyuqlashdi.  Chol 
ham  yoshligida  ovchilik  qilgan  ekan.
–  U  zamonlar  ovchilik  alomat  edi,  ukam.  Shu  de
-
sangiz,  bir  safar... 
Chol  birdan  hikoyasini  kesib,  ko‘zlari  olazarak  bo‘ldi-
yu,  apil-tapil  yonimda  yotgan  miltiqqa  intildi:
–  Quyon!  Quyon  qochdi!
O‘rnimdan  sakrab  turib  miltiqni  qo‘limga  oldim.  Biroq 
kechikkan  edim.  Quyon  yilt  etib  o‘zini  qamishzorga  urib 
ketganini  ko‘rib  qoldim,  xolos.
–  Xaltangizdan  chiqib  qochdi,  chamamda.
Ha,  xaltam  bo‘m-bo‘sh,  og‘zi  ochiq  yotardi.  Quyon
-
ning  bu  qilmishi  meni  battar  tang  qoldirdi.
–  Bir  gal  menam  shunday  bo‘lganman,  –  deb 
miyig‘ida  jilmayib  hikoya  qila  ketdi  chol.  –  Quyonni  ot
-
gach,  so‘ygin,  deb  yo‘ldoshimga  uzatdim.


138
U  bir  qo‘li  bilan  pichog‘ini  qinidan  sug‘urishga  tutin
-
di.  Shu  topda  birdan  quyonga  jon  kirsa  bo‘ladimi?  Ha, 
xoh  ishoning,  xoh  ishonmang,  o‘lik  quyonga  jon  kirdi! 
Jon-jahdi  bilan  tipirchilab,  bir  harakat  qildi  –  quyonni 
qo‘lidan  qo‘yvordi  boyagi  sherigim.
Quyonning  ikkala  orqa  oyog‘ida  bir  arslonning  kuchi 
bor,  deyishadi.  O‘shanday  oyoqlar  sharofati  bilan  ars-
londan  ham  qochib  qutuladi  jonivor.  Bizam  o‘shanda 
sizga  o‘xshab  orqasidan  serrayib  qolaverganmiz.
Keksa  ovchining  hikoyasi  taskin  berdi  dilimga.  Qu-
yon  otgan  o‘qimdan  faqat  behush  bo‘lib,  xaltada  hushi
-
ga  kelganini  payqadim.
1.  Ovchi  quyonni  qanday  qilib  tutib  oldi?
2.  Keksa  ovchi  yoshligida  bo‘lgan  voqea  haqida 
nimalar-
ni  gapirib  berdi?

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish