2002 yil “Oʻzbektelefilm” studiyasida suratga olingan, adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Oʻtkir Hoshimov. Sakkizinchi moʻjiza” hujjatli filmi taqdimoti.
2003 yil Fargʻona Davlat universitetining faxriy professori.
2007 yil Umarali Normatov. Oʻtkir Hoshimov. Adabiy portret. Yangi oʻzbek adabiyoti. Toshkent “Universitet” nashriyoti.
1962–2007 yillar 60 dan ortiq kitobi turli tillarda ikki milliondan ortiq nusxada nashr etildi. Qator dramatik asarlari Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar teatrlarida sahnalashtirildi. Roman, qissa, hikoyalari asosida yaratilgan film va telefilmlar namoyish qilindi.
3.Dunyoning ishlari asari haqida
"Dunyoning ishlari" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.
Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.
Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!"
Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov 20-asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.
Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".
“Dunyoning ishlari” qissasidan parchalar
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy tiraji esa 2 million nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko‘pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Bu natijalar har qanday ijodkor orzu qiladigan, intiladigan marradir.
Biz qachon kitobni sevib o‘qiymiz? Unda tanish qismatlar aks etgan bo‘lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo‘la olsakkina. Shu nuqtai nazarda O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o‘quvchilar qalbidan chuqur o‘rin egallagan asar sifatida qadrli. Qissa haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.
Quyida “Dunyoning ishlari” asaridan ko‘pchiligimizga qadrdon bo‘lgan parchalarni keltiramiz.
* * *Yulduzlar to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug’ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.
* * *
— Volidai mehriboningiz xo‘p yarlaqagan odam ekanlar. To‘shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar… Bunaqa beozor o‘lim har kimga ham nasib etavermaydi.
Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech narsani talashmasdi. Ehtimol tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o‘tirishni xohlamagandir.
* * *
Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.
* * *
Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
* * *
Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasizu o‘zini ko‘rmaysiz. Onam aytgan afsonalar ham hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan.
* * *
— Nimaga birovning bolasi bo‘lar ekan! – to‘satdan onamning jahli chiqib ketdi. – Yig’lab turgan bolaning begonasi bo‘ladimi? Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig’lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam – odammi?
Indamadim. Ammo baribir o‘shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo‘q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o‘lchovimizga sig’maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi.
* * *
Har kim har kimning ko‘ziga cho‘p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o‘z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir.
* * *
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo‘shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir.
* * *
Oq marmar, qora marmar… Bu so‘zlarning har bitta harfiga qanchadan qancha ko‘zyoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular inson bolasining hayotda eng rost so‘zlaridir. Faqat… har gal ularni o‘qiganda bir narsani o‘ylayman: mana shu so‘zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko‘nglini ololdi ekan?
* * *
Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo‘lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi.
* * *Bahor devorining oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu yerdan boshlanadi. Qabrlar ustida qo‘ng’iroq chalgan chuchmomalar, lovillab yongan qizg’aldoqlar onalarning farzandini yupatish uchun taqdim etgan chechaklari bo‘lsa ajab emas…
Xulosa
O‘zbеk adabiyotida оna оbrazining go‘zal va bеtakrоr namunalarini yaratgan yozuvchilardan biri O‘zbеkistоn хalq yozuvchisi O‘tkir Hоshimоvdir. Adib asarlarida Оna оbrazi shu qadar mustahkam va muhim o‘rin tutadi, ularsiz hattо yozuvchining yaхlit ijоdini tasavvur qilish qiyin. Оna insоnga hayot bеradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. Оna uchun eng to‘tiyo narsa, o‘g‘ilmi-qizmi, uning farzandi. Оna o‘z farzandi uchun hamma narsaga, hattо jоnini qurbоn qilishga ham tayyor. SHuning uchun bo‘lsa kеrak, оna haqida bеhisоb shе‗rlar to‘qilgan, dоstоnlar yozilgan, kattakatta asarlar bitilgan. Kichik maqоllardan tоrtib, mubоrak hadislarimizgacha оna madh etiladi, e’zоzlanadi. Shu jihatdan ―Dunyoning ishlari‖ qissasi хaraktеrlidir. Albatta, bu asardan ta'sirlanmay bo‘lmaydi. Bu asarni hissiyotsiz o‘qish mumkin emas. "Dunyoning ishlari" asarini ONAga qo‘yilgan abadiy yuksak ehtirom ramzi deyish mumkin. Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida hammamiz uchun eng aziz odam — onam siymosi bor. Muallifning bu qissasini o‘qigach, hayotga bo`lgan munosabatingiz keskin o`zgaradi. Bu asarda o`zbek xarakteri, o`zbek ayoli shunday chiqoyli ochib berilganki, xullas yuz marta eshitgandan, bir marta o`qigan yaxshi. ―Dunyoning ishlari‖ insonlarga ko‘p foydasi tegadigan asar. O‘tkir Hоshimоv ijоdida ―Dunyoning ishlari qissasi adibning оna оbrazini yaratishdagi eng yuqоri nuqtasi bo‘ldi. Zеrо, mazkur qissa nafaqat o‘zbеk kitоbхоnlari va adabiyotshunоslari, shu jumladan хоrijlik badiiy so‘z muхlislari qalbini ham zabt etdi. Qissani istе’dоdli adib Said Ahmad ―Ijоd va jasоrat‖ maqоlasida haqli ravishda shunday e‗tirоf etdi: ―Ayniqsa, ―Dunyoning ishlari asarini qissa emas, dоstоn dеb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z оnalarimizni o‘ylab kеtamiz. SHu mushfiq, shu jafоkash оnalarimiz оldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza оldikmi, dеgan bir andisha, bir savоl ko‘z оldimizda ko‘ndalang turib оladi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani 38-IDUM
8-“A” sinf o‘quvchisi Yoqubova Durdonaning
“O‘tkir Hoshimovning <>” asari
mavzusidagi ilmiy ishiga
TAQRIZ.
O‘quvchi mavzuni yoritishda 7-sinf adabiyot darsligida berilgan mavzulardan va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanadi. Ilmiy ishda shu mavzu tahlil etilgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, tadqiqot vazifalari, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi va hajmi haqida ma’lumot berilgan.
Ilmiy ish uch bobdan iborat. Birinchi bob “O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi” deb nomlangan. 1.1. O‘quvchi bu bobda yozuvchining hayoti va ijodi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan.
Ikkinchi bob esa “O‘tkir Hoshimovning asarlari” haqida so‘z boradi. Bu bobda asosiy e’tibor O‘tkir Hoshimov yaratgan asarlar badiiy kechinmalari,ish faoliyatlari haqidagi fikrlarga qaratilgan.
Uchinchi bobda esa “Dunyoning ishlari asari” haqida deb nomlangan bo‘lib o‘quvchi bu bobda asar xaqida undagi obrazlar,kechinmalar va asardan parchalar xaqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan.Asarda ona obrazi benihoyat murakkab tasvirlangan uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi.
Ishning yakunida umumiy xulosa berilgan. Adabiyotlar ro‘yxati ilova etilgan.
Ishni ҳimoyaga tavsiya etaman. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:Yoqubova.N
“Kichik fanlar akademiyasi” doirasidagi ilmiy
loyihalar tanlovi ishtirokchisi haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |